Superliga. Bugun Davron Fayziev sobiq klubiga qarshi va "Bunyodkor" - "Andijon"

Narzulla Saydullayev
13 apr 2019, 09:31
Bugun Superliganing 4-turidan o'rin olgan ikki o'yin bo'lib o'tadi.


Mavsumni ketma-ket ikkita mag'lubiyat bilan boshlagan "qaldirg'ochlar" nihoyat uchinchi turga kelib ilk g'alabasini qo'lga kiritishdi. Superligaga qaytgan "Andijon" esa dastlabki ikki o'yinda ikki bor durang o'ynadi va o'tgan turda yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

"Milliy" stadion maydoni xali tayyor bo'lmagani uchun mazkur bahs Olmaliqdagi OKMK stadionida bo'lib o'tadi.

Bu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 18ta o'yin o'tkazishgan. "Bunyodkor" shundan 14tasida g'olib bo'lgan. To'rt uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. "Andijon" klubi o'z tarixida hech qachon ushbu raqibni mag'lub eta olmagan. Faqat "qaldirg'ochlar" maydonida o'tgan 9ta uchrashuvni oladigan bo'lsa "burgutlar" bir martagina durang o'ynashgan (8ta mag'lubiyat) va bir martagina gol urishgan.



Superliganing 4-turida Davron Fayziev o'zining sobiq klubi bilan to'qnash keladi. Bir necha yil davomida "So'g'diyona"ni boshqargan Fayziev ayni paytda "Dinamo"da ishlamoqda. Oldingi turda Samarqand jamoasi mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. "So'g'diyona" esa o'z maydonida yirik hisobda yutqazib qo'ydi.

Samarqandda o'tgan 19ta o'yinning 4tasida "So'g'diyona" g'alaba qozona olgan xolos. Ikkala jamoa ham bu mavsum 3ta o'yinda 3tadan gol urishning uddasidan chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia