Superliga. Olmaliqda bayram yoxud bir kishi kam AGMK "Bunyodkor"ni taslim qildi, Tursunovdan dubl!
14 may 2021 20:50
Yangiliklar
Superliga. Olmaliqda bayram yoxud bir kishi kam AGMK "Bunyodkor"ni taslim qildi, Tursunovdan dubl!
OKMK Sanjar Tursunov - 58', Sanjar Tursunov - 74', Sardor Rahmonov - 77' |
Superliga. 8-tur 14/05/2021, 18:55 1
:
3
Tugadi
|
Bunyodkor Xurshid G’iyosov - 38' |
Coca-Cola Superliga. 8-tur
14 may, juma
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynulin, Ilya Ilin
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
VAR assistenti: Jahongir Saidov
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Operator: SHerali Jonaliev
Texnik mutaxassis: Muhitdin Qambarov
Komissar: SHohruh Said.
AGMK – BUNYODKOR 3:1
Gollar: penalti Sanjar Tursunov 58', 74', Sardor Rahmonov 77' – penalti Xurshid G'iyosov 38'
AGMK — 1.Botirali Ergashev - 77.Dilshod Ahmadaliev, 7.Sardor Rahmonov, 8.Bobur Yo'ldoshev, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (15.Abbos Otaxonov, 88), 4.Mirjamol Qosimov (5.Dilshod Jo'raev, 46) - 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G'ofurov, 46), 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 79), 28.SHohruh Gadoev (11.Murod Toshmatov, 85).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 22.Sanjar SHoahmedov, 29.Vladimir Kozak.
"Bunyodkor" — 1.Ravshan Yagudin - 4.Davron Ergashev, 6.Avazbek O'lmasaliev, 9.Farruh Ikromov (13. Lutfullo To'raev, 60), 10.Xurshid G'iyosov (8. Sanjar Rashidov, 88), 11.Rasul Yo'ldoshev, 14.Mirjahon Mirahmadov (22. SHahboz Erkinov, 88), 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Abdulla Abdullaev, 34.Suhrob Izzatov (49. Ibrohim Tomiva, 73), 35.Ibrohim Ibragimov (7. Sunnatilla Abdullajonov, 88).
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 5. Xurshidbek Ubaydullaev, 37. Muhammadodil Qahramonov, 17. Odiljon Abdurahmonov.
Ogohlantirishlar: Ibrohim Ibragimov (12), Mirjahon Mirahmadov (23), Akrom Komilov (72), Dilshod Jo'raev (90+4).
CHetlatish: Yovan Jokich (34).
Uchrashuv yakunlandi!
90+4. Dilshod Jo'raev ogohlantirildi.
90+2. Botirali Ergashevga tibbiy yordam ko'rsatildi.
Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
88. AGMKda o'zgarish: Tursunov o'rniga Otaxonov tushdi.
88. "Bunyodkor"da 3 ta o'zgarish: Ibrohim Ibragimov o'rniga Sunnatilla Abdullajonov, Xurshid G'iyosov o'rniga Sanjar Rashidov, Mirjahon Mirahmadov o'rniga SHahboz Erkinov tushdi.
85. AGMKda almashtirish: Gadoev o'rniga Toshmatov o'yinga qo'shildi.
83. Mirjahon Mirahmadov jarima maydoni chizig'i oldida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish lozimligini aytdi.
79. AGMKda almashtirish: Kasyan o'rniga Polvonov o'yinni davom ettiradi.
77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! G'ofurovning burchakdan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Rahmonov bosh bilan gol urdi – 3:1!
74. Gol VARda tekshirib chiqildi va inobatga olindi.
74. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sanjar Tursunov havodan kelgan to'pdan so'ng zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi – 2:1!
73. "Bunyodkor"da o'zgarish: Izzatov o'rniga Tomiva o'yinni davom ettiradi.
72. Komilov To'xtasinovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.
68. Yo'ldoshevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi Ergashevga qiyinchilik tug'dirmadi.
65. To'raevning jarimadan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
65. G'ofurov Ibragimovga nisbatan qoidani buzdi, taxminan 18 metrdan jarima to'pi tepiladi.
63. G'ofurovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.
61. Zarbaaa! G'iyosovning zarbasini Ergashev qaytarishga erishdi
60. "Bunyodkor"da almashtirish: Farruh Ikromov o'rniga Lutfulla To'raev maydonga tushdi.
58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sanjar Tursunov penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi – 1:1!
57. Futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatilyapti.
55. PENALTI! Bu gal AGMK foydasiga. Husniddin G'ofurovning uzatmasidan keyin to'pga chiqib kelgan Yagudin Kasyanning boshiga zarba berib yubordi.
54. Husniddin G'ofurov Ibrohim Ibragimov tomonidan yiqitildi, jarima to'pi.
52. Dilshod Jo'raev Mirjahon Mirahmadovga nisbatan qiodani buzishga majbur bo'ldi.
49. Zarbaaaaa! Nurillo To'xtasinovning kuchli zarbasi darvoza to'sinini titratdi!
48. Zarba! AGMK himoyasi xatoga yo'l qo'ydi, Rasul Yo'ldoshevning zarbasini Botirali Ergashev qaytardi va jamoasini qutqarib qoldi!
46. AGMKda 2 ta o'zgarish: Mirjamol Qosimov o'rniga Dilshod Jo'raev, Fortes o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!
45+1. Farruh Ikromov birga-bir holatdan foydalana olmadi, ammo bu vaziyatda ofsayd borligi malum qilindi.
Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.
43. Uuux! Ibrigimovning zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.
38. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xurshid G'iyosov penaltini golga aylantirdi – 0:1!
36. PENALTI! Bobur Yo'ldoshev jarima maydoni ichida Avazbek O'lmasalievni yiqitdi va penalti belgilandi.
34. Jokichga qizil kartochka ko'rsatildi!
33. Vaziyat VARda ko'rilmoqda.
32. Yo'ldoshevga nisbatan qo'pollik ishlatgan Yovan Jokich ogohlantirilishi mumkin.
30. CHap qanotda Farruh Ikromov Bobur Yo'ldoshev tomonidan yiqitildi, jarima zarbasi belgilandi.
29. Zarba! Mirjamol Qosimovning darvoza tomon zarbasi aniq chiqmadi.
28. Ahmadaliev o'ng qanotdan hujumga o'tdi va yiqilib tushdi, hakam qoida buzilmaganini bildirdi.
26. Zarba! Gadoevning zarbasi ancha kuchsiz va noaniq bo'ldi.
25. Mirahmadovdan tirsak zarbasini qabul qilib olgan Yo'ldoshevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
23. Mirjahon Mirahmadov qo'polligi bois sariq kartochka oldi.
22. Ibragimovning zarbasi! To'p manzilga, yani darvozaga qadar etib bormadi va himoyachilardan biriga tegdi.
20. Bobur Yo'ldoshev himoyadan turib, SHohruh Gadoevni oldinga boshladi, ammo pas juda noaniq chiqdi.
18. Keskin kurashlarga boy o'yin ko'rmoqdamiz, biroq hozircha birorta vaziyat yuzaga kelmadi.
15. Zarbaaaaa! Mirahmadovning jarimadan bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi.
14. Dastlab, Jokich, keyin esa Fortes Rasul Yo'ldoshevga nisbatan qo'pol o'ynadi, jarima to'pi.
12. Ibrohim Ibragimov SHohruh Gadoevga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi.
11. Zarba! Ibragimovvning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.
10. Maydon markazida Mirjahon Mirahmadov Bobur Yo'ldoshevga nisbatan qoidani buzdi.
7. "Bunyodkor" Nurillo To'xtasinov boshchiligida oldinga bordi, Farruh Ikromov zarba berishning uddasidan chiqmadi, yakunda hujum barbod bo'lib, to'p himoyagacha qaytdi.
4. Fortes va Jokich o'ng qanotda faollik ko'rsatdi, Izzatov ularga qarshilik qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, "aut".
1. O'yinga start berildi!
- Uchrashuv 18:55 da boshlanadi.
Foto: Jahongir Fayzullaev
Fikrlar