Superliga. Bugun ilk pley-off o'yinlari bo'lib o'tadi

Khoja
5 dek 2025, 07:58
Bugun O'zbekiston Superligasining ilk pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Qo'qonda "Qo'qon-1912" va "Xorazm" o'zaro bahs olib boradi. Qarshida esa "Mashal" "Buxoro"ni mehmon qiladi. Har ikki bahs soat 15:00 da start oladi.

Ushbu bahsda g'alaba qozongan jamoalar kelasi mavsum Superligada o'z o'rinlarini saqlab qoladi. Mag'lub bo'lganlar esa 10 dekabr kuni o'zaro bahs olib boradi.


"Qo'qon-1912" - "Xorazm"

05.12.2025

Bosh hakam: Akobirxӯja Shukuro'llaev

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod A'zamov

Zaxira hakami: G'ayrat Jo'raev

Nozoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Ibrohim Ismoilov

AVAR hakami: Maksim Nexochin

Komissar: Shohruh Said


"Mashal" - "Buxoro"

05.12.2025

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Adhamjon Riqsiboev

Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov

Nozoratchi: Zokir Qodirov

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR hakami: Avaz Abdullaev

Komissar: Qudrat Madraimov

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia