Superliga. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda Olmaliqda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
15 avg 2021 21:55
Yangiliklar
Superliga. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda Olmaliqda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
AGMK — "Nasaf" - 1:1
Olmaliq, OKMK sport majmuasi.
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
VAR assistent: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Sardor Qudratullaev
Gollar: Yovan Jokich 28, - 1:0 (Elvin Fortes). Husniddin Aliqulov 90+2, - 1:1 (Andriya Kaluderovich).
Gol urilmagan penalti: Marko Stanoevich 17 (darvozabon).
AGMK (4-3-3) — 35.Valijon Rahimov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov ( 17.Sanjar Tursunov, 68), 22.Sanjar SHoahmedov - 94.Elvin Fortes (11.Murod Toshmatov, 68), 27.Martin Boake, 28.SHohruh Gadoev (10.Husniddin G'ofurov, 68).
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov - 5.Dilshod Jo'raev, 8.Bobur Yo'ldoshev, 9.Zafar Polvonov, 42.Nodir Abdurazzoqov, 77.Dilshod Ahmadaliev.
"Nasaf" (3-4-2-1) — 1.Umid Ergashev - 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev (2.Alibek Davronov, 83), 92.Umar Eshmurodov, 15.Jo'rabek Mannonov (8.Dilshod Saitov, 46) - 22.Akmal Mozgovoy (70.Abubakr Rizo Turdialiev, 83), 88.Marko Stanoevich (50.SHohmalik Komilov, 83), 20.Suhrob Nurulloev - 77.Oybek Bozorov, 7.Doniyor Narzullaev (19.Husain Norchaev, 46) - 99.Andriya Kaluderovich.
Zaxira: 35.Abduvohid Nematov - 6.Murod Rahmatov, 28.Sardor Sadulloev, 71.Jasur Jumaev.
Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov 17, Akrom Komilov 77.
90+4. Uchrashuv yakunlandi.
90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HUSNIDDIN ALIQULOV 1:1. "Nasaf" himoyachisi jarima maydoni ichidan gol urib hisobni tenglashtirdi!
90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi.
85. O'zgarish. AGMK. Jokich o'rniga Jo'raev tushdi
83. O'zgarishlar. "Nasaf". G'aybullaev, Stanoevich va Mozgovoy o'rniga Davronov, Komilov va Turdaliev tushdi
79. O'zgarish. AGMK. Martin Boake o'rniga Zafar Polvonov tushdi.
77. Akrom Komilov ogohlantirildi.
73. ZARBA! Akmal Mozgovoyning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
69. ZARBAAAA! Kaluderovichning kuchli va aniq zarbasidan keyin Rahimov ajoyib seyv namoyish etdi!
68. O'zgarishlar. AGMK. Qosimov o'rniga Tursunov, Fortes o'rniga Toshmatov va Gadoev o'rniga G'ofurov tushdi.
66. ZARBAA! Bozorov jarima maydoniga kirib zarba berdi, to'p Yo'ldoshevga tegib maydonni tark etdi
64. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Bozorov uzatgan to'pni Komilov qaytarib yubordi
63. UXX! Gadoev raqib jarima maydoni ichida yiqildi, bosh hakam bu vaziyatda penalti yo'q deb hisobladi
57. ZARBAAAA! SHohruh Gadoevning jarima maydoni ichidan yo'llagan aniq zarbasidan keyin to'pni Umid Ergashev ushlab oldi!
46. Ikkinchi taym boshlandi
46. O'zgarishlar. "Nasaf". Mannonov va Narzullaev o'rniga Saitov va Norchaev tushdi
45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi
45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi
41. ZARBAAAAAAAA! Kaluderovichning bosh bilan bergan zarbasini Rahimov qaytardi!
35. Goldan keyin ham tashabbus mezbonlarda
28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! YOVAN JOKICH 1:0. Elvin Fortesning o'ng qanotdan chap oyoqda uzatgan to'pini Jokich darvoza yonida gavdasi bilan darvozaga yo'lladi.
19. Xavfli vaziyat! AGMKning hujumi, Qosimov raqib jarima maydoni ichida yiqildi bosh hakam bu vaziyatda penalti yo'q dedi
17. ZARBAAAAAAAAAAA! VALIJON RAHIMOV! Marko Stanoevichning 11 metrdan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni ushlab oldi!
17. Ogohlantirish. AGMK. Sardor Rahmonov
16. Nihoyat bosh hakam 3 daqiqa davomida VAR takroriy lavhalarini ko'rdi va AGMK darvozasi tomon penalti belgiladi
13. Bosh hakam o'yinni to'xtatdi va VAR hakamlarini tinglamoqda, takroriy lavhalarda "Nasaf" hujumi vaqtida to'p jarima maydoni ichida Sardor Rahmonovning qo'liga tekkani ko'rindi. AGMK darvozasi penalti belgilansa kerak
9. "Nasaf"da jarima to'pi, Marko Stanoevich uzatgan to'pga hech kim eta olmadi
3. ZARBA! Nurulloev uzatgan to'pni Kaluderovich darvozaga yo'lladi, noaniq!
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar