Superliga. Bugun Olmaliq, Buxoro va Jizzaxda o'yinlar bor
07 apr 2019 10:09
Yangiliklar


Superliga. Bugun Olmaliq, Buxoro va Jizzaxda o'yinlar bor
Olmaliqda AGMK klubi Qo'qonning "Qo'qon-1912" klubini qabul qiladi. O'yin soat 17:15da boshlanadi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar No'mon Hasanov boshqaruvidagi "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Hozircha AGMK ham, "Qo'qon-1912" ham g'alaba nashidasini surishmadi.
Olmaliqda bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarning ikkitasida mezbonlar g'olib bo'lishgan, ikki uchrashuvda durang kuzatilgan. Faqat bir marta qo'qonliklar Toshkent viloyatidan g'alaba bilan qaytishgan.
OKMK Zafar Polvonov - 10', Dilshod Jo’rayev - 32', Zafar Polvonov - 38', Dilshod Jo’rayev - 72', Zafar Polvonov - 75', Zafar Polvonov - 79', Zafar Polvonov - 90' |
Superliga. 3-tur 07/04/2019, 17:15 1
:
7
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Murod Xolmuhamedov - 56' |
"Qizilqum" klubi Buxoroda "Buxoro" klubi mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs soat 18:30ga belgilangan.
2019 yilgi mavsumda hali gol urmagan yagona klub "Buxoro" o'z maydonida ilk bor o'yin o'tkazadi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa dastlabki ikki turni Toshkent viloyati klublariga qarshi safarda o'tkazdi. Qizig'i "Qizilqum" esa dastlabki ikki uchrashuvni o'z maydonida o'tkazdi va umuman yutqazmadi.
Etiborlisi bu klublar O'zbekiston chempionatida 36 marta to'qnash kelishgan. Natijalar mutlaqo tenglikni ko'rsatmoqda. Jamoalar 16tadan g'alabani qo'lga kiritishgan va 4 bor durang o'ynashgan.
Buxoroda o'tgan o'zaro o'yinlarning oxirgi uchtasida "Buxoro" bu raqibni 3 marta mag'lub etgan. Bundan tashqari mana shu uchrashuvlarda "Qizilqum" umuman gol ura olmagan.
Buxoro Doston Ibragimov - 27' |
Superliga. 3-tur 07/04/2019, 18:30 1
:
1
Tugadi
|
Qizilqum Medina Smit - 5' |
Jizzaxda "So'g'diyona" Superligaga qaytgan "Surxon"ni qabul qiladi. Bu o'yin soat 19:15da boshlanadi.
Jizzaxliklar mavsumni o'z maydonidagi g'alaba bilan boshlashdi va Qarshida yutqazib qo'yishdi. "Surxon" esa ikkala turni ham Termizda o'tkazdi va jami 4 ochko to'pladi.
Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi o'yin 2004 yilda bo'lib o'tgan. Aniqrog'i o'sha bahs o'tkazilmgan. O'shanda "Surxon" Jizzaxga kelmagani uchun "So'g'diyona"ga 3:0 hisobidagi texnik g'alaba yozilgan edi. Bu klublar o'rtasidagi o'yinlarda o'ta yirik hisoblar kuzatilgan. Masalan, 2002 yil "Surxon" o'z uyida 7:1 hisobida yutgan bo'lsa, 1992 yilgi mavsumda "So'g'diyona" o'z muxlislari qarshisida 10:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan ekan.
So'g'diyona |
Superliga. 3-tur 07/04/2019, 19:15 3
:
0
Tugadi
|
Surxon SHavkat Salomov - 10', SHavkat Salomov - 15', Sherzod Hakimov - 33' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar