So’nggi yangiliklar

13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  0 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  0 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  3 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  3 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  3

Superliga. "Bunyodkor" Toshkentda "So'g'diyona" bilan kechgan uchrashuvda nursiz durangga imzo chekdi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" Toshkentda "So'g'diyona" bilan kechgan uchrashuvda nursiz durangga imzo chekdi

Coca Cola Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

"Bunyodkor" – "So'g'diyona" 0:0 

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Husniddin SHodmonov, Obid Jumaev, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov


"Bunyodkor": 32.Suhrobjon Sultonov, 3.Mahmud Mahamadjonov, 4.Davronjon Ergashev, 5.Dilshod Jo'raev, 6.Avazbek O'lmasaliev, 10.Rasul Yo'ldoshev (99. Umid Sultonov 82'), 22.Usmonali Ismonaliev, 33.Umarali Rahmonaliev, 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Gbadamosi, 88.Jahongir O'rozov.

Zaxira: 91. Zafar Safaev, 2. Sardor Xursandov, 7. Odiljon Abdurahmonov, 14. Husayn Ergashboev, 19. Bilol Tupliev, 21. G'ayrat Azizxo'jaev, 29. Muzaffar Olimjonov, 37. Muhammadodil Qahramonov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 6.Iskandar SHaykulov, 7.SHahboz Jo'rabekov, 9.Bobur Farhodov (5.Ayubxon Nomanov 46'), 10.SHohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov (8.Marat Bikmaev 57'), 19.Javohir Qahramonov, 31.Luka CHermel, 44.Yure Obshivach, 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 4.Elyor Orifov, 12.Hislat Halilov, 16.Artyom Filiposyan, 20.Bahodir Nasimov, 21.Abdujalil Manazarov, 33.Doniyor Abdumannopov.

Ogohlantirishlar: Avazbek O'lmasaliev 30', Mahmud Mahamadjonov 33'

Bunyodkor

Superliga. 1-tur

03/03/2022, 18:30

0
:
0
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
30'  Avazbek O'lmasaliev
33'  Mahmud Mahamadzhonov
82'  Rasul Yo'ldoshev (Umidbek Sultonov)
46'  Bobur Farhodov (Ayubxon Nomanov)
57'  Jasur Hasanov O (Marat Bikmayev)

YANGILASH


90+4. Uchrashuv yakunlandi!

90+2. Marat Bikmaevning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

90+1. "So'g'diyona"ning hujumi samarasiz yakunlandi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Marat Bikmaev jarima zarbasidan to'pni darvozaga to'g'ri yo'lladi, Sultonov esa to'pni urib yubordi, qaytgan to'pga yana bir bor zarba bergan Bikmaevning zarbasi gol bo'lmadi. 

87. Obshivach uzoq masofadan zarba yo'lladi, to'p esa to'g'ri Suhrobjon Sultonovning qo'liga borib tushdi.

84. "Bunyodkor" bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov o'yin davomida bir necha bor hakamlarga etirozini bildirmoqda.

80. Muxlislar o'z suyuklilaridan faollikni talab qilmoqda.

77. XAVFLI VAZIYAT! Usmonali Ismonaliev yaqin masofadan darvozaga zarba yo'lladi, ammo zarba anchagina noaniq ketdi.

76. "Bunyodkor" hujum uyushtirdi, raqib jarima maydonchasi ichida to'p himoyachilardan birining qo'liga tekkandek bo'ldi, ammo hakam buni penalti deya baholamadi.

74. O'yin tempi birozgina tushdi. Har ikki jamoaning hujumlarini himoyachilar ishonch bilan qaytarib yuborishyapti.

67. Yana Mitrovich! Suhrob Izzatov darvozabonning ustidan to'pni oshirib hisobni ochishga harakat qildi, Milan esa so'nggi pallada ulgurdi

65. ZARBA! Davronjon Ergashevning 30 metrlardan jarimadan yo'llagan zarbasini Milan Mitrovich ajoyib tarzda qaytarib yubordi! Tan olish kerak - o'yinning hozirga qadar eng yaxshi o'yinchisi shubhasiz Mitrovich!

56. Ikkinchi bo'limni "So'g'diyona" faollik bilan boshlagan edi, ammo hozir ustunlik yana "Bunyodkor"da.

54. Suhrab Izzatovning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

Ushbu vaziyat hozircha o'yin davomida yuzaga kelgan eng xavfli vaziyat...

52. Tomiva bir himoyachidan o'tib, arvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, to'pni Ismonalievga uzatdi, biroq to'p unga etib bormadi.

46. Bo'limning ilk daqiqalari jizzaxliklar faolligi bilan boshlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim davomidagi futbolchi va murabbiylarning reakciyalari suratlarda...

45+1. Birinchi bo'lim o'z yakuniga etdi!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi!

45. Avazbek O'lmasaliev ajoyib imkoniyatni ko'kka sovurdi!

39. O'tgan daqiqalarning eng yaxshi futbolchisi shubhasiz Milan Mitrovich!

38. ZARBALAR! "Bunyodkor" dastlabki zarbasi darvoza to'siniga tegib o'yinga qaytdi, ikkinchi tempda davom etgan hujumni Tomiva zarba bilan yakunladi, uning kuchli zarbasini Mitrovich ajoyib tarzda qaytarib turibdi!

34. XAVFLI VAZIYAT! Rasul Yo'ldoshev ajoyib vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Mitrovich esa ushbu vaziyatda super seyv ko'rsatdi!

32. Suxrob Izzatovning bergan zarbasi noaniq ketdi.

31. "So'g'diyona" jamoasi jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.

24. Tomivaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

23. "So'g'diyona" asosan qarshi hujumlarda o'ynayapti. 

21. Jasur Hasanov o'ng qanotdan to'pni havolatib jarima maydonchasi tomon uzatdi, biroq bu vaziyatda "Bunyodkor" himoyachilari faol harakat qilishdi.

20. Uchrashuv tempi yuqori emas. Jamoalar asosan maydon markazida harakat qilishmoqda.

10. To'p nazorati "qaldirg'ochlar"da...

6. XAVFLI VAZIYAT! "So'g'diyona" burchak zarbasini amalga oshirdi! Marko Kolakovichning bosh bilan darvoza tomon yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

2. O'yinning ilk daqiqalarini mezbonlar faol boshladi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика