So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Superliga: AGMKning Farg'onadagi safari, "Loko" yo'lidan chiqayotgan "Metallurg" va Navoiydagi mehmon - "So'g'diyona" Yangiliklar

Superliga: AGMKning Farg'onadagi safari, "Loko" yo'lidan chiqayotgan "Metallurg" va Navoiydagi mehmon - "So'g'diyona"

Superliganing bugungi 28-tur o'yinlari qisqacha nazar solamiz.

Superliganing ikkinchi bosqichi doirasidagi ikkinchi davra o'yinlariga bugun start beriladi.

CHempionlik uchun kurashayotgan yuqori oltilikdagi turnir jadvali peshqadami "Lokomotiv" o'z uyida "Metallurg"ni mehmon qiladi. Pastdagi jon saqlab qolish uchun kurashayotgan guruhda esa ikkita bellashuv bo'lib o'tadi. AGMKning Farg'onadagi safari davom etsa, "So'g'diyona" Navoiyda mehmon bo'ladi.

Lokomotiv

Anzur Ismoilov - 90'

Superliga 1-6. 28-tur

31/10/2018, 18:00

0
:
1
Tugadi

Metallurg

45'
90'
90'  Anzur Ismoilov
66'  Zabihillo O’rinboyev

"Lokomotiv" - "Metallurg" (40%-40%-20%)

Mazkur jamoalar o'rtasidagi birinchi bosqich doirasidagi Toshkentda o'tgan o'yinda "Lokomotiv" bekobodliklar qarshiligini enga olishmagandi. O'shanda Diyor Turopovning uchrashuv debyutidayoq kiritgan goliga Purishkin o'yin so'nggiga yaqin javob to'pini yo'llagandi - 1:1.

Birinchi bosqichdagi Bekobodda o'tgan javob o'yinida esa "Metallurg" "Loko"ga hech qanday imkoniyat qoldirmagan. Zohid Abdullaev va Muhammad Isaev tomonidan kiritilgan gollarga "Loko" tarafidan javob bo'lmagan - 2:0.

Ikkinchi bosqich doirasidagi birinchi davraning ilk uchrashuvida esa Bekobodda mehmon bo'lgan amaldagi chempion "Loko" nihoyat "Metallurg"ni taslim etish choralarini topgandi. Ikrom Aliboevning kiritgan to'pi bahs yakuniga qadar yagonaligicha qolgan - 1:0.

Ko'rib turganingizdek, ushbu jamoalar joriy mavsumda hozirga qadar uchta bellashuv o'tkazishgan va tarozi pallasi teng: 1tadan g'alaba va durang.

Bugungi bahsda "Lokomotiv" chempionlik shohsupasiga sari zinama-zina ko'tarilishini davom ettirish uchun ham g'alaba uchun kurashadi. "Metallurg" uchun turnir jadvalidagi holat etibori u qadar muhim emas. "Metallurg" mavsumga qo'yilgan vazifa allaqachon uddalab bo'lishgan. Jamoa buyog'iga qanday natija qayd etishidan qati nazar 6-o'rindan tushib ketmasligi kafolatlangan.

"Metallurg" ayni paytda egallab turgan o'rnidan ko'tarilishi juda mushkul masala. Ammo ular jamoa shani va "Lokomotiv" bilan o'zaro qarama-qarshlilikdagi kurash uchun ham g'alaba uchun intilishadi. Bu jihat etibori bilan qaraganda, mazkur bahsda nisbatan "Metallurg"da bosim yo'q. Bu esa mehmonlarga qo'l kelishi mumkin. SHipilov jamoasi shunchaki futboldan zavq va rohat olish uchun maydonda futbol o'ynashlari mumkin. "Metallurg" chempionlik yo'lida "Loko"ga xalaqit qilishga urinib ko'radi. "Lokomotiv"ning chempion bo'lish taqdiri o'z qo'lida va yo'lda ular xato qilishga haqlari yo'q. SHu boisdan ham o'rtadagi farqni saqlab qolish uchun "temiryo'lchilar"ga g'alaba zarur.

Qizilqum

Artur Gyevorkyan - 22', Artur Gyevorkyan - 83'

Superliga 7-12. 28-tur

31/10/2018, 18:00

2
:
2
Tugadi

So'g'diyona

Oybek Nurmatov - 31', Darvidas Sernas - 90'

45'
90'
22'  Artur Gyevorkyan
83'  Artur Gyevorkyan
31'  Oybek Nurmatov
90'  Darvidas Sernas

"Qizilqum" - "So'g'diyona" (35%-35%-30%)

Mazkur jamoalarning bu yilgi mavsumdagi o'zaro o'yinlariga nazar soladigan bo'lsak, jizzaxliklarning statistikasi ancha xunuk ko'rinishda. "Qizilqum"ga qarshi o'tkazilgan uchala bahsda ham "So'g'diyona" hozircha g'alaba tamini tatib ko'rgani yo'q.

Birinchi bosqichdagi dastlabki davra o'yinida Jizzaxda mag'lub bo'lgan (1:3) "So'g'diyona", ikkinchi davra Navoiyda ham raqibidan mag'lubiyat alamini (2:0) tatib ko'rgandi.

Ikkinchi bosqichning birinchi davra bellashuvida esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan - 2:2.

Yana Navoiyda mehmon bo'ladigan "So'g'diyona" uchun g'alaba juda zarur. Jamoa ayni paytda elitada qolish uchun jiddiy kurashmoqda. Har bir ochko suv va havodek zarur paytda "Qizilqum" bilan joriy mavsumdagi statistikani to'g'rilab qo'yishning ayni vaqti. Lushan jamoasi bugungi bahsda "Qizilqum"ga har qachongidan ham ko'proq qarshilik ko'rsatishga chanqoq holatda.

"Qizilqum" esa yana ikki g'alabadan so'ng Superligada qolish masalasini rasman hal etish imkoniyatiga ega. SHu boisdan ham jamoa o'z uyidagi g'alabali seriyani yana davom ettirish ishtiyoqida bugun maydonga tushishadi.

Neftchi

Andrey Sidorov - 14'

Superliga 7-12. 28-tur

31/10/2018, 18:00

1
:
1
Tugadi

OKMK

Vladimir Bubanya - 83'

45'
90'
14'  Andrey Sidorov
55'  Vladislav Kasminin
83'  Vladimir Bubanya

"Neftchi" - AGMK (30%-40%-30%)

Yaqindagina Farg'onada o'z tarixini yaratgan AGMK o'zgacha kayfiyatda mahalliy "Neftchi"ga qarshi "jang"ga kirishadi. Baxtiyor Ashurmatov jamoasi mavsumdagi eng asosiy vazifani uddalab bo'lishgan. Ammo jamoa yuqori kayfiyatda Farg'onadan qaytish istagida bugun ham g'alaba ishtiyoqida maydonga tushishiga shubha yo'q.

"Neftchi" esa elitada jon saqlash uchun kurashuvchilar qatorida borayotgani tufayli ham ular uchun har bir o'yin hayot-mamot to'qnashuviga teng.

Bu jamoalarning bu yilgi mavsumdagi avvalgi uchta qarama-qarshiligida uch xil natija qayd etilgan. Dastlab AGMKning Farg'onada qo'lga kiritgan g'alabasi, keyinchalik Olmaliqdagi durang va ikkinchi bosqichning birinchi davrasida "Neftchi"ning AGMK ustidan safarda qozongan g'alabasi. Mavsumdagi so'nggi qarama-qarshilik oldidan tarozi pallasi teng.

Kayfiyat va turnir jadvali etibori bilan ustunlik AGMK tomonida. "Neftchi"da esa ishtiyoq va shijoat ko'proq. CHunki jamoa elitada jon saqlash uchun kurashayotgan klublar orasida. SHuningdek, jismoniy jihatdan mezbonlar ancha tetikroq holatda. AGMK 3 kun avval finalda o'ynagan bo'lsa, "Neftchi" uchun superligadagi barcha o'yinlar deyarli finalga qiyoslanmoqda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика