Superliga 6-tur tomoshabinlar tashrifi. Toshkent eng kam, Samarqand eng ko'p...
03 may 2022 10:47
Yangiliklar


Superliga 6-tur tomoshabinlar tashrifi. Toshkent eng kam, Samarqand eng ko'p...
Tur yakunlari bo'yicha fakt va malumotlarni etiboringizga havola qilishni boshlaymiz. Diqqat markazida tomoshabinlar tashrifi. Quyidagi raqamlarga etibor berishingiz mumkin.
"Bunyodkor" - "Olimpik" 864
"Dinamo" - "Neftchi" 4105
"Lokomotiv" - "Surxon" 681
"Qizilqum" - "Navbahor" 1 430
"So'g'diyona" - "Metallurg" 2 066
"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 3 883
"Paxtakor" - AGMK 1 538
Ushbu turda eng kam tomoshabin "Lokomotiv" - "Surxon" (681) hamda "Bunyodkor" - "Olimpik" (864) jamoalari uchrashuvlarida qayd etildi. Eng yaxshi ko'rsatkich esa Samarqandda "Dinamo" - "Neftchi" uchrashuvida bo'ldi (4 105). 6-turda umumiy hisobda 14 567 tomoshabin o'yinni bevosita stadiondan ko'rdi. Bu degani har bir o'yinga o'rtacha 2 081 nafar muxlis to'g'ri kelayotganini bildiradi. Kuni kecha ramazon oyi yakunlandi. Keyingi turlarda mazkur natija yanada yaxshilansa ajabmas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar