Superliga-2021. Yusupov va Nesterov tengsiz
29 noy 2021 09:54
Yangiliklar
26ta tur davomida faqat ikki futbolchi barcha o'yinlarni to'liq, o'zgarishlarsiz o'tkazgani etiborga molik. Ularning ikkalasi ham darvozabon.
"Qizilqum" posboni Ignatiy Nesterov va "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov 26ta o'yinning barchasida to'liq 90 daqiqadan maydonda harakat qilishdi.
Bir qator futbolchilar 26ta o'yinda maydonga tushishdi, biroq to'liq 90 daqiqadan harakat qilishmagan: Alisher Salimov ("Surxon"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), Luka CHermel ("So'g'diyona"), Giorgi Kuxianidze ("Qizilqum"), Husniddin G'ofurov ("Surxon"), SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv"), Damir Temirov ("Metallurg"), Husayin Norchaev ("Nasaf"), Muhammadanas Hasanov ("Qo'qon-1912"), Mate Vatsadze ("Qizilqum"), Martin Boake ("Andijon"/AGMK) va Azizbek Amonov ("Lokomotiv").
Fikrlar