Superliga. 7-tur laureatlari
09 may 2022 14:31
Yangiliklar
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Paxtakor" bu turda Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi va 0:0 hisobida durang o'ynadi. Toshkentlar posboni shu kuni yaxshi o'ynadi va raqiblarning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi. Agar Quvvatov bo'lmaganida "Nasaf" g'alaba qozonib ketishi ham mumkin edi. "Paxtakor" posboni Sanjar Quvvatov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
AGMK bu tur Olmaliqda "So'g'diyona"ni qabul qilib, 3:2 hisobida mag'lub etdi. Qosimov AGMK bosh murabbiyi sifatida ilk bor "So'g'diyona"ni taslim qildi. Jizzax klubi bu mavsumdagi ilk mag'lubiyatni aynan shu o'yinda qabul qilib oldi. Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 7-turning eng yaxshi murabbiyi Mirjalol Qosimov bo'ldi.
Bu turda "Dinamo" yarim himoyachisi, SHohmalik Komilov "Olimpik" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi. VIDEONI KO'RISH
AGMK yarim himoyachisi Xurshid G'iyosov "So'g'diyona"ga qarshi bahsda juda faol o'ynadi va ikkita gol urilishida qatnashdi. Aynan uning to'p uzatishidan keyin Gadoev g'alaba golini urdi. SHu tariqa, Xurshid G'iyosov championat.asia talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar