So’nggi yangiliklar

15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  1 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  22 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  20 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  5 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2

Superliga. 4-tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

Superliga. 4-tur laureatlari aniqlandi

Saytimiz o'z ananasiga muvofiq Superliga 4-turining eng yaxshilarini aniqladi.


Tur darvozaboni - O'tkir Yusupov ("Navbahor")

O'z vaqtida Qarshining "Nasaf" klubida o'ynagan "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov saytimiz talqiniga ko'ra 4-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. "Lochinlar" mavsumdagi ilk g'alabani aynan Qarshida qo'lga kiritishdi, bunda Yusupovning xissasi juda katta bo'ldi. O'zining sobiq klubi bilan bahsda bir necha marta jamoasini goldan qutqarib qolgan O'tkir haqli ravishda tur darvozaboniga aylandi.



Tur murabbiyi - Andrey Kanchelskis ("Navbahor")

Dastlabki uchta turda umuman g'alaba qozona olmagan Namanganning "Navbahor" klubi to'rtinchi turga kelibgina g'alaba qozondi. Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'yinda ko'pchilik "Navbahor"ning imkoniyatlarini pastroq baholagandi. Sababi "lochinlar" so'nggi bor Qarshida 1999 yilda "Nasaf"dan ustun kelishgandi. Biroq Kanchelskis shogirdlari o'zlari uchun mana shu qora ananaga barham bera olishdi. SHu bois ham rossiyalik murabbiy saytimiz talqiniga ko'ra tur murabbiyi deb topildi.


Tur futbolchisi - Jasur Jaloliddinov ("Bunyodkor")

Bu mavsum Superligada maydonga tushgan va gol urgan eng yosh futbolchi ketma-ket ikkinchi turda raqib darvozasiga gol urdi. Oldingi tur "Navbahor" bilan bahsda o'zini ko'rsatgan futbolchi 4-turda "Andijon"ga ajoyib gol urishning uddasidan chiqdi. Vadim Abramov 16 yoshli futbolchiga ishonch bildirmoqda, Jasur o'z navbatida bu ishonchni oqlamoqda. Faqatgina futbolchi mana shunday etiroflardan havolanib ketmasligi, yulduzlik kasaliga chalinmasligi va mehnat qilishdan to'xtab qolmasligi lozim.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика