So’nggi yangiliklar

02:58ЕЧЛ. ПСЖ "Челси"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Буду Глимт" эса "Спортинг" дарвозасига жавобсиз 3 та гол урди  27 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди  261 01:52Александр Хомяков: "Барчаси яхши бўлади, хавотир олманг. Футболчиларга эътирозим йўқ"  2 00:55Суперлига. "Бухоро" – "Хоразм" 1:1   0 00:40Cергей Токов: "Жамоани кучайтира оладиган маҳаллий футболчилар қолмади"  0 00:38Мирко Йеличич: "Жасур Яхшибоев? Бу ҳолат мен учун ҳам тушунарсиз"  2 00:38ЕЧЛ. Хаверцнинг 89-дақиқада пенальтидан урган голи "Арсенал"ни "Байер"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди  21 00:28Қаршидаги "Марказий" ўйингоҳга янги чим ётқизиш ишлари бошланди  2 00:03Андрей Шипилов: "Қўқон-1912" энг ёши катта жамоа? Гапингиз тўғридир. Лекин мен паспортга қарамайман"  3 23:47"Реал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда!  44 23:06Эден Азар ВАРни бекор қилиш тарафдори  7 22:32Бруну Фернандеш "Арсенал"га ўтиши мумкин  4 22:05Суперлига. "Локомотив" – "Қўқон-1912" 0:0   0 21:40Суперлига. "Бухоро" ўз уйида "Хоразм" билан дуранг ўйнади  18 21:39Финалиссима қўчирилди  11

Superliga. "Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvida gol uradigan mard topilmadi, mezbonlar futbolchisi bir daqiqa o'ynamasdan maydondan chetlatildi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvida gol uradigan mard topilmadi, mezbonlar futbolchisi bir daqiqa o'ynamasdan maydondan chetlatildi

Superliga 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Dinamo" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

5-tur

"Bunyodkor" – "Dinamo" 0:0

5 aprel. "Bunyodkor" stadioni. 19:15

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov, Maksim Nechoxin   

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Andrey Capenko

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov  

Komissar: SHerzod Rajabov

"Bunyodkor": 71.Sarvar Karimov, 6.Samir Zelkovich, 7.Suhrob Izzatov (78.Tohirbek To'xtasinov, 90+1), 10.Rasul Yo'ldoshev (14.Mirjahon Mirahmadov, 62), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (s), 19.Bilol Tupliev (92.Toni Yovich, 62), 22.Usmonali Ismonaliev, 45.Farhod O'tkurov (9.Umid Sultonov, 43), 57.Amir To'raqulov, 66.Azizbek To'lqunbekov, 77.Muzaffar Olimjonov.

Zaxira: 1.Marin Lyubich, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 17.Ollabergan Karimov, 18.Narimon Ahmadjonov.

"Dinamo": 1.Farhod Rahmatov, 3.Ulug'bek Abdullaev, 7.Francis Narx, 8.Xislat Xalilov (30.Abubakr Mo'ydinov, 63 (35.Emmanuel Yagr, 90), 9.Humoyunmirzo Iminov (11.Damir Temirov, 85), 10.Joel Kojo, 17.Salim Mustafoev (s), 20.Jurani Fransisko Ferreyra, 21.Anvarjon Xojimirzaev, 22.Sanjar SHoahmedov, 44.Dushan Miyich.

Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Artem Sokal, 24.Boburbek Yorbekov, 70.Xurshid Ubaydullaev, 77.Vohidjon Oqbo'taev.

Ogohlantirish: Amir To'raqulov (26), Joel Kojo (31).

CHetlatish: Tohirbek To'xtasinov (90+1).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Bir daqiqa ham o'ynamagan Tohirbek To'xtasinov butsasini kir qilishga ulgurmasdan maydondan chetlatildi.

90+3. Hakam VARga murojaat qilmoqda. Hozirgina maydonga tushgan "Bunyodkor" futbolchisi chetlatilishi mumkin.

90. Ikkinchi bo'limga barchamiz maktabda olishni orzu qiladigan bahoga teng daqiqa qo'shib berildi.

90. XAVFLI VAZIYAT! Kojo so'nggi daqiqalarda tribunada sovuqqotib o'tirgan yuzlab toshkentliklarning qovog'idan ham yomg'ir yog'dirishi mumkin edi. "Bunyodkor" darvozaboni bunga yo'l qo'ymadi.

88. XAVFLI VAZIYAT! Mirahmadovning yaqin masofadan bosh bilan yo'llagan zarbasining golga aylanishini shamol istamadi, ehtimol.

83. XAVFLI VAZIYAT! "Bunyodkor" futbolchisining chap qanotdan uzatgan to'piga sheriklari etib kela olmadi, aks holda mezbonlarda qulay imkoniyat yuzaga kelardi.

76. Kojo qarshi hujumda bir raqibini dog'da qoldirdi, ammo sherigiga uzatma amalga oshirishda videoo'yinlarda foydalaniladigan pultdagi uchburchak belgisining o'rniga dumaloqni bosib qo'ydi, oqibatda keskin hujum besamar yakunlandi. 

73. Uchrashuvga tashrif buyurgan shuncha muxlislar hurmati jamoalardan biri gol ursa (yoki o'tkazib yuborsa) bo'lardi.

67. XAVFLI VAZIYAT! Abduxoliqovning zarbasidan so'ng "Dinamo" darvozaboni jamodoshlari tomonidan Farhod Rahmatov familiyasiga monand minnatdorchilik so'zlarini qabul qilib oldi.

66. XAVFLI VAZIYAT! Mirahmadov chap oyoqda raqib jamoa muxlislarini hapdori ichishga majbur qiladigan zarba yo'lladi.

62. "Bunyodkor"da ikki, "Dinamo"da bitta o'zgarish ro'y berdi.

61. To'lqinbekovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

57. Narx o'zi ham familiyasi kabi qimmatbaho o'yinchi ekanligini himoyadagi xatti-harakatlari orqali isbotladi.

52. "Dinamo" futbolchilari oxirgi daqiqalarda ketma-ket ikki marotaba raqb darvozasi tomon zarba yo'lladi.

49. XAVFLI VAZIYAT! Ismonalievning pasidan so'ng To'raqulov birinchi taymda amalga oshirigan ishini takrorladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tanaffusda telefonim zaryadlanib oldi. Futbolchilar ham zaryadlanib olishgandir. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Bunyodkor"da dastlabki o'zgarish ro'y berdi: Farhod O'tkirov  o'rniga Umid Sultonov maydonga tushirildi. Maydonni tark etgan futbolchi taxminan ikki daqiqa murabbiy Anvar G'ofurov bilan bahslashdi.

40. To'raqulov uzoq masofadan G'afur G'ulom bog'i tomon salom yo'lladi.

40. Hojimirzaev uzoq masofadan darvoza ortidagi elektron bannerni aniq nishonga oldi.

34. XAVFLI VAZIYAT! Olimjonovnng zarbasini "Dinamo" darvozaboni o'tkir nigohi bilan bartaraf etdi.

31. Kojo Yo'ldoshevning oyog'ini to'p deb o'ylab yuborgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

26. Amir To'raqulovning to'p uchun kurashda raqibga nisbatan xatti-harakatidan hakam ham hayratga tushdi va cho'ntagidagi qog'ozga ushbu bezorining familiyasini yozib qo'ydi.

23. "Dinamo"ning xavfli hujumini poytaxtlik himoyachilar buzishdi. Umuman olganda, Toshkent uchun buzish odatiy holga aylangan.

18. Ob-havo malumotlariga ko'ra, yaqin kunlarda osmondan yomg'ir bilan birga Ismonalievning bosh bilan yo'llagan to'pi yog'ishi kutilmoqda.

10. XAVFLI VAZIYAT! Qanotdan oshirilgan uzatmadan so'ng "Dinamo" hujumchisi Kojo yana raqib jamoaning sevimli qahramoniga aylandi.

7. XAVFLI VAZIYAT! Kojo qarshi hujumda raqib posbonini ham aldab o'tdi va bo'sh darvozani ishg'ol qilishga vijdoni yo'l qo'ymasligini zarbasi bilan isbotladi.

5. Futbolchilar dastlabki daqiqalarda och qolgan arslonday yugurishmoqda.

1. Jadvalni teskari o'girganda, etakchilar safida borayotgan jamoalar o'rtasidagi uchrashuv boshlandi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика