So’nggi yangiliklar

16:31ОКМК - "Насаф" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50"Челси" ёзда вингер сотиб олмоқчи — номзодлар Гарначо, Нико Уильямс ва Гиттенс  1 15:46Нотўғри белгиланган пенальти ва ВАР хатоликлари. Суперлиганинг 6-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 15:10Дарвин Нуньеснинг "Тоттенхэм"га қарши ўйини "Ливерпул"га сал кам 5 миллионга тушади  2 14:57"Ал Наср" 100 млн евро эвазига АПЛдан яна бир футболчини олиб кетмоқчи  0 14:14"Реал" Кроосга АПЛдан ўринбосар топди  7 13:31Осимхен ёзда барибир Саудия Арабистонига кетиши мумкин  1 12:44"Реал"нниг икки футболчиси "Барселона" қарши ўйинни ўтказиб юборади  11 12:25Рой Кин: "Рэшфордни тўхтатиб қолишнинг деярли имкони йўқ"  2 11:46Асилбек Алиев — ФИФА эътирофида  25 11:23Анчелотти нима учун Гюлерни майдонга кам тушираётгани ҳақида очиқ айтди  10 10:45Пролига. Бугун 4-турга старт берилади  0 10:12Винисиус «Реал»даги келажагига бир қарор келди  3 09:40«Ал Насср» африкалик футболчига 100 миллион таклиф қилишга тайёр  6 09:06«Реал»нинг икки футболчиси кеча жароҳат олди ва «Барселона»га қарши ўйнамаслиги мумкин  16

Superliga. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida kuchlar teng keldi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida kuchlar teng keldi

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakunlandi.


"Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" 1:1

21 iyun 2022 yil. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 20.00

Bosh hakam: Rahimbek Karimov

Qanot hakamlari: Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Oybek Kalaxo'jaev

Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

VAR hakami yordamchisi: Alesandr Sidorov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Gollar: Yosovich, 90+1 (0:1), Ergashev, 90+5 (1:1)

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov, 4.Davronjon Ergashev, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Odiljon Abdurahmonov (34.Suhrob Izzatov, 55), 8.Francis Narx (14.Husayn Ergashboev, 79), 17.Farhod Mirahmatov, 25.Muhammadsafo Fozilov, 29.Muzaffar Olimjonov, 33.Umarali Rahmonaliev (19.Bilol Tupliev, 79), 49.Ibrohim Tomiva, 99.Umid Sultonov (15.Jasur Hakimov, 68)

Zaxira: 1.Jasurbek Umrzoqov, 5.Dilshod Jo'raev, 10.Rasul Yo'ldoshev, 21.G'ayrat Azizxo'jaev, 37. Muhammadodil Qahramonov

"Qo'qon-1912": 1.Muzaffar Abdullaev, 6.Dilshod Rahmatullaev, 8.Sanat SHixov, 10.Javohir Sidiqov, 11.Mo'minjon Meliev (27.Anvarjon Hojimirzaev, 82), 13.Sardorbek Azimov (4.Ilhomjon Vahobov, 90+3), 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 33.Ivan Yosovich, 70.Bilolxon Toshmirzaev (7.Jamshid Hasanov, 61)

Zaxira: 12.Nodirjon Ashurmatov, 21.Islomjon Abdullaev, 5.Slavko Lukich, 18.SHahzodbek Nurmatov, 19.Diyorbek Jaloliddinov, 22.Sardorjon Etovqo'ziev

Ogohlantirishlar: Azimov (27), Ergeshv (76).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! Hisob o'yinga mos bo'ldi!

90+5. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Ergashev xatosini to'g'riladi! Burchak zarbasidan yo'llangan to'pni boshi bilan darvoza to'riga joyladi.

90+3. O'zgarish: Sardorbek Azimov o'rniga Ilhomjon Vahobov o'yinga qo'shildi.

90+1. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Yosovich penaltidan unumli foydalandi. Darvozabon to'p yo'nalishini topa olmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Penalti! Hakam 11 metrli nuqtani ko'rsatdi.

85. "Qo'qon-1912"da yaxshi imkoniyat yuzaga keldi, Siddiqovning uzatmasidan so'ng Xojimirzaev yiqildi, hakam VARga murojaat qilmoqda, penalti belgilanishi mumkin.

82. O'zgarish: Mo'minjon Meliev o'rnini Anvarjon Hojimirzaev to'ldirdi.

81. Ergashevning jarimadan yo'llagan zarbasiga darvoza kichiklik qildi.

79. "Bunyodkor" tarkibida ikki o'zgarish: Francis Narx o'rniga Husayn Ergashboev, Umarali Rahmonaliev o'rniga Bilol Tupliev maydonga tushirildi.

76. Davronjon Ergashev mendan qochib, hech qayoqqa ketolmaysan deya raqibini to'xtatib qoldi va ogohlantirildi.

73. "Bunyodkor" futbolchisining qo'polligidan keyin SHixovning "voooy" degani bizgacha eshitildi.

69. Sardor Azimov zarba berishda shoshqaloqlik qildi, oqibatda yaxshi hujum havoga sovurildi.

68. Mezbonlarda o'zgarish: Jasur Hakimov Umid Sultonov o'rniga maydonga tushirildi.

66. Kuchlar tengligidan jamoalar bir-biriga vaziyat yaratishga imkon bermayapti.

61. Toshmirzaev jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rniga Jamshid Hasanov tushirildi.

58. Melievning bosh bilan yo'llangan zarbasiga ham bundan avvalgi tarifim loppa-loyiq tushadi.

56. Rahmatullaev to'pni o'ng oyog'iga to'g'rilab olib, zarba yo'lladi... Bugungi zarbalar darvozadan kamida 2 metr yuqoriga yo'llanmoqda.

55. "Bunyodkor"da o'zgarish: Odiljon Abdurahmonov ketdi, Suhrob Izzatov maydonga tushirildi.

52. Azimovning qanotdagi uzatmasidan so'ng Olimjonov matematik hisob-kitoblar qilib o'tirmasdan osongina to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubora qoldi. 

49. Ro'zievning jarimadan uzatmasini "qaldirg'ochlar" posboni voleybol uslubida urib yubordi.

48. Ro'ziev qanotda yiqitildi. Jarima zarbasi.

46. Mirahmadov birinchi taymda raqib jamoa azosi SHixovning zarba nusxasini ijro etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

"Bunyodkor"ning chinakam muxlislaridan biri, siz qayoqdasiz?

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. "Bunyodkor"da standart vaziyat yuzaga keldi. Narxning uzatmasi bartaraf etildi. Orada Narx raqib jarima maydonida yiqilishgayam ulgurdi, penaltiga asos topilmadi.

40. Narx-Tomiva kombinaciyasidan so'ng Ibrohimning zarbasi yuqorilab ketdi.

37. SHixov chap qanotdan o'z omadini sinab ko'rdi, omad hali uning qarshisida emas ekan. 

33. Zarba! Rahmonaliev raqamiga mos daqiqada darvozani titratadigan zarba yo'lladi!

31. Narxning burchak zarbasidan so'ng raqib posboni boks uslabida to'pni qaytarib yubordi.

27. Azimov raqibini "chopdi" va hakamdan sariq qog'ozli tuhfani qabul qilib oldi. 

24. Maydon markaziga yaqin nuqtada ikki raqib avtomobillar singari qattiq to'qnashdi. Ikkala futbolchi medosmotrdan o'tmoqda.

23. Sultonov ikki raqibini ko'rdim demasdan aldab o'tdi, uchinchisiga kelganda, "attang" deb qoldi.

20. Azimov hujum chog'ida o'zi bilmagan holda Mirahmadov boshining orqa qismiga "shapati" qo'yib yubordi. Vahimaga o'rin yo'q, hammasi joyida.

17. Azimovning zarbasi o'zi kutganidan ham noaniq chiqdi. Uning oq libosining yarmi allaqachon qora tusga belangan.

14. Ro'zievning jarima zarbasi regbi uslabida yo'llandi.

13. O'lmasaliev yaqin daqiqalar ichida ikkinchi bor raqiblaridan uzr so'raydigan harakat amalga oshirdi. O' harfidagi belgi "l"ning ortiga berkinib olibdi.

10. Mirahmatov qanotda sheriginining uzatmasidan so'ng umri davomidagi eng baland sakrashlardan birini ijro etdi, baribir to'pga bo'yi etmadi. 

8. Tomiva sherigidan nolidi. "Oldinga bermaysanmi" degan ishorani qildi. 

6. Meliev qanotdan markazga amalga oshirib, shundoq qarasa, raqib posbonidan boshqa kimsa ko'rinmadi.

5. Ro'ziev hujum chog'ida yiqildi. Hakam unga qarab "Tur, yigitcha" ishorasini qildi.

3. Sultonov sherigi uzatgan to'pga etaman deguncha maydon tugab qoldi.

2. Fozilov maydon markazida raqibini o'tkazib yuborgisi kelmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Bunyodkor" ayni damda 12 ochko bilan Superligada 9-o'rinni egallab turibdi, qo'qonliklar esa 10 ochko bilan 11-pog'onadan joy olgan.

Bugun mezbonlar ko'k, mehmon jamoa esa oq rangli libosda harakat qiladi.

Jamoalar yashil maydonga qadam qo'yishmoqda.

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика