So’nggi yangiliklar

14:27⚡️"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусановни Чемпионлар Лигаси плей-офф босқичи учун қайдномага киритди   16 13:23Бугун Аббосбек Файзуллаев ва ЦСКА "Зенит"га қарши майдонга тушади  2 12:51"Манчестер Сити" қишки трансферларга 212 миллион евро ишлатди - бу тарихдаги иккинчи натижа  43 12:24Россия терма жамоаси собиқ аъзоси: "Россия ОФК таркибига ўтмаслиги керак — биз Европанинг бир бўлагимиз. У ерда нима қиламиз?"  15 11:54Маркус Рэшфорд: "Оптимал спорт формамга қайтиш учун АПЛда яхши ўринни эгаллаб турган ва ЕЧЛда иштирок этаётган клубга ўтдим"  8 11:29"Иккинчи ёшлигини" ўтказаётган Криштиану Роналду ҳақида  22 10:40Расман: "Ренн" Иордания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  27 10:21Расман: ОКМК "Локомотив" футболчиси билан шартнома имзолади  8 09:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   65 09:05Расман: "Хоразм" икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  9 08:35Анзур Исмоилов Абдуқодир Ҳусанов ҳақида: "Манчестер Сити"га мослашиш ва дебют ўйинда "Челси"га қарши ўйнаш ҳамма ўйлагандек осон жараён эмас"  10 08:05"Ал Гарафа" устози Педро Мартинс: "Мазкур ўйин учун стратегиямиз мавжуд"   2 07:35Элит ОЧЛ. "Пахтакор" бугун Қатарда "Ал Гарафа" билан ўйнайди  13 03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  76 03:07А Серия. "Лацио" меҳмонда зафар қучди  1

Superliga. AGMK "Qo'qon-1912"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. AGMK "Qo'qon-1912"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

Teglar :  Qo'qon 1912AGMK
Superliganing 12-turidan o'rin olgan AGMK - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


3 iyul, shanba
AGMK – QO'QON-1912
 - 2:1
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Jahongir Saidov, Sanjar SHoyusupov, Davronbek Akmalov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
VAR assistent: Kristina Sereda
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Sanjar Tursunov 62 penalti, - 1:0. SHohnazar Norbekov 67, - 1:1 (Muhammadanas Hasanov). Ivan Yosovich 70 avtogol, - 2:1.

AGMK: 1.Botirali Ergashev - 20.Mirg'iyos Sulaymonov (77.Dilshod Ahmadaliev, 60), 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (15.Abbos Otaxonov, 87), 22.Sanjar SHoahmedov (9.Zafar Polvonov, 60) - 28.SHohruh Gadoev (94.Elvin Fortes, 60), 18.Aleksandr Kasyan (4.Mirjamol Qosimov, 83), 10.Husniddin G'ofurov.

Zaxira: 35.Valijon Rahimov - 5.Dilshod Jo'raev, 26.Sunnatillo Abdug'aniev, 30.Jasur Umarov.

"Qo'qon-1912": 1.Muzaffar Abdullaev - 70.Murod Xolmuhammedov, 3.Bobur Akbarov, 33.Ivan Yosovich, 23.Aleksandr Merzlyakov (18.Anvar Xojimirzaev, 84) - 14.Avazxon Mamatxo'jaev (99.Andrey Sidorov, 84), 15.Oybek Rustamov, 91.Yakuba Bamba (10.SHohnazar Norbekov, 60) - 22.Muhammadanas Hasanov, 9.Hamidullo Abduhamidov (19.Suhrob Berdiev, 73), 7.Asadbek Sobirjonov.
Zaxira: 16.Eldor Adhamov, 46.Xurshid Xo'jaev - 4.Ilhom Vahobov, 8.Farhod Bekmurodov, 20.Iqbol Malikjonov.

Ogohlantirishlar: Ivan Yosovich 27, Boburjon Akbarov 61, Botirali Ergashev 84,

CHetlatish: Asad Sobirjonov 52



YANGILASH



90+5. O'YIN TUGADI. AGMK g'alaba qozondi. 

90+1. ZARBAAA! Hasanovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi! 

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi.

87. O'zgarish. AGMK. Tursunov o'rniga Otaxonov

84. Ogohlantirish. AGMK. Botirali Ergashev

84. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Merzlyakov va Mamatxo'jaev o'rniga Hojimirzaev va Sidorov tushdi

83. O'zgarish. AGMK. Kasyan o'rniga Qosimov tushdi.

73. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Abduhamidov o'rniga Berdiev tushdi

70.GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Aniqrog'i avtogol 2:1. G'ofurovning havodan uzatgan to'pini Ivan Yosovich boshi bilan o'z darvozasini ishg'ol qildi.




67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHOHNAZAR NORBEKOV 1:1. Hasanovning to'p uzatishidan keyin Norbekov gol urdi! 




65. ZARBAAAAAA! SHOHNAZAR NORBEKOV Darvozabonni ham aldab o'tgan Norbekov darvozaga zarba berdi, to'p to'singa tegib qaytdi! 

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SANJAR TURSUNOV 1:0. Penaltidan gol urdi Tursunov 




61. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Boburjon Akbarov

61. PENALTI! Karimov VAR orqali Boburjon Akbarov to'pni qo'li bilan o'ynaganini ko'rdi va penalti belgiladi.

60. O'zgarishlar. AGMK. SHoahmedov, Sulaymonov va Gadoev o'rniga Fortes, Ahmadaliev va Polvonov tushdi

60. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Bamba o'rniga Norbekov

59. ZARBAAAA! Muhammadanas Hasanovning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

54.  ZARBAAA! Kasyan ochiq darvozani mo'ljalga ololmadi va kamiga laynsmen vaziyatni o'yindan tashqari holat deya baholadi.

52. CHETLATISH! Asad Sobirjonov. Jokich va Sobirjonov keskin to'qnashib ketdi. Bu vaziyatda Sobirjonov Yovanga nisbatan qo'pol harakat qildi.




46. Ikkinchi taym boshlandi




45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.

40. ZARBAAA! SHoahmedovning kuchli zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

35. UXXX! G'ofurovning uzatmasini Gadoev golga aylantirishi mumkin edi. Biroq SHohruhning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

29. ZARBA! Jarima to'pidan keyin Sanjar Tursunov o'ta noaniq zarba berdi

27. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Ivan Yosovich

16. ZARBAAAAA! Yana Hasanov, bu safar o'ng tomondan chap oyoq bilan darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi!

13. UXXXX! "Qo'qon-1912"ning hujumi, Muhammadanas Hasanov chap tomondan jarima maydoniga kirib zarba berdi, darvozaga kirib ketayotgan to'pni Rahmonov qaytarib yubordi!

8. Xavfli vaziyat! Husniddin G'ofurovning zarbasi yo'liga himoyachilar g'ov bo'lishdi…

5. Bugungi o'yinni "Qo'qon-1912" safida jarohat sabab Mo'min Meliev va Slavko Lukich o'tkazib yuborishmoqda.

1. ZARBA! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Gadoev darvozaga yo'lladi, noaniq!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика