So’nggi yangiliklar

09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  0 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  0 08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  9 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  3 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  15 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0

Superliga: 30-tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

Superliga: 30-tur laureatlari aniqlandi

Teglar :  Superliga
9-10 noyabr kunlari Superliga 30-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Biz esa ananamizga muvofiq turning eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Navbahor" - "Bunyodkor" 1:0

Superliga 30-turi doirasida markaziy o'yin Namanganda o'tkazildi. "Navbahor" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi bellashuv qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tdi.

Har ikki jamoa ham chempionat bronza medallari uchun kurash olib borayotgani sabab o'yin ham keskin tus oldi. Bahs taqdiri 64-daqiqada Ro'zimboy Ahmedov tomonidan penaltidan kiritilgan gol hal qildi. Bir so'z bilan aytganda, bu uchrashuv har tomonlama tur o'yiniga mos tarzda o'tdi.


Tur muxlislari - Namanganda

Turning markaziy uchrashuvida muxlislar ham faol bo'lishdi. Namangandagi o'yinni bevosita stadiondan ko'rish uchun 12050 nafar muxlis tashrif buyurdi. "Lochinlar"ning ishqibozlari har doimgidek o'z sevimlilarini 90 daqiqa davomida tinimsiz qo'llab-quvvatlab turishdi


Tur hakami - Ravshan Ermatov

9-noyabr kuni Olmaliq shahrida katta futbol bayrami bo'lib o'tdi. AGMK jamoasi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgani sharafiga xalq va mehmonlar uchun osh damlandi, katta shou koncert dasturi o'tkazildi. SHuningdek, kubok sohibi bo'lgan AGMK azolariga avtomobillar topshirildi. O'sha kuni tashkillashtirilgan o'yinda esa "Qo'qon-1912" jamoasi olmaliqliklarni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvni FIFA hakami Ravshan Ermatov alo darajada boshqarib bordi. Mashxur hakamimiz hatolarga yo'l qo'ymadi va bahsning alo darajada o'tishiga o'z hissasini qo'shdi.


Tur matbuot xizmati - yo'q

Afsuski, bu turda hech bir klub matbuot xizmatini alohida ajratib ko'rsata olmaymiz. Rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda birdek faol bo'lgan matbuot xizmati uchramaganligi sabab bu safar ushbu nominaciyani hech kimga bermaslikka qaror qildik.


Tur iqtibosi: "Ayni paytda ixtiyorimizda 12 futbolchi bor"

"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis fikrlarini bildirib o'tdi.

"Har ikki jamoa vakillarining bugun namoyish etgan o'yinlari menga yoqdi. “Bunyodkor”  o'yin jihatidan eng kuchli klublardan biri va shunday jamoaga qarshi to'p surish ancha qiziqarli bo'ldi.

Biz “Bunyodkor”da muammolar borligini bilamiz va shunday jamoa kelasi mavsumda chempionatda o'ynamasa, afsuslanarli holat bo'ladi.

Albatta hali jamoada olib boriladigan ishlar bor. Lekin ayni paytda ixtiyorimizda 12 nafar futbolchi bor va o'z imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda, o'yin namoyish etishga intilyapmiz. SHogirdlarimning mashg'ulotlar jarayonidan va ishtiyoqlaridan xursandman. O'zimizni xotirjam his qilishimiz uchun endi keyingi o'yinlarda  1 ta emas, 2-3 ta gol urishga harakat qilamiz".


Tur goli - Muzaffar Muzaffarov

AGMK yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarovning "Qo'qon-1912" darvozasiga yo'llagan zarbasi turning eng chiroyli goli bo'ldi.

Olmaliqda o'tgan uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq chamasi 23 metrlar masofadan yo'llangan kuchli va aniq zarba oldida qo'qonliklar kiperi O'tkir Yusupov ojiz qoldi.


Tur darvozaboni - Akbar To'raev

Turning markaziy uchrashuvida bahs taqdirini penaltidan urilgan birgina gol hal qilganidan xabaringiz bor. Ana shu bellashuvda namanganliklar 3 ochko olishida darvozabon Akbar To'raevning ham hissasi katta bo'ldi. O'zining sobiq jamoasiga qarshi yaxshi harakat qilgan Akbar o'z darvozasi daxlsizligini taminlay oldi.


Tur murabbiyi - Sergey Lushan

Farg'onada o'tgan 6 ochkolik bellashuvda "So'g'diyona" "Neftchi"ni mag'lub eta oldi. Bu g'alaba farg'onaliklarni rasman Pro-ligaga tushib ketishini taminlagan bo'lsa, jizzaxliklarning kamida oxirgi o'rinni olmasliklarini kafolatladi. SHu sabab Sergey Lushanni ter murabbiyi deb topdik.


Tur futbolchisi - Artur Gevorkyan

Navoiyda "Qizilqum" jamoasi "Nasaf"ni qabul qildi. Hamidjon Aktamov boshchiligidagi navoiyliklar o'z tarixlarida birinchi bor qarshiliklarni mag'lub etishni uddalashdi. Ana shu bellashuvda "Qizilqum" tarkibida Artur Gevorkyan eng faol o'yinchi bo'ldi va jamoasining ikkinchi golini kiritdi. SHu sabab Gevorkyanni tur futbolchisi deb etirof etdik.


Tur ramziy terma jamoasi (3-4-3):

Darvozabon: Akbar To'raev ("Navbahor")
Himoyachilar: Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Igor Golban ("Navbahor")
Yarim himoyachilar: Nikola Milinkovich ("So'g'diyona"), Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv"), Dilshod Ahmadaliev ("Bunyodkor"), Suhrob Berdiev ("Qo'qon-1912")
Hujumchilar: Azizbek Turg'unboev ("Navbahor"), Artur Gevorkyan ("Qizilqum"), Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика