So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  1 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Superliga. 26-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

Superliga. 26-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Teglar :  hakamlar
Joriy yilning 30-noyabr sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning oxirgi 26-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 6 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.


Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:



1-vaziyat. "Nasaf" - "Metallurg" to'qnashuvi: mehmonlarning goli.


"Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvining 6-daqiqasida mehmonlar gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biroq bosh hakam Nikita Mustafin bekobodliklar tomonidan fol qayd etilganini malum qildi va golni inobatga olmadi.  


Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to'g'ri qilgan. Gol urgan futbolchi maydon egalarining 7-raqamli vakiliga qo'pollik ishlatdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


2-vaziyat: "Nasaf" - "Metallurg" bellashuvi: bahsli vaziyat.

"Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvining 32-daqiqasida bekobodliklarning 2-raqamli vakili mezbonlarning 70-raqamli azosining oyog'iga zarba berdi. Bosh hakam Nikita Mustafin dastlab futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi, ammo monitor yoniga borib holatni o'rgangach fol qayd etilmaganini malum qildi.  

 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR epizodga aralashib to'g'ri qilgan. Futbolchi dastlab to'pni tepgan, maydon egalari azosi esa unga kelib to'qnashgan. Bu vaziyatda qizil kartochka berish uchun asos yo'q. Komissiya hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.


3-vaziyat. "Nasaf" - "Metallurg" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.


"Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvining 45+7-daqiqasida mezbonlar jarima maydonida qarshiliklarning 7-raqamli futbolchisi qo'liga tegib, o'yinga qaytdi. Bosh hakam Nikita Mustafin monitor orqali vaziyatni ko'rgach, mazkur epizodda to'p qo'lga tekkanini qayd etdi va nuqtaga ishora qildi.  


Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchining qo'li notabiiy turibdi. Himoyachining tana holati qo'l yordamida kengaytirilgan. 11 metrlik jarima zarbasi uchun asos etarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.


4-vaziyat: "Lokomotiv" - "Neftchi" o'yini: bahsli penalti.


"Lokomotiv" - "Neftchi" uchrashuvining 54-daqiqasida mehmonlarning 70-raqamli azosi raqib jarima maydoniga yorib kirdi. Ayni shu paytda raqib himoyachisi unga qo'pollik ishlatib, to'xtatib qoldi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev bu vaziyatda qoidabuzarlik borligini qayd etdi va nuqtaga ishora qildi.  


Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to'p uchun o'ynamagan. U oyog'i bilan raqibining muvozanat yo'qotishiga sabab bo'lgan. 11 metrlik jarima zarbasi uchun etarli asos mavjud. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.


5-vaziyat. "Surxon" - "Olimpik" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.


"Surxon" - "Olimpik" uchrashuvining 39-daqiqasida nominal mehmonlarning 19-raqamli futbolchisi termizliklarning 10-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Asker Najafaliev dastlab fol qayd etgan va o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.


Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan ochiqchasiga raqibiga qo'pollik ishlatgan. CHetlatish uchun asos etarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisobladi.


6-vaziyat: "Surxon" - "Olimpik" bellashuvi: bahsli vaziyat.


"Surxon" - "Olimpik" uchrashuvining -daqiqasida toshkentliklarning 81-raqamli vakili mezbonlarning 10-raqamli azosining yuz qismiga zarba berdi. Bosh hakam Asker Najafaliev dastlab nominal mezbonlar azosiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorini o'zgartirdi hamda ikkala o'yinchini ham sariq kartochka bilan jazoladi.  


Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda nominal mehmonlar futbolchisi raqibiga qo'pollik ishlatgan, unga sariq kartochka ko'rsatilishi to'g'ri bo'lgan. Ammo termizliklar vakiliga keskin harakati uchun qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Komissiya bosh hakamning birinchi ko'rsatgan kartochkasi bo'yicha qarorini noto'g'ri ekanini malum qiladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика