So’nggi yangiliklar

11:10"Челси"нинг янги мақсади маълум  1 10:00GiveMeSport нашри барча даврларнинг энг яхши дриблинг соҳибини аниқлади  12 09:16«Сурхон» тожикистонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 08:48МЛС. Мессининг иккита ассисти жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  15 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:51Осиё кубоги U-20. Бугун ёшларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланмани қўлга киритиши мумкин   13 07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  10 03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  36 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  4 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  14 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  9 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9 23:05Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" даҳшатли камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  11

Superliga. AGMK "Lokomotiv" darvozasiga javobsiz 4 ta to'p yo'lladi, Mirahmadovdan dubl! Yangiliklar

Superliga. AGMK "Lokomotiv" darvozasiga javobsiz 4 ta to'p yo'lladi, Mirahmadovdan dubl!

Coca-Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan AGMK – "Lokomotiv" bahsi nihoyasiga etdi.

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Sultonmurod Abdurahmonov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

AVAR hakami: Sanjar SHoyusupov

Nazoratchi: Igor Nexochin

+Komissar: Diyor Xotamqulov

AGMK – "Lokomotiv" 4:0  

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19.00

Gol: Siyavush Haqnazariy (Sanjar Tursunov) 3', Anzur Ismoilov (Sanjar Tursunov) 13', Mirjahon Mirahmadov 46', Mirjahon Mirahmadov (SHohruh Gadoev) 60'

AGMK: 1.Botirali Ergashev, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliev (13.Eldorbek Begimov, 90), 9.Dan Spataru (19.Muhammadanas Hasanov, 70), 10.Xurshid G'iyosov, 15.Giorgi Papava, 16.Artyom Filiposyan, 17.Sanjar Tursunov (8.Abdulla Abdullaev, 72) (s), 22.SHohruh Gadoev, 88.Siyavush Haqnazariy (4.Mirjamol Qosimov, 70), 99.Mirjahon Mirahmadov (14.Boburbek Sabirov, 90)

Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 29.Iskandar Bo'sinov, 44.Murat Ermatov 

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islomjon Qobilov, 6.Alisher Salimov, 10.Jasurbek Jaloliddinov (9.Javoxir Alijonov, 62), 14.Xurshidbek Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Etame Jerome, 20.Jaloliddin Jumaboev (44.Samuel Opeh, 52), 21.G'ulom Haydar G'ulomov (8.Nurmuhammad Toshpo'latov, 52), 22.Manuchehr Safarov (27.Islom Rashidxonov, 52), 25.Mo'minjon Meliev (77.Ivan Nagaev, 77)

Zaxira: 30.Asilbek Amanov, 11.Kaxi Maxaradze, 24.SHerzodjon Komilov, 98.Maruf Jumaev 

Ogohlantirishlar: Siyavush Haqnazariy (28), Dan Spataru (32), Jaloliddin Jumaboev (35), Xurshidbek Muxtorov (90+2).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! 

90+5. Ergashev! AGMK posboni birga-bir vaziyatda o'zini ko'rsatib, darvozasini quruq saqlab qoldi.

90+4. Uuuux! Etamening zarbasiga aniqlik etishmadi. Omad kulib boqmasa, qiyin ekan.

90+2. Xurshidbek Muxtorov qo'pollik ishlatgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. AGMKda 2 ta o'zgarish: Ahmadaliev o'rniga Begimov, Mirahmadov o'rniga Sabirov tushdi. 

86. "Loko" navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi. Uzatilgan pasdan keyin Islomjon Qobilov bosh bilan kuchsiz zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.

82. Etame bugun juda faol o'yin namoyish qilmoqda, biroq sheriklari muhim pallalarda uni qo'llay bilishmayapti. 

77. "Lokomotiv"da o'zgarish: Meliev o'rniga Nagaev bahsni davom ettiradigan bo'ldi.

72. AGMKda o'zgarish: Tursunov o'rniga Abdullaev o'yinga qo'shildi. 

70. AGMKda 2 ta almashtirish: Haqnazariy o'rniga Qosimov, Spataru o'rniga Hasanov maydonga tushirildi. 

68. Etame Rashidxonovni birga-bir vaziyatga chiqardi, biroq Islom Rashidxonov darvozabonni aldab, to'p bilan chetga qarab yugurib ketdi, yakunda o'z maqsadiga erishishi juda mushkul bo'lib qoldi.

62. "Lokomotiv"da almashtirish: Jaloliddinov o'rniga Alijonov uchrashuvni davom ettiradi. 

60. GOOOOOOOOOOOOL! Mirjahon Mirahmadov SHohruh Gadoevning uzatmasidan keyin hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi – 4:0!

55. Zarbaaaa! Jerome Etamening bosh bilan bergan zarbasi ozgina noaniq ketdi.

54. SHu daqiqalarga kelib Olmaliqda yomg'ir yog'a boshladi.

52. "Lokomotiv"da 3 ta o'zgarish: Safarov o'rniga Rashidxonov, G'ulomov o'rniga Toshpo'latov, Jumaboev o'rniga Samuel Opeh tushdi. 

51. Giorgi Papava tibbiy yordamga muhtojlik sezdi.

46. GOOOOOOOOOOOOOL!  Xurshid G'iyosov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib, deyarli bo'sh qolgan darvozaga zarba berdi, ammo uni Xurshidbek Muxtorov bartaraf qildi, qaytgan to'pga ega chiqqan hujumchi Mirhajon Mirahmadov to'pni darvozaga joyladi – 3:0!  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.

39. Zarbaaa! G'ulom Haydar G'ulomovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi kuchsiz ko'rinish oldi.

36. Zarbaaaa! Jerome Etame chamasi 14 metrdan zarba yo'lladi, noaniq. 

35. Jumaboevning qoida buzish holati VARda tekshirildi va qizil kartochka yo'q deb topildi.    

33. Jumaboev Spataruga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.  

32. Dan Spataru sariq kartochka oldi. 

28. Legionerlar to'qnashuvi yuzaga keldi. Eronlik Haqnazariy kamerunlik Etameni qoidani buzgan holda to'xtatib qoldi va ogohlantirildi. 

25. "Lokomotiv" qarshi hujumga qochishga urindi, biroq hammasi kutilganidek chiqmadi. 

19. Sanjar Tursunov "Bunyodkor"dagi adashi Sanjar Qodirqulovga nisbatan qoidani buzdi.

13. GOOOOOOOOOOOL!  Anzur Ismoilov Sanjar Tursunovning uzatmasidan keyin hammadan baland sakrab, bosh bilan gol urdi – 2:0! 

13. G'iyosovning uzatmasidan so'ng to'p Islomjon Qobilovga tegib, maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

12. Zarbaaa! Etamening zarbasi yo'l-yo'lakay himoyachilarga tegib Abdujalilovga etib bordi. 

11. Zarbaaa!  Siyavush Haqnazariy Jaloliddin Jumaboevni aldab, yaqin masofadan zarba berdi, ammo bu raqib posboniga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi.  

10. Vau! Siyavush Haqnazariy va Sanjar Tursunov bog'lamasi hujum chog'ida o'zaro qoyilmaqom kombinaciyani amalga oshirdi. 

9. Botirali Ergashev havodan kelgan to'pni ilib oldi va Etame Jerome bilan turtilib ketdi. 

7. "Lokomotiv" hujumga shoshilmoqda, olmaliqliklar esa bunga to'sqinlik qilishyapti. 

3. GOOOOOOOOOL! Sanjar Tursunovning pasidan so'ng Siyavush Haqnazariy aylanma zarbasi orqali to'qqizlikni poyladi – 1:0!

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:00 da start oladi. 

Qiziqarli faktlar:

- Jamoalar o'rtasidagi oxirgi bahsda "Loko"ning qo'li baland kelgan – 2:1;

- CHempionat doirasidagi so'nggi 10 ta o'yindan 5 tasida "Lokomotiv", 3 tasida AGMK g'alaba qozongan, 2 ta o'yinda durang qayd etilgan;

- AGMKning eng yirik g'alabasi – 4:0, "Lokomotiv"niki esa 5:0;

- "Konchilar" barcha musobaqalar doirasida 38 ta to'p kiritishgan, "temiryo'lchilar" esa 57 ta gol urishgan;

- AGMK 21 ochko bilan oltinchi, "Lokomotiv" esa 16 ochko bilan 8-pog'onani band qilib turibdi.

Eslatib o'tamiz, bugungi bellashuvni AGMK azolari – Sardor Rahmonov, Akromjon Komilov va Martin Boake diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика