So’nggi yangiliklar

23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  52 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  832 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Superliga. “Bunyodkor” o'z uyida “Buxoro” ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. “Bunyodkor” o'z uyida “Buxoro” ustidan irodali g'alabaga erishdi

Teglar :  BunyodkorBuxoro
Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlari bilan tanishib borish mumkin bo'ldi.

YANGILASH

O'yin boshlandi. 

14-daqiqada Arslonmurod Omonovning zarbasi noaniq ketdi. 

16-daqiqada Mirjamol Qosimovning kuchli zarbasini Asilbek Omonov ajoyib seyv bilan qaytarib qoldi. 

29-daqiqada Mirjamol Qosimov jarima to'pi tepdi, uning zarbasini Asilbek Omonov bu safar ham ajoyib tarzda to'pni qaytardi.

30-daqiqada mehmonlar chap qanotdan oldinga o'tishdi, hujumni Sultonov qaytardi. 

34-daqiqada Aziz Ibragimov to'p uchun kurashda Mirg'iyos Sulaymonovning yuzini bosib oldi. Futbolchi o'ziga kelib o'yinni davom ettirmoqda. 

37-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Arslonmurod Omonov burchak to'pini amalga oshirdi, Bobur Omonovning zarbasini Sultonov qaytardi, qaytgan to'pni Klisura darvozaga joylab qo'ydi - 0:1. 

Aytish kerakki "Buxoro" o'z tarixida ilk bor "Bunyodkor"ga safarda gol urdi.

42-daqiqada Suhrobjon Sultonov yana bir seyv namoyish etdi. Salamat Qutiboev zarba bergandi.

43-daqiqada hisob tenglashdi. O'ng qanotdan o'ng oyoqda uzatilgan to'pni Javlon Ibrohimov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi - 1:1. 

Birinchi taym tugadi. 

46. Tanaffusda "Buxoro" safida ikki o'zgarish bo'ldi. Ibragimov o'rniga Berdimurodov, Umurov o'rniga R.Hasanov tushdi

Ikkinchi taym boshlandi. 

47-daqiqada Akrom Komilov chap oyoqda xavfli zarba berdi to'p darvoza yonidan o'tib maydonni tark etdi.

52-daqiqada SHahzod Nurmatov chap qanotdan yorib kirdi va jamoadoshlariga to'pni uzatdi, "Buxoro" himoyachilari to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

55-daqiqada Burchakdan uzatilgan to'pga Nurmatov zarba berdi, Asilbek Omonov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

"Buxoro" futbolchilari birin-ketin xavfli hujumlar uyushtirishmoqda, "Bunyodkor futbolchilari hujumlarni qaytarmoqda.

58-daqiqada Sardor Sobirxo'jaev ogohlantirildi

63-daqiqada SHahzod Nurmatov zarba berdi, biroq to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib maydonni tark etdi.

64-daqiqada Asilbek Omonov yana bir marta seyv qildi.

65-daqiqada SHahzodbek Nurmatov  o'rniga Filip Rayevac tushdi

70-daqiqada Bahodir Nasimov o'rniga SHahboz Erkinov tushdi

71-daqiqada "Buxoro" burchak zarbasini amalga oshirdi. Burchakdan uzatilgan to'pga Bobur Omonov boshi bilan zarba berdi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib maydonni tark etdi.

72-daqiqada mezbonlar gol urishdi. Rayevacning pasidan so'ng Xurshid G'iyosov gol urdi - 2:1. 

78-daqiqada Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Davronbek Umirov tushdi

79-daqiqada Arslanmurot Omonov o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, uzatilgan to'pga Sanat SHihov boshi bilan zarba berdi, biroq SHihovning to'pga bergan zarbasi noaniq.

80-daqiqada Xurshid G'iyosov simulyaciya uchun ogohlantirildi

81-daqiqada Filip Rayevac Davron Umirovga to'pni uzatdi, Asilbek Omonov darvozani tashlab chiqdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

88-daqiqada Mirjamol Qosimov o'rniga Islom Qobilov tushdi

90-daqiqada Murodjon Toshmadov xavfli zarba berdi Asilbek Omonov ushbu zarbani qaytardi.

90-daqiqada Xurshid G'iyosovning pasidan so'ng Filip Rayevac gol urdi - 3:1. 


Bunyodkor

Javlon Ibrohimov - 43', Xurshid G’iyosov - 72', Filip Rayevac - 90'

Superliga. 4-tur

30/03/2018, 18:00

1
:
3
Tugadi

Buxoro

Marko Klisura - 37'

45'
90'
37'  Akrom Komilov
43'  Javlon Ibrohimov
43'  Murodjon Toshmatov
58'  Sardor Sobirxo’jayev
65'  Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevac)
72'  Xurshid G’iyosov
72'  Filip Rayevac
80'  Sardor Sobirxo’jayev (Davron Umirov)
80'  Xurshid G’iyosov
88'  Mirjamol Qosimov (Islom Qobilov)
90'  Filip Rayevac
90'  Xurshid G’iyosov
5'  Nozim Umurov
28'  Artem Filiposyan
37'  Marko Klisura
46'  Aziz Ibragimov (Rahmatullo Berdimurodov)
46'  Nozim Umurov (Robbim Hasanov)
70'  Bahodir Nasimov (Shahboz Erkinov)


Superliga. 4-tur.
18:00 - “Bunyodkor” – “Buxoro” 3:1 (1:1)
30 mart 2018. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 15421 tomoshabin
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent)
Komissar: A. Frolov

Gollar: Marko Klisura 37, - 0:1. Javlon Ibrohimov 43, - 1:1 (Murodjon Toshmatov). Xurshid G'iyosov 72, - 2:1 (Filip Rayevac). Filip Rayevac 90+1, - 3:1 (Xurshid G'iyosov).

"Bunyodkor": 32.Suhrobjon Sultonov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.SHahzodbek Nurmatov (99.Filip Rayevac, 65), 11.Murodjon Toshmatov, 18.Sardor Sobirxo'jaev (28.Davronbek Umirov, 80), 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G'iyosov, 44.Mirjamol Qosimov (3.Islomjon Qobilov, 88).
Zaxira: 25.Murodjon Zuhurov, 10.Abdulla Abdullaev, 13.Sanjar Qodirqulov, 14.Mirjahon Mirahmadov, 15.Farruh Ikromov, 21.Rasul Yo'ldoshev,

"Buxoro": 30.Asilbek Amonov, 3.Bobur Omonov, 5.Marko Klisura, 7.Arslanmurot Omonov, 8.Salamat Qutiboev, 9.Nozim Umurov (27.Rabbimjon Hasanov, 46), 10.SHavkat Salomov, 11.Sanat SHixov, 14.Bahodir Nasimov (22.SHahboz Erkinov, 70), 16.Artyom Filiposyan, 86.Aziz Ibragimov (55.Rahmatullo  Berdimurodov, 46).
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 15.Behruz SHodmonov, 18.SHavkat Mullajonov, 19.Anvarjon Jo'raev,  66.Mirjalol Jumaev, 89.Sergey Ruseckiy.

Ogohlantirishlar: Nozim Umurov 5, Artyom Filiposyan 28, Akrom Komilov 37, Sardor Sobirxo'jaev 58, Xurshid G'iyosov 80.


"Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi nima uchun jonli namoyish etilmayapti?

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика