So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

Superliga: AGMK Olmaliqda "Qo'qon-1912"ga 7ta gol urdi, Polvonovdan penta-trik Yangiliklar

Superliga: AGMK Olmaliqda "Qo'qon-1912"ga 7ta gol urdi, Polvonovdan penta-trik

Teglar :  Qo'qon-1912AGMK
Superliganing 3-turidan o'rin olgan AGMK - "Qo'qon-1912" uchrashuvida muxlislar jami 8ta golga guvoh bo'lishdi.


YANGILASH


OKMK

Zafar Polvonov - 10', Dilshod Jo’rayev - 32', Zafar Polvonov - 38', Dilshod Jo’rayev - 72', Zafar Polvonov - 75', Zafar Polvonov - 79', Zafar Polvonov - 90'

Superliga. 3-tur

07/04/2019, 17:15

1
:
7
Tugadi

Qo’qon-1912

Murod Xolmuhamedov - 56'

45'
90'
10'  Zafar Polvonov
10'  Jasur Hasanov O
32'  Dilshod Jo’rayev
32'  Jasur Hasanov O
38'  Zafar Polvonov
38'  Mirjamol Qosimov
46'  Murodjon Toshmatov (Kamron Saidazimov)
72'  Dilshod Jo’rayev
75'  Zafar Polvonov
75'  Akmal Shorahmedov
76'  Mirolyub Kostich (Sherzod Fayziev)
79'  Zafar Polvonov
79'  Zohir Pirimov
80'  Jasur Hasanov O (Sanat Shixov)
87'  Kamron Saidazimov
90'  Zafar Polvonov
20'  Iqbol Malikzhonov
27'  Iqbol Malikzhonov
46'  Jasur Hasanov (Milosh Nikolich)
46'  Temur Usmonov (Shahboz Erkinov)
56'  Murod Xolmuhamedov
71'  Oybek Rustamov
76'  Muhammadanas Hasanov (Avazxon Mamatxo’jaev)


- SHu tariqa SHerzod Qosimov final xushtagini chaldi va AGMK chempionatdagi ilk g'alabasini mana shunday chiroyli va o'ta yirik hisobda nishonladi.


90. GOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL! ZAFAR POLVONOV! Polvonovdan penta-trik! Sanat SHixovning uzatmasidan keyin Polvonov tablodagi hisobni 7:1ga aylantirdi.

- AGMK Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi chempionatdagi ilk g'alabasini chiroyli futbol va yirik hisob orqali qo'lga kiritmoqda.

79. GOOLLLLLLLLLLLLL! ZAFAR POLVONOV! POKER! Zohir Pirimovdan yana bir golli uzatma va Polvonov xet-trikni pokerga aylantirdi - 6:1.

- "Qo'qon-1912" va AGMKda yana bittadan o'zgarish ruy berdi: Muhammadanas Hasanov o'rniga Avazxon Mamatxo'jaev tushirildi. AGMKda esa Kostich o'z o'rnini SHerzod Fayzievga bo'shatdi.

- Maydonda 9 kishi qolgan "Qo'qon-1912" himoyalanishda juda qiynalmoqda.

76. GOLLLLLLLLLLLLL! ZAFAR POLVONOV! Zohr Pirimovning uzatmasini Polvonov golga aylantirdi va xet-trik qayd etdi. Bu Superliganing yangi mavsumidagi ilk xet-trik.


74. GOLLLLLLL! Dilshod Jo'raev! Uchrashuvdagi ikkinchi dubl. Jo'raev "nuqta"dan adashmadi - 4:1.


73. Maydonda bahs va munozara. No'mon Hasanov o'z hissiyotlarini jilovlay olmay hakamga etiroz bildirish uchun maydonga tushib ketdi. 

71. "Qo'qon-1912" futbolchisi darvozaga kirib ketayotgan to'pni qo'li bilan qaytargani uchun SHerzod Qosimov penalti belgiladi va hakam bilan bahslashgan Rustamovga qizil kartochka ko'rsatdi.

65. Zafar Polvonov hozircha ikkita gol urdi, lekin yana yaqqol golga tortadigan 5-6 vaziyatni ko'kka sovurdi. Bazan unga omad etishmayotgan bo'lsa, bazida mo'ljalda adashmoqda. Birinchi bo'limda Milich va Xolmuhammedov, ikkinchi taymda esa Nikolich hamda Milich AGMK to'purarini ko'zdan yo'qotmoqda.

61. AGMKda to'rtinchi golni urish uchun, Polvonovda esa xet-trikni rasmiylashtirish uchun yana bir ajoyib vaziyat yuzaga kelgandi. Bosh bilan yaxshi o'ynaydigan hujumchi bu safar mo'jalda biroz adashdi.

59. "Qo'qon-1912" goldan ruhlanib oldinga o'tdi va AGMK darvozasi tomon xavfli yurishlarni boshlamoqda.

56. GOLLLLLLL! Murod Xolmuhammedov "nuqta"dan adashmadi. Penaltini aniq amalga oshirish bo'yicha mutaxassis sanalgan Xolmuhammedov to'pni o'ng burchakka yo'naltirdi, To'raev esa chap burchakka sakradi. Natijada mehmonlar hisobni qisqartirishdi - 3:1!

55. Penalti. AGMK darvozasiga. Quvondiq Ro'ziev jarima maydonchasi ichida yiqitildi va Qosimov 11-metrlik nuqtani ko'rsatdi. 

50. AGMK ikkinchi bo'limni ham katta ustunlik bilan o'tkazmoqda. Jamoa qator vaziyatlar yaratdi. Biroq hozircha to'rtinchi gol darvozadan joy olgani yo'q. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- "Qo'qon-1912" safida qatorasiga ikkita o'zgarish: Jasur Hasanov o'rniga Milosh Nikolich maydonga tushgan bo'lsa, Timur Usmonov o'z o'rnini SHahboz Erkinovga bo'shatib berdi.

- AGMKda majburiy o'zgarish. Yani PFLning reglamentdagi bandni bajarish uchun Qosimov yosh futbolchi Kamron Saidazimovni Murod Toshmatov o'rniga tushirdi.


45. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan 1 daqiqa o'z poyoniga etdi. Jamoalar tanaffusga AGMKning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yo'l olishmoqda. 

Tanaffusga qadar Zafar Polvonov xet-trikni rasmiylashtib olishi mumkin edi. Biroq uning zarbasi yo'liga bu safar Boyan Knejevich g'ov bo'ldi.


Mirjalol Qosimovning mazkur o'yinga tayyorlagan taktik rejalari to'liq ish bermoqda


37. GOOLLLLLLLLLLL! ZAFAR POLVONOV! Kutilganidek uchinchi gol ham o'zini ko'p kuttirib qo'ymadi. Mirjamol Qosimovning uzatmasidan keyin hujumchi Polvonov darvozabon bilan birga-bir qoldi va kiperni ham aldab, to'pni darvozaga yo'naltirdi - 3:0.

35. AGMK xotirjamlik bilan o'yinni to'liq nazorat qilgan holda uchrashuvni o'tkazmoqda. "Qo'qon-1912" futbolchilari birinchi bo'limdayoq jismonan juda katta kuch yo'qotishdi.

32. GOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL! Dilshod Jo'raev! AGMKning qator hujumlari yana bir golga sababchi bo'ldi. Bu safar burchak zarbasi golga aylandi. Jasur Hasanovning aylanma uzatmasidan so'ng to'p darvozaga qarab ketayotganda chiziq ustidan Dilshod Jo'raev to'pni darvozaga kirishiga ko'maklashib yubordi - 2:0!

- Buyog'iga "Qo'qon-1912"ga yanada qiyin bo'ladi. Tenglikda o'yin bo'yicha ustunlik qilgan AGMK, bir kishi ko'p holatda o'zini yanada qulayroq his etish imkoniyatiga ega bo'ladi. "Qo'qon-1912" esa xarakter ko'rsatadimi? Bu savolga qolgan daqiqalar davomida javob olamiz.

27. CHetlatish: Biroz avval sariq kartochka bilan siylangan Iqbol Malikjonov Kostichga nisbatan ochiqchasiga qo'pol o'ynadi va ikkinchi ogohlantirishni olib, maydonni tark etmoqda.

25. O'tgan 5 daqiqa ichida "Qo'qon-1912" o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishdi. Hujumga o'tishga urinmoqda. Lekin AGMK mudofaa chizig'i bugun ishonchli o'ynamoqda.

23. Kostichning etiborsizligi natijasida to'p yo'qotildi va Timur Usmonov Akbar To'raev darvozasi tomon zarba yo'lladi. Kiper o'z o'rnida.

20. Iqbol Malikjonov maydon markazida raqib futbolchisini ochiqchasiga ushlab qolgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

17. AGMK ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Mirjamol Qosimovning ajoyib uzatmasini Zafar Polvonov golga aylantira olmadi. Boyan Knejevich o'z vaqtida vaziyatni to'g'ri baholagani tufayli "Qo'qon-1912" ikkinchi goldan qutilib qoldi.

14. AGMK chiroyli va kombinacion futbol namoyish etmoqda. Hujumkor ruhda o'yngayotgan jamoalar raqib darvozasi oldida qator vaziyatlar yaratishni davom ettirmoqda. Zohir Pirimovga ikkinchi golni urish uchun qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo uning bosh bilan yo'llagan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.

12. Ustunlik to'liqligicha AGMK tarafida. Goldan ruhlangan maydon egalari yana hujumga zo'r berishmoqda.

10. GOLLLLLL! Zafar Polvonov! AGMK qator hujumlar va xavfli vaziyatlardan nihoyat foydalandi. Jasur Hasanovning to'p uzatmasidan so'ng hujumchi Polvonov o'tkir burchakda qolishiga qaramasdan to'pni kuchli zarb bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi - 1:0.

9. "Qo'qon-1912" nihoyat oldinga o'tdi va raqib darvozasi tomon ilk zarbani uzoq masofadan amalga oshirdi. Akbar To'raevga bu ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi.

7. Xavfli vaziyat! AGMKning hujumlari davomiy bo'lmoqda. Oybek Rustamov o'z jarima maydonchasi oldida to'p oshirishda qo'pol xato qildi. Natijada Jasur Hasanov mazkur sovg'adan foydalangan holda yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, lekin uning darvozaga yo'llagan to'pi yo'liga Boyan Knejevich g'ov bo'ldi. AGMK futbolchilari ikkinchi tempda gol urishga urinishdi. Biroq bu besamar ketdi. AGMK yuqori bosimni davom ettirmoqda.

4. Milich Pirimovga nisbatan qoidani buzdi. AGMK jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Hasanovning uzatmasidan so'ng Bobur Yuldashev darvoza tomon zarba yo'lladi. Boyan Knejevich mahorat ko'rsatdi va xavfni bartaraf etdi. Qaytgan to'pni esa darvozaga joylashda Polvonov ulgurmadi. Raqib himoyachilari o'z vaqtida vaziyatni yumshatishdi. 

3. Mirjamol Qosimovning jarima zarbasidan oshirgan to'pini raqib darvozaboni ushlab oldi. "Qo'qon-1912"hozircha o'z jarima maydonchasi ichidan chiqishga qiynalmoqda.

2. AGMK o'yinni hujumkor ruhda boshladi. CHap qanot orqali dastlabki yurish amalga oshirildi. So'nggi pallada Polvonov to'pga ulgurmadi. 

- O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga tushib kelishmoqda.

- Olmaliqdagi stadionda Qo'qondan bir guruh muxlislar tashrif buyurishgan. SHuningdek, taxminan 2-3 mingga yaqin mahalliy ishqibozlar ham tribunalarni band etib turishibdi. 

- Uchrashuv soat 17:15da boshlanadi. 



Superliga, 3-tur
AGMK — QO'QON-1912 7:1
7 aprel 2019. Olmaliq. OKMK stadioni. 17:15
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Nayim Qosimov.
Nazoratchi: Arslon Xotamov.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Zafar Polvonov (10 - Jasur Hasanov), Dilshod Jo'raev (32 - Jasur Hasanov), Zafar Polvonov (37 - Mirjamol Qosimov), Dilshod Jo'raev (72 - penalti), Zafar Polvonov (79 - Zohir Pirimov), Zafar Polvonov (90 - Sanat SHixov) - Murod Xolmuhammedov (56-penaltidan)

AGMK: 45.Akbar To'raev, 23.Akmal SHorahmedov, 5.Dilshod Jo'raev, 44.Boburbek Yuldashov, 31.Saydulla Rahmatov, 22.Mirolyub Kostich (37.SHerzod Fayziev), 4.Mirjamol Qosimov, 17.Murodjon Toshmatov (60.Kamron Saidazimov, 46), 11.Zohir Pirimov, 19.Jasur Hasanov (8.Sanat SHixov, 80) 9.Zafar Polvonov.
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 15.Jasur Hakimov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.G'ulom Haydar G'ulomov, 33.Sardor Rahmonov, 36.SHahboz Umarov.

“Qo'qon-1912”: 89. Boyan Knejevich, 8. Muhammadanas Hasanov (14.Avazxon Mamatxo'jaev), 10. Quvondiq Ro'ziev, 13. Javohir Esonqulov, 15. Oybek Rustamov, 16. Jasur Hasanov (55. Milosh Nikolich, 46), 20. Iqbol Malikjonov, 21. Timur Usmonov (22.SHaxboz Erkinov, 46), 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 1. Islom Abdullaev, 25. Sarvar Karimov, 11. Timur Hakimov, 17. Bexruz Sadilloev, 19. Suhrob Berdiev, 27. Jasur Yoqubov.

Ogohlantirishlar: Iqbol Malikjonov (20)

CHetlatishlar: Iqbol Malikjonov (27), Oybek Rustamov (74)

Reyting: +50   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика