So’nggi yangiliklar

08:51“Пахтакор“ “Бухоро“ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  4 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  4 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  15 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  14 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  4 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  29 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  18 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  5 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  69

Superliga. OKMK "qaldirg'ochlar"ni "Bunyodkor" sobiq sardorining goli evaziga mag'lub etdi va 2-o'ringa ko'tarildi Yangiliklar

Superliga. OKMK "qaldirg'ochlar"ni "Bunyodkor" sobiq sardorining goli evaziga mag'lub etdi va 2-o'ringa ko'tarildi

"Bunyodkor" – OKMK bahsi Superliga 17-turini yakunlab berdi.

Superliga

17-tur

Bunyodkor

Superliga. 17-tur

27/08/2024, 18:00

1
:
0
Tugadi

OKMK

Avazbek O'lmasaliev - 86'

45'
90'
46'  Azizbek To'lqinbekov (Rasul Yo'ldoshev)
64'  Andriya Filipovich (Muzaffar Olimjonov)
75'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Luis Kachorri)
75'  Usmonali Ismonaliev (Ahmadillo Muqumjonov)
90'  Najmiddin Normurodov (Mirzhahon Mirahmadov)
67'  Saidafzalxon Ahrorov (Shohruh Gadoyev)
67'  Kleydi Datsi (Aziz Xolmurodov)
84'  Mirjamol Qosimov (Nodir Abdurazzoqov)
84'  Ruben Sanchez (Mixael Klepach)
86'  Avazbek O'lmasaliev
86'  Nodir Abdurazzoqov

"Bunyodkor" – OKMK 0:1 

27 avgust. Toshkent viloyati. "Do'stlik" stadioni. 18:00

Gol: Avazbek O'lmasaliev (Nodirbek Abdurazzoqov) 86'

Bosh hakam: SHavkat Nasibullaev

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

VAR: Ravshan Abduvohidov 

AVAR: Edita Mirobidova 

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: SHohruh Said

"Bunyodkor": 1.Marin Lyubich, 4.Najmiddin Normurodov (14.Mirjahon Mirahmadov, 90+1), 7.SHahboz Jo'rabekov, 8.Frane CHiryak, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (74.Luis Kachorri, 75), 22.Usmonali Ismonaliev (65.Ahmadullo Muqumjonov, 75), 23.Asadbek Rahimjonov, 25.Itsuki Urata, 41.Andriya Filipovich (77.Muzaffar Olimjonov, 64), 57.Amir To'raqulov, 66.Azizbek To'lqinbekov (10.Rasul Yo'ldoshev, 46).

Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 17.Ollobergan Karimov, 78.Toxir To'xtasinov, 93.Aleksandr Zevadinov.

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 84), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 9.Ruben Sanches (19.Mixael Klepach, 84), 10.Xurshid G'iyosov, 11.Kleydi Daci (18.Aziz Xolmurodov, 67), 15.Oybek Rustamov, 21.Saidafzalxon Axrorov (22.SHohruh Gadoev, 67), 28.Arixiro Sentoku.

Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 5.Giorgi Papava, 13.Eldorbek Begimov, 27.Ali Abdurahmonov, 30.Abror Sarimsoqov.

Ogohlantirish: Avazbek O'lmasaliev (86).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. "Bunyodkor"da o'zgarish: Normurodov o'rniga Mirahmadov o'yinni tugatib qo'yadi. 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. GOL! Abdurazzoqovning uzatmasidan so'ng Avazbek O'lmasaliev bosh bilan gol urdi va futbolkasini echib nishonlagani uchun sariq kartochka oldi.

85. Zarbaaaa! Hozirgina maydonga tushgan Klepachdan kuchli zarba va Lyubichdan qoyilmaqom seyv! 

84. OKMKda 2 ta o'zgarish: Sanches o'rniga Klepach, Qosimov o'rniga Abdurazzoqov bahsni davom ettiradi.

82. OKMK ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda, ammo hozircha samarasiz. 

78. Uuuux! SHahboz Jo'rabekov qulay poziciyaga chiqib borib, kuchli zarba berdi, ammo noaniq. 

75. "Bunyodkor"da 2 ta almashtirish: Abduxoliqov o'rniga Kachorri, Ismonaliev o'rniga Muqumjonov o'yinga qo'shildi. 

73. "Bunyodkor" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Rasul Yo'ldoshevning ichkariga uzatmasidan keyin Avazbek O'lmasaliev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

67. OKMKda 2 ta almashtirish: Axrorov o'rniga Gadoev, Daci o'rniga Xolmurodov maydonga tushdi. 

64. "Bunyodkor"da almashtirish: Filipovich o'rniga Olimjonov tushdi. 

62. Filipovichga tibbiy yordam zarur, shekilli. U maydonga o'tirib olgan. 

58. Daci tomon uzatma etib keldi, qulay vaziyat edi, ammo hujumchi to'pni bo'ysundirishda qiynaldi. 

54. Javohir Ilyosov antiqahramonga aylanishiga oz qoldi, u to'pni uzoqlashtiraman deb uni Andriya Filipovichga topshirib qo'ydi. "Bunyodkor" azosi bundan foydalana olmadi va to'pni OKMK darvozabonining o'ziga tepdi... 

49. Ruben Sanches himoyachini aldab, ichkariga kirib bordi, ammo uning pasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.

46. "Bunyodkor"da o'zgarish: To'lqinbekov o'rniga Yo'ldoshev tushirildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 0:0. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Zarbaaa! Temurxo'ja Abduxoliqovning erlatib yo'llagan zarbasi Javohir Ilyosov tomonidan bartaraf qilindi. 

38. Uuux! Xurshid G'iyosovning yaqin masofadan bergan zarbasidan so'ng Lyubich to'pni ilib oldi, olmaliqliklar vakilining zarbasi biroz kuchsiz chiqib qoldi.  

33. Zarba! Ruben Sanchesning kuchli zarbasi yo'liga himoyachi o'z vaqtida to'g'anoq bo'ldi. 



28. Zarba! Kleydi Daci hech bir qarshiliksiz to'pni to'xtatib, chalg'ituvchi zarba yo'llashga urindi, ammo to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.  

24. Xurshid G'iyosovning ichkariga uzatib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi, biroz o'tib ofsayd holati qayd etildi. 

19. OKMK to'pni "Bunyodkor"ga topshirib qo'ygan holda o'yin qurmoqda va qulay vaziyatini poylamoqda.  

15. Sardor Rahmonov to'p uchun kurash chog'ida Temurxo'ja Abduxoliqovga nisbatan qo'pol o'ynadi.  

12. Olmaliqliklar o'ziga kela boshladi va oldinga borishga urinmoqda. 

9. Zarba! Kleydi Daci to'pni o'ziga bo'ysundirgan holda darvoza tomon tepdi, Lyubich qaytardi. 

8. Uuux! Ahmadaliev sal qolsa avtogol muallifiga aylanardi, u havodan kelgan to'pni o'z darvozasiga yo'naltirdi, yaxshiyamki, Ilyosov sergakligini ko'rsatdi. 

7. Hozircha "qaldirg'ochlar" ancha favol va birinchi raqamli jamoa sifatida harakat qilishmoqda. 

5. Zarbaaa! Usmonali Ismonalievnang aylanma zarbasi darvoza to'riga borib tushishiga bir baxya qoldi. 

3. Zarba! Usmonali Ismonalievning zarbasi to'g'ri darvozabonning qo'llariga borib tushdi. 

1. Uchrashuvga start berildi!


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика