So’nggi yangiliklar

11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  0 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   3 10:55Қоил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  5 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  3 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  0 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  2 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  6 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2 07:31Янги мавсумда Про лигада ўйнамайдиган «Дўстлик» етакчисини сотувга қўйди  1 05:09АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида иродали тарзда "Лестер"ни мағлуб этди  6 01:20АПЛ. "Бўрилар" "Қизил иблислар"ни ғажиб ташлади  32 00:57Энцо Мареска: "95-дақиқада гол ўтказиб юбориш ёқимсиз"  3 00:28АПЛ. Бруну қизил олган, Онана бурчакдан гол ўтказиб юборган учрашувда МЮ "бўрилар"га мағлуб бўлди  23 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3

Superliga-2024. Mavsumning esda qolarli lahzalari Yangiliklar

Superliga-2024. Mavsumning esda qolarli lahzalari

Superliganing 2024 yilgi mavsumi yakunlandi.

Superliganing 2024 yilgi mavsumida sodir bo'lgan voqealar hamda fotosuratlarni etiboringizga havola etamiz.


Superliganing 2024 yilgi mavsumidagi dastlabki golni "Navbahor" yarim himoyachisi Abror Ismoilov "Dinamo" darvozasiga urdi. 

Superliganing 2024 yilgi mavsumidagi dastlabki qizil kartochka "Olimpik" himoyachisi Akbar Abdurasulovga ko'rsatildi.

Navoiyning "Qizilqum" klubi "Bunyodkor" maydonida uchta to'p kiritib, uch ochkoni qo'lga kiritdi.

"Neftchi"ning nigeriyalik hujumchisi Nsungusi Effiong klub safidagi ilk rasmiy uchrashuvida dubl qayd etib, "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda jamoasiga uch ochko taqdim etdi.

 Superliganing 2024 yilgi mavsumidagi dastlabki nursiz durang Olmaliqda o'tgan OKMK — "Andijon" uchrashuvida qayd etildi.

"Lokomotiv" himoyachisi Dilshod Komilov "Metallurg"ga qarshi bahsda jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etgan holda hisobni ochdi.

"Surxon" dastlabki turda "Paxtakor"dan javobsiz uchta to'p qabul qilib oldi.

"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovning "Paxtakor" darvozasiga qo'l bilan urgan goli inobatga olinmadi. 

"Olimpik" futbolchilariga ketma-ket ikkinchi o'yinda qizil kartochka ko'rsatildi. Bu gal Asadbek Rahimjonov maydondan chetlatildi.

OKMK futbolchilari "Navbahor"ning navbatdagi standart vaziyatiga qarshi himoyalanmoqda.

"Andijon" o'z maydonida "Bunyodkor"ni uchrashuvda hisobni ochgan hujumchi Luka Zgurskiyning raqamiga mos hisobda tor-mor etdi.

Usmonali Ismonaliev mana shu qilig'i uchun qizil kartochka oldi.

Dastlabki ikki turdagi sharmandali mag'lubiyatlardan so'ng "Bunyodkor"ning xorvatiyalik bosh murabbiyi Ivan Bubalo istefoga chiqarildi.

"Paxtakor"ga qarshi o'yinda jamoasining uchinchi goliga mualliflik qilgan "Lokomotiv" hujumchisi Ivan Bulatovich xursandchiligini libosini echgan holda nishonladi. Qizig'i, u libosi ostidan xuddi shunday libosni kiygan edi.

"Metallurg"ga qarshi o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan "Neftchi" darvozaboni Sanjar Quvvatov bolboy bilan maslahatlashmoqda.

 "Sport" teleradiokanali operatori tomoshabinlar to'rtta gol guvohiga aylangan "So'g'diyona" — "Olimpik" uchrashuvidan dastlabki lavhalarni efirga uzatmoqda.

"Surxon" himoyachisi Egor Krimec va "Andijon" hujumchisi SHahrom Samiev o'rtasidagi uchrashuvdan keyin kichik janjal yuzaga keldi. Bosh hakam Asker Najafaliev ikkala futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi.

"Bunyodkor"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlangan Anvar G'ofurov dastlabki o'yinidayoq chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Navbahor"dan ochko tortib oldi.

OKMKning hujumkor yarim himoyachisi Nodirbek Abdurazzoqov "Dinamo" darvozasiga jamoasining uchinchi to'pini kiritdi.

"Metallurg" jarima maydonida "Dinamo" futbolchisi Anvar Hojimirzaev yiqildi.

OKMK hujumchisi Xurshid G'iyosov "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

"Andijon" futbolchilari "Nasaf" darvozasiga urilgan golni shunday nishonlashdi.

"So'g'diyona" hujumchisi SHohruh Abdurahmonov "Paxtakor" maydonida raqib darvozasiga uchinchi golini urmoqda. Xet-trik qayd etgan futbolchi jamoasiga 3:2 hisobidagi muhim g'alabani taqdim etdi.

"Navbahor" hujumchisi Toma Tabatadze 90+5 daqiqada penaltidan "Surxon" darvozasiga to'p kiritib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Olimpik" hujumchisi Alisher Odilov "Neftchi" darvozasiga uchrashuvdagi yagona golni urib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

Suratdagi futbolchini toping. Qaysi uchrashuv ekanligini payqagandirsiz.

552 kunlik jarohatdan so'ng maydonga qaytgan "Bunyodkor" futbolchisi Tohir To'xtasinov "Dinamo"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi va oradan bir daqiqa o'tgach, qo'pollik uchun maydondan chetlatildi.

"So'g'diyona" — "Qizilqum" uchrashuvi boshlanish arafasida turibdi.

"Andijon" o'z muxlislari qarshisida "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy berdi.

"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan "Lokomotiv"ga qarshi o'yindagi bahsli holatdan so'ng shogirdlarini, hakamlar esa mutaxassisning o'zini tinchlantirishga harakat qilmoqda. Mazkur o'yinda namanganliklar raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi.

"Bunyodkor" futbolchisi Toni Yovich va uning yosh muxlisi

"Paxtakor" futbolchisi Behruz Asqarov "Metallurg"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi. SHunga qaramay, mazkur bahsda poytaxtliklar ustun kelishdi.

"Nasaf" hujumchisi Zoran Marushich OKMK darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining safardagi 4:3 hisobida g'alaba qozonishiga hissa qo'shdi.

"Paxtakor" ustozi Maksim SHackix Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan Timur Kapadzega "Olimpik"ga qarshi bahs oldidan zarbof to'n kiydirdi. Uchrashuvda "sherlar" g'alaba qozondi.

"Neftchi" va "Andijon" o'rtasidagi uchrashuv arafasida stadion uzra samolyot parvoz amalga oshirdi.

Mazkur vodiy derbisida "Andijon" futbolchisi Farhod Sohibjonov super gol urdi.

Superliga to'purarlaridan biri Lyupche Dorievning "Navbahor" darvozasiga urgan goli ham jamoasining mag'lubiyatdan qutulib qolishiga yordam bera olmadi.

"Dinamo" darvozasini ishg'ol qilgan "Surxon" hujumchisi Ulug'bek Hoshimov golni shunday nishonladi.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan so'ng muxlislaridan biri bilan ko'rishdi.

"Olimpik" futbolchisi Ahmadullo Muqimjonov "Qizilqum" darvozasini jarima zarbasidan ishg'ol qildi.

Dunyoning eng mashhur muxlislaridan biri "Bobur Arena"da "Metallurg"ga qarshi o'yn oldidan o'z uslubida muxlislarga salom yo'lladi.

Vodiy derbisidan o'rin olgan "Navbahor" — "Neftchi" uchrashuvining 90+4 daqiqasida Filip Ivanovich bosh bilan "Neftchi" darvozasiga to'p kiritib, jamoasiga muhim g'alaba taqdim etdi.

Kuchli yomg'ir bo'lishiga qaramay, OKMK — "So'g'diyona" uchrashuviga tashrif buyurgan tomoshabinlar 90 daqiqa davomida naq 8 ta gol ko'rishga muvaffa bo'lishdi.

"Paxtakor" etakchisi Dragan CHeran "Dinamo"ga qarshi o'yinda penaltidan hisobni ochdi.

Ilgiz Tantashev "Surxon" — "Nasaf" uchrashuvidagi bahsli holatni VAR monitori orqali ko'rib chiqmoqda.

"Bunyodkor" muxlislari "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda "Murod Aliev out" deb yozilgan bannerni ko'tarishdi.

"Andijon" muxlisi Hasanboy Do'stmatov klubning "Olimpik"ga qarshi safar uchrashuviga tashrif buyurdi.

"Ajdar" maydon chetida "Nasaf"ni "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda qo'llab-quvvatlamoqda.

"Paxtakor" darvozasboni Pavel Pavlyuchenko "Qizilqum"dan gol qabul qilib oldi.

"Neftchi" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasini OKMK darvozaboni Valijon Rahimov qaytara olmadi.

"So'g'diyona" hujumchisi Lyupche Doriev "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar Tursunov "Surxon" darvozasi tomon "qaychi" usuli zarba berishga urinib ko'rdi.

"Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov "Olimpik"ga qarshi o'yinda burchak zarbasi amalga oshirmoqda.

"Surxon" yarim himoyachisi Behruz SHaydulov "So'g'diyona" ustidan qozonilgan g'alabadagi yagona golni urdi.

"Bunyodkor" — "Neftchi" uchrashuviga tashrif buyurgan futbol muxlislari.

Mazkur uchrashuvda "Neftchi" hujumchisi Husayn Norchaev jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

"Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda bosh qismidan jarohat olgan Bektemir Abdumannonov sherigi tomonidan uzatmagan shikastlangan tana azosi bilan zarba yo'llamoqda.

"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.

"Olimpik" futbolchisi Ibrohim Ibragimov "Dinamo"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida jamoasiga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

"Neftchi" futbolchilari va muxlislari "Surxon"ga qarshi o'yinga hozirlanishmoqda.

"Paxtakor" — "Navbahor" uchrashuvida kuchlar teng keldi.

"Surxon" va "Metallurg" o'rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurgan "muxlis".

"Olimpik" va OKMK futbolchilari to'p uchun kurash olib bormoqda.

"Neftchi"ga qarshi o'yinga tashrif buyurgan "Nasaf" muxlislari.

"Navbahor" — "Qizilqum" uchrashuvini boshqarib borgan hakamlar maydonni xavfsizlik xodimlari yordamida tark etmoqda.

OKMK "Paxtakor" darvozasiga to'rtta gol urdi.

"Lokomotiv" darvozaboni Suhrob Sultonov "So'g'diyona"dan ikkita gol qabul qilib oldi.

"Olimpik"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgan "Surxon" futbolchisi Nodirxon Nematxonov maydon chetida turgan bolboydan alamini oldi. Keyinchalik futbolchi bu harakati uchun uzr so'radi.

"Metullurg" darvozaboni Rahim Davronov "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovni to'xtatib qolishga harakat qilmoqda.

"Andijon" muxlislari "Navbahor"ga qarshi vodiy derbisiga shay holatda.

O'g'il yoki qiz.

"Andijon"ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan jamoani tark etdi.

"Lokomotiv"ning yosh yulduzi Lazizbek Mirzaev Championat.asia fotografi bilan birga.

"Metallurg" himoyachisi Kerim Palich "Olimpik"ning futbolkasida yozilgan raqimiga monand gol urishiga to'sqinlik qila olmadi.

"Paxtakor" futbolchisi Doniyor Abdumannopov "Neftchi" jamoasiga jamoasining ikkinchi golini urmoqda.

OKMKning ispaniyalik hujumchisi Ruben Sanches "Andijon" darvozasiga urgan g'alaba golini klub murabbiylaridan biri bilan nishonlamoqda.

"Olimpik" yarim himoyachisi Sunnatulla Abdullajonov "Lokomotiv"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Jahongir Ortiqxo'jaev Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov bilan "Nasaf" — "Paxtakor" (1:0) o'yinini stadiondan tomosha qilmoqda.

Mazkur uchrashuvdagi yagona golga Javohir Sidiqov mualliflik qildi.

"Bunyodkor" himoyachisi Muzaffar Olimjonov "Andijon" darvozasini ishg'ol qilmoqda.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Navbahor"ga qarshi o'yin oldidan raqib jamoa yarim himoyachisi, sobiq shogirdi Siavash Haqnazariy bilan salomlashmoqda. 

"So'g'diyona" futbolchilari "Olimpik"ga qarshi o'yinda "jonli devor" o'rnatishmoqda.

"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov OKMKga qarshi o'yinda alamini suvidishdan oldi.

"Paxtakor" yarim himoyachisi Doniyor Abdumannopov "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda to'pni to'xtatishga harakat qilmoqda.

"Surxon" himoyachisi Behruz SHaydulov "Andijon"ga qarshi o'yinda raqib futbolchisi bilan to'qnashuv natijasida maydon chetida yiqildi.

"Bunyodkor" hujumchisi Temirxo'ja Abduxoliqov "Navbahor"ga qarshi o'yinda penalti tepishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Neftchi" futbolchisi "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda darvozasiga kirib ketayotgan to'pni qaytarishga urinmoqda.

"Olimpik" hujumchisi Akbar O'ktamov "Nasaf" himoyachisi SHerzod Nasrullaev tomonidan to'xtatib qolinmoqda.

Jahongir Abdusalomov "Surxon"ga "Paxtakor" maydonida tarixiy g'alaba olib keldi.

"Olimpik" darvozaboni Edem Nemanov "Neftchi"ga qarshi o'yinda havodagi to'p uchun raqib futbolchisi Javohir Qahramonov bilan kurashmoqda.

"Qizilqum" yarim himoyachisi Muhammadali G'iyosov "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda "qaychi" uslubida zarba berishga tayyorlanmoqda.

"Paxtakor" hujumchisi Dragan CHeran "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda maydonni tark etgan to'pni o'yinga kiritishga chog'lanmoqda. Orqa fonda jamoa bosh murabbiyi Maksim SHackix. 

"Bunyodkor" hujumchisi Temirxo'ja Abduxoliqov OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov bilan yakkama-yakka vaziyatda to'p uchun kurashmoqda.

"Paxtakor" yarim himoyachisi Doston Hamdamov "Neftchi"ga qarshi o'yinda zaxiraga olindi.

"Navbahor"ning jajji muxlislari "Nasaf"ning zaxira o'rindig'ida o'tirgan futbolchilari bilan salomlashmoqda.

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar Tursunov "Andijon"ga qarshi o'yinda maxsus niqobda harakat qildi.

"Surxon" hujumchisi Muhammadali Abdurahmonov OKMK yarim himoyachisi Oybek Rustamovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

"Metallurg" darvozasini ishg'ol qilgan "Olimpik" futbolchilari golni nishonlamoqda.

"Neftchi" futbolchilari "Qizilqum" darvozasiga urgan golini shunday nishonlashdi.

"Dinamo" yarim himoyachisi Xislat Xalilov "Olimpik" darvozasiga urgan golini nishonlamoqda.

"Nasaf" markaziy o'yinda OKMKni mag'lubiyatga uchratdi.

Andijon viloyati hokimi SHuhrat Abdurahmonov "Neftchi"ga qarshi o'yinni stadiondan tomosha qilmoqda.

OKMK — "Lokomotiv" o'yinida bosh hakam Doston Mirzaraimov navbatdagi qarorini bildirmoqda.

"Nasaf" yarim himoyachisi SHarof Muhiddinov "Bunyodkor" futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etmoqda.

"Paxtakor" hujumchisi Dragan CHeran tug'ilgan kunida "Dinamo" darvozasiga uchta to'p kiritib, to'purarlar poygasida peshqadamga aylandi.

"Lokomotiv" himoyachisi Valeriy Kichin "Bunyodkor" darvozasiga urgan golini salto otgan holda nishonlamoqda.

"Olimpik" yarim himoyachisi Sunnatulla Abdullajonov "Qizilqum" darvozasiga g'alaba golini urdi.

"So'g'diyona" - OKMK uchrashuvida bosh hakam SHavkat Nasibullaev mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovichni og'zaki ogohlantirmoqda.

"Olimpik" futbolchilari O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan "Andijon" futbolchilarini maxsus yo'lak tashkil qilib, kutib oldi.

"Andijon" futbolchilari "Olimpik"ga qarshi o'yin oldidan jamoaviy suratga tushishdi.

"Bunyodkor" — "So'g'diyona" o'yiniga tashrif buyurgan tomoshabinlar.

"Paxtakor" muxlislari "Andijon"ga qarshi o'yinda jamoasini qo'llab-quvvatlamoqda.

"Nasaf" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy "Lokomotiv" darvozasiga g'alaba golini urib, jamoasining muddatidan avval mamlakat chempioni bo'lishiga hissa qo'shdi.

"Nasaf" muxlislari "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin chempionlik tantanasini boshladi.

"Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin matbuot anjumanida "Nasaf" Ro'ziqul Berdievni shogirdlari tabriklashmoqda.

"Navbahor" hujumchisi Toma Tabatadze "Olimpik"ga qarshi o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qilishga urinmoqda.

"Neftchi" futbolchilari "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan avval jamoaning 500-g'alabasi sharafiga esdalik uchun suratga tushmoqda.

OKMK futbolchisi "Metallurg"ga qarshi Toshkent viloyati derbisida shunday paypoqdan foydalandi.

OKMK futbolchilari "Olimpik"ga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmaganidan xursand bo'lmadi.

"Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov "Navbahor"ga 2:5 hisobida mag'lub bo'lgan o'yinda raqib jamoa muxlislari bilan bahslashmoqda.

"So'g'diyona" futbolchilari muddatidan avval Superliga chempionligini qo'lga kiritgan "Nasaf" o'yinchilariga maxsus yo'lak tashkil qilib berishmoqda.

"So'g'diyona"ga qarshi o'yinda "Nasaf" futbolchilari tomonidan ko'tarilgan banner.

"Nasaf" "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston chempionligini nishonlamoqda.

"Andijon" muxlislari "Qizilqum"ga qarshi o'yinda shunday ko'rinish hosil qilishdi.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng muxlislar bilan suratga tushmoqda.

"Olimpik" — "Bunyodkor" uchrashuviga tashrif buyurgan tomoshabinlar.

"Neftchi" hujumchisi Husayn Norchaev "Nasaf" darvozasiga urgan golini nishonlamoqda.

"Dinamo"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng "Andijon" futbolchilari suratga tushmoqda. Rustam Turdimurodovning oyoq himoyalavochi vositasida "Paxtakor" libosidagi surati tasvirlangan.

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi g'alabani shunday nishonladi.

OKMK o'z tarixida ilk marotaba kumush medallarni qo'lga kiritdi.

Jamshid Iskanderov "Navbahor" libosidagi oxirgi o'yinida "Andijon" darvozasiga penaltidan gol urdi.

 "Surxon" futbolchisi "Olimpik"ga qarshi o'yindagi g'alabani milliy bosh kiyimda nishonlamoqda.

"Metallurg" so'nggi turda "Nasaf" maydonida g'alaba g'ozonib, Superligada qolish imkoniyatini saqlab qoldi va o'tish o'yinida ishtirok etadigan bo'ldi.

Qaysi suratlar sizga yoqdi va qaysi voqealar unutilmas taassurot qoldirdi? Izohda yozib qoldiring. 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
04 dek 02:46:16
Азимжон 2524
Bloger qiz orqasidan 9 ta mol yugirib rasmga olgani yana qanchasi kameraga tushmadi bilmadim
   
04 dek 01:08:48
Ўзбек футболининг муҳлиси
Хожиакбар ўзи Кибрилло эканда
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика