So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  10 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

Superliga 5 iyundan davom etadimi? PFL rasmiy izoh berdi Yangiliklar

Superliga 5 iyundan davom etadimi? PFL rasmiy izoh berdi

Teglar :  Superliga-2020
Superligasining 4-tur uchrashuvlari 5 iyun sanasidan boshlab davom ettirilishi to'g'risida xabarlar tarqaldi.

Bunga O'zPFL tomonidan Superliga klublari bosh murabbiylariga muhokama uchun yuborilgan ishchi taqvim asos bo'ldi.

Pandemiya sabab mamlakatimizda futbol uchrashuvlari to'xtatilgan hamda uning rasman qachondan boshlab davom ettirilishi aniq emas. SHundan kelib chiqib, ko'plab mamlakatlar futbol ligalari kabi O'zPFL ham turli ko'rinishda rejalar tuzadi. Bosh murabbiylarga taqdim etilgan reja ularning fikrini o'rganish uchun bo'lib, bunda murabbiylar iyul oyida ham rasmiy o'yinlar bo'lib o'tishi mumkinligidan har ehtimolga qarshi ogohlantirilgan, bu borada ularning fikrlari tinglangan. Qolaversa, reja rasmiy xat asosida klublarga chiqarilmay, bosh murabbiylarni o'zida jamlagan messenjer guruhida muhokama qilingan.

O'zPFL karantin davrida futbol klublarining mashg'ulotlarini qayta tiklash hamda rasmiy uchrashuvlar o'tkazish bo'yicha O'FA hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan hamkorlikda yo'riqnoma ishlab chiqqan. Ayni vaqtda biz Maxsus komissiyaning mazkur yo'riqnoma asosida mashg'ulotlaga ruxsat berishi masalasini kutmoqdamiz. Mavjud sharoitdan kelib chiqib, O'zPFL sog'liqni saqlash yuzasidan amalga oshirilayotgan mashaqqatli ishlarni qo'llab-quvvatlaydi hamda karantin qoidalariga qatiy rioya qilish kerak deb hisoblaydi. Insonlar salomatligi eng oliy nemat.

SHunday ekan, turli ko'rinishdagi rejalar ishlab chiqilishda davom etiladi, ular bosh murabbiylar, klublar rahbarlari, sog'liqni saqlash tizimi mutaxassislari bilan muhokama etiladi. Unga qadar O'zPFL rasmiy sahifalarida ko'rinish bermagan har qanday malumot rasmiy maqomga ega emasligini malum qilamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика