So’nggi yangiliklar

14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  0 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  0 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  5 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  2 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  2 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  1 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  1 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  21 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  11 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  8 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  5

Superliga. 22-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

Superliga. 22-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Kecha Superliga 2024-yilgi mavsumning 22-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 6 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: "Surxon" - "Lokomotiv" o'yini: bahsli penalti.

"Surxon" - "Lokomotiv" uchrashuvining 32-daqiqasida mezbonlarning 66-raqamli azosi raqib jarima maydonida to'p uchun kurash olib bordi va yiqilib tushdi. Bosh hakam Akmal Rahimov dastlab penalti belgiladi. Lekin VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi qarorini o'zgartirdi va bahsni davom ettirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Himoyachi raqibga nisbatan qo'pollik ishlatmagan. U hujumchiga qarshilik ko'rsatgan, ammo bu muvozanat yo'qotish uchun etarli emas. Penalti belgilash uchun asos yo'q. Komissiya hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.


2-vaziyat: "Surxon" - "Lokomotiv" o'yini: bahsli penalti.

"Surxon" - "Lokomotiv" uchrashuvining 54-daqiqasida mehmonlarning 7-raqamli azosi raqib jarima maydoniga yorib kirdi va to'p uchun kurashdan so'ng yiqilib tushdi. Bosh hakam Akmal Rahimov dastlab penalti belgiladi. Lekin VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi qarorini o'zgartirdi va bahsni davom ettirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Himoyachi raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Ammo qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida qayd etilgan. Penalti belgilash uchun asos yo'q. Komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.




3-vaziyat: "Surxon" - "Lokomotiv" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Surxon" - "Navbahor" uchrashuvining 63-daqiqasida mehmonlarning 97-raqamli azosi mezbonlarning 17-raqamli futbolchisiga qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Akmal Rahimov dastlab penalti yo'qligini qayd etdi. Lekin VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Himoyachi to'pga ulgurmagan va raqibning oyog'iga zarba berib, qo'pollik ishlatgan. Penalti belgilash uchun asos etarli. Komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.

 


4-vaziyat. "Navbahor" - "Metallurg" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

"Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvining 41-daqiqasida mezbonlarning 77-raqamli futbolchisi bekobodliklarning 15-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam To'rabek Suyunov dastlab futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi yiqilganidan so'ng butsasining tag qismi bilan raqibining beldan past qismiga zarba bergan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisobladi.




5-vaziyat: "Andijon" - "Olimpik" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Andijon" - "Olimpik" uchrashuvining 45+2-daqiqasida mehmonlarning 10-raqamli azosi o'z jarima maydonida to'pni qaytarib yubordi. Bosh hakam Olim To'ychiboev futbolchi qo'l bilan o'yin yo'qligini va qoidabuzarlik holati qayd etilmaganini malum qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachining qo'liga to'p tekkan yoki tegmaganligini kamera rakurslaridan ko'rishning iloji yo'q. SHu bois, komissiya hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaydi va uni to'g'ri, deb topdi.




6-vaziyat. "Dinamo" - "Nasaf" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvining 90+3-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va shu holatda to'p mezbonlarning 44-raqamli futbolchisi qo'liga tegib, o'yinga qaytdi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev monitor orqali vaziyatni ko'rgach, mazkur epizodda to'p qo'lga tekkanini qayd etdi va nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchining qo'li notabiiy turibdi. Himoyachining tana holati qo'l yordamida kengaytirilgan va to'p shu boisdan yo'nalishini o'zgartirgan. 11 metrlik jarima zarbasi uchun asos etarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.

 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика