So’nggi yangiliklar

11:33Хосе Венансио Лопес: "Ушбу Осиё кубогидан мамнунман"  0 11:09Баҳодир Хакимқулов: "Кубок ўйинлари давомида тажриба тўпладик"  1 10:55Саудия Арабистони U-23 бош мураббийи: "Шогирдимнинг четлатилишига Ўзбекистон терма жамоасининг тактикаси сабаб бўлди"  17 10:45«Барселона» Левандовски билан янги шартнома тузишга тайёр, фақат битта шарт билан  1 10:23Виталий Левченко: "Иккинчи бўлимда назорат қўлимизда бўлишига қарамай вазиятлардан фойдаланмадик"   0 10:21Шуҳрат Қурбонов: "Бизга битта ғалаба зарур эди"  1 09:55«Ливерпуль» Слот учун «Фейеноорд»га қанча товон тўлагани маълум  5 09:31Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги маоши маълум  3 09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  1 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  32 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  6 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  1 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0

Superliga-2024: 2-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

Superliga-2024: 2-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

11 mart kuni O'zbekiston Superligasi 2024 yilgi mavsumi 2-turi o'z nihoyasiga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlangach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 2-tur doirasida o'tkazilgan 7 o'yinda jami 13 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: “Metallurg” – “So'g'diyona” uchrashuvi, bekor qilingan gol. VIDEONI KO'RISH

Superliga 2-turi doirasidagi ilk uchrashuvning 44-daqiqasida “So'g'diyona”ning 14-raqamli azosi L. Doriev jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olib, darvozaga zarba yo'lladi va uni ishg'ol etdi. Biroq vaziyatga yaqin turgan bosh hakam Ibrohim Ismoilov to'p futbolchining qo'liga tekkan, deb topib, golni bekor qildi. VAR hakamlari ham bosh hakamning qarorini qo'llab-quvvatladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda bosh hakamning poziciyasi to'g'ri tanlangan, u holatni eng yaqindan kuzatib turgan edi. Takroriy lavhalarda ham to'p qo'lga tekkani ko'ringan. Bosh hakamning qarori to'g'ri deb topildi.



2-vaziyat: “Paxtakor” – “Nasaf” bahsi, ehtimoliy penalti.
VIDEONI KO'RISH

Turning markaziy bahsi 55-daqiqasida mezbonlar azosi P. Xoldorxonov raqib jarima maydonchasi ichida A. Mozgovoy bilan to'qnashib ketib, yiqildi. Bosh hakam Akobirxo'ja SHukurullaev esa vaziyat toza bo'lganini aytib, o'yinni davom ettirishga ruxsat berdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: VAR lavhalaridan ham ko'rishimiz mumkinki, bosh hakam vaziyatni yaxshi poziciyadan kuzatgan. Bu erda hujumchi penalti ishlash maqsadida raqib azosiga o'zi talpingani va kontaktga kirishgani aks etmoqda. SHu sababli, penalti belgilanmagan. Bosh hakamning qarori to'g'ri deb topildi.



3-vaziyat: “Olimpik” – “Lokomotiv”, ehtimoliy penalti.
VIDEONI KO'RISH

Toshkent derbisining 7-daqiqasida mezbonlar azosi A. Odilov raqib darvozaboni bilan to'p uchun kurash vaqtida yiqildi. Bosh hakam Sardor Ismatullaev bu vaziyatda hujumchi simulyaciya ishlatdi, deb hisoblab, unga sariq kartochka ko'rsatdi va uchrashuvni davom ettirishga ruxsat berdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Darvozabon bu vaziyatda toza o'ynagan, bu vaziyatda o'yinni davom ettirish to'g'ri qaror bo'lgan. Biroq, simulyaciya uchun ko'rsatilgan kartochka noto'g'ri bo'lgan. Bosh hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri, kartochka esa noto'g'ri, deb topildi.


4-vaziyat: “Olimpik” – “Lokomotiv”, ehtimoliy penalti (qo'l bilan o'yin).
VIDEONI KO'RISH

Uchrashuvning 12-daqiqasida “Olimpik”ning 77-raqamli futbolchisi T. Mamasidiqov raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni oshirish uchun uzatma amalga oshirdi, bu to'p “Lokomotiv”ning 2-raqamli azosi A. Abdurashidovning qo'liga tegdi. Bosh hakam bu vaziyatda qo'l tabiiy holatda ekanini qayd etib, o'yinni davom ettirish kerakligini aytdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: To'p haqiqatdan ham qo'lga tekkan. Biroq, O'zbekiston futbol hakamlari tashabbusi bilan darvoza ortiga qo'yilgan kamera orqali takrorlar ko'rilganida qo'l tabiiy holatda turgani namoyon bo'lgan. Bosh hakamning qarori to'g'ri deb topildi.


5-vaziyat: “Olimpik” – “Lokomotiv”, ehtimoliy qizil kartochka. VIDEONI KO'RISH

Uchrashuvning 25-daqiqasida “Lokomotiv”ning 70-raqamli azosi A. Turdialiev maydon markazida to'pni egallash uchun oyog'ini baland ko'tarib, raqib boshi yaqiniga keltirgan. “Olimpik” futbolchisi to'pni boshi bilan uzoqlashtirgan va ular raqib bilan to'qnash kelib, maydonga yiqilgan. Vaziyatga yaqin turgan bosh hakam o'yinni to'xtatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyat “Olimpik” klubi shikoyati tufayli ko'rib chiqildi. Uni bosh hakam juda yaxshi poziciyadan kuzatib turgan va hammasini o'z nazorati ostiga olgan. Takroriy lavhalarda oyoq boshga emas, raqibning tirsagiga tekkani ko'ringan. Bosh hakam buni o'yin qoidasi buzilishi deb topgan va fol bilan kifoyalangan. Bu vaziyatda kartochka ko'rsatmaslik to'g'ri qaror bo'lgan. Bosh hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.

 
6-vaziyat: “Olimpik” – “Lokomotiv” bahsi, penalti.
VIDEONI KO'RISH

Ushbu bahsning 39-daqiqasida o'yin taqdirini hal qilgan penalti belgilandi. “Olimpik”ning 44-raqamli azosi A. Rahimjonov “temiryo'lchilar”ning 11-raqamli vakili bilan to'p uchun kurashgach, mehmonlar vakili jarima maydonchasi ichida yiqildi. Dastlab hakam o'yinni davom ettirdi, so'ngra VAR vaziyatga aralashib, Ismatullaevni monitor yoniga chaqirdi. Takrorlarni ko'rib chiqqach, bosh hakam 11 metrlik jarima zarbasi belgilab, “Olimpik” futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: VAR bilan muloqotdan so'ng, penalti to'g'ri belgilangan. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.


7-vaziyat: “Olimpik” – “Lokomotiv” o'yini, ikkinchi sariq kartochka. VIDEONI KO'RISH

Uchrashuvning 58-daqiqasida mezbonlarning 44-raqamli azosi “Lokomotiv” azosini tirsagi bilan turtib ketib, hujumga chiqishga harakat qildi. Bosh hakam esa hushtak chalib, unga o'yindagi 2-sariq kartochkasini ko'rsatib, maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda bosh hakam futbolchini maydondan asosli chetlatgan. Rostdan ham futbolchi raqib yuziga tirsagi bilan urib ketgan va o'yin qoidasini buzgan. O'zFHM tomonidan ishga tushirilgan darvozalar ortidagi 5-6-kameralar bu vaziyatda ham foyda berib, vaziyat qanday bo'lganini yaqqol ko'rsatib bergan. Takidlash joizki, mavsum oldidan chiqarilgan darvozalar ortiga kameralar qo'yish qarori hozircha eng foydali yurish bo'lgani o'z isbotini topib kelmoqda. Bosh hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


8-vaziyat: “Olimpik” – “Lokomotiv”, ehtimoliy fol.
VIDEONI KO'RISH

Ushbu vaziyat ham “Olimpik” klubining shikoyati asosida ko'rib chiqildi. Bahsning 90-daqiqasida mezbonlarning 37-raqamli futbolchisi hujum vaqtida Anzur Ismoilovga to'qnashib, maydonga yiqilgan. Bosh hakam uchrashuvni davom ettirish kerakligini ko'rsatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori:
Bu vaziyatda himoyachi to'pga o'ynagan. Fol qayd etish uchun hech qanday asos yo'q. Bosh hakamning qarori to'g'ri deb topildi.


9-vaziyat: “Navbahor” – OKMK, inobatga olinmagan gol.
VIDEONI KO'RISH

Namangandagi uchrashuvning 64-daqiqasida mezbonlar burchak zarbasi ijrosidan so'ng, darvozani ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Dastlab, o'yin bosh hakami Ilgiz Tantashev golni inobatga oldi. So'ngra vaziyatga VAR aralashib, hakamni monitor yoniga chaqirdi. Bosh hakam takrorlarni ko'rib chiqqach, golni bekor qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Darvozabon to'pni birinchi ushlab olgan, so'ng unga nisbatan hujum qilayotgan jamoa vakillari qo'pollik amalga oshirgan. Gol shu sababli bekor qilingan. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri deb topildi.


10-vaziyat: “Andijon” – “Bunyodkor”, ehtimoliy ofsayd. VIDEONI KO'RISH

Uchrashuvning 7-daqiqasida mezbonlar hisobni ochdi. Bu vaziyatda gol urgan futbolchi ofsaydda turgandek, ko'ringan. Biroq, hakamlar jamoasi golni toza urilgan, deb topib, uni hisobga olgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori:
VAR takroriy lavhalaridan hamda tortilgan chiziqdan ham ko'rinib turibdiki, bu vaziyatda o'yindan tashqari holat yo'q. Gol qoidalarga muvofiq tarzda urilgan. Hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.



11-vaziyat: “Andijon” – “Bunyodkor”, ehtimoliy qizil kartochka. VIDEONI KO'RISH

Vodiydagi bahsning 32-daqiqasida ko'plab bahslarga sabab bo'lgan vaziyat yuzaga keldi. “Bunyodkor” azosi U. Ismonaliev “Andijon” futbolchisiga nisbatan oyoq ko'tarib, tajovuzkor xatti-harakat amalga oshirdi. Bunga nisbatan bosh hakam Aziz Asimov to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatib, uni maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bosh hakam Aziz Asimov “Bunyodkor” azosini chetlatib, to'g'ri qilgan. Biroq, “Andijon”ning 8-raqamli futbolchisi ham jazosiz qolmasligi kerak edi. Bosh hakamga bu qoidabuzarlikni VAR hakamlari malum qilishi kerak edi. Bosh hakamning qarori to'g'ri, ikkinchi vaziyatda bosh hakamga xabar bermagani uchun VAR hakamlari xato qilgan, deb topildi.


12-vaziyat: “Dinamo” – “Neftchi”, ehtimoliy penalti.
VIDEONI KO'RISH

Jizzaxdagi o'yinda ham bitta bahsli vaziyat yuzaga keldi. “Dinamo”ning 4-raqamli futbolchisi O. Abdumajidov raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni oshirgach, to'p “Neftchi”ning 20-raqamli azosining qo'liga tekkandek ko'ringan. Bosh hakam Firdavs Norsafarov o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Takidlash joizki, ushbu vaziyatda ham darvoza ortiga qo'yilgan kameralar yana bir bor ish berdi. Ushbu rakursdan olingan kadrlarda to'p qo'lga emas, oyoqqa tekkani yaqqol ko'ringan. Hakamning qarori to'g'ri deb topildi.


13-vaziyat: “Qizilqum” – “Surxon” uchrashuvi, penalti. VIDEONI KO'RISH

Tur doirasidagi so'nggi bahsning 68-daqiqasida mezbonlar azosi SH. Jo'rabekov o'z jarima maydonchasi chizig'i ustida raqib futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik amalga oshirdi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev VAR bilan muloqot qilgach, 11 metrli nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda qoidabuzarlik 100% bor. Biroq bu jarima maydonchasi ichida yuzaga keldimi yoki tashqarisida, mana shu so'roq ostida edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi azolari takroriy lavhalarni hamda VAR kadrlarini bir necha marta ko'rib chiqqach, bir ovozdan bu jarima maydonchasi ichida sodir etilgan, degan qarorga keldi. Bosh hakamning qarori to'g'ri deb topildi.


Reyting:    

Fikrlar

+1   
13 mar 11:19:46
ÓZINGNI BOSS BOLAPAQIR
UFA bu UFA foydalanuvchining fikriga javob berish
Andijon bunik oʻyini rasa kulgiga sabab boʻldi. Xakam toʻgʻri qildi lekin silulatsiya ishlatmoqchi boʻlgan andijon klubi futbolchisigayam sariq berish kerak edi. Andijon klubi futbolchilari masxarabozdek koʻrindi
Man Andijonlik emasman va Andijon futbolchilarini ham oqlamoqchi emasman lekin Bunyodkorni qiyin axvolga solgan va Andijon futbolchilarini har xil qiliqlar qilishiga sharoit qilgan bergan Bunyodkor futbolchisi boʻladi
   
13 mar 10:34:49
UFA bu UFA
Andijon bunik oʻyini rasa kulgiga sabab boʻldi. Xakam toʻgʻri qildi lekin silulatsiya ishlatmoqchi boʻlgan andijon klubi futbolchisigayam sariq berish kerak edi. Andijon klubi futbolchilari masxarabozdek koʻrindi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика