So’nggi yangiliklar

09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  3 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2

Superliga-2021. Xorijlik murabbiylar raqobati qanday kechdi? Yangiliklar

Superliga-2021. Xorijlik murabbiylar raqobati qanday kechdi?

Ushbu mavsumda odatdagidek Superliga klublarining ayrimlarida xorijlik murabbiylar faoliyat olib borishdi

 Xo'sh, ularning o'zaro raqobatida kim yutib chiqdi? Qaysi mutaxassis o'zini ko'rsata oldi? Batafsil quyida fikralashamiz. 


Piter Xyuistra ("Paxtakor") - Niderlandiyalik mutaxassis "Paxtakor"dagi ilk bosh murabbiylik mavsumida dastlab Superkubokda, so'ng chempionlik uchun kurashda g'olib chiqdi. Oldinda esa mavsumni trebl bilan yakunlash imkoniyati mavjud. Buning uchun uning shogirdlari O'zbekiston kubogida "Nasaf"ni yutishlariga to'g'ri keladi. To'g'ri bunga qadar u SHota Arveladzening shtabida ikki bor chempionatning oltin medallarini qo'lga kiritgan. Lekin mustaqil bosh murabbiy sifatida emasligini alohida takidlash joiz. Uning murabbiyligida jamoa o'z uslubini yo'qotmadi. Hujumkor va pressingga asoslangan uslub ostida jamoa kerakli natijalarni qayd etdi. 


Mikael Sekeyra ("Lokomotiv") - Bu yil O'zbekiston chempionatlari tarixida ilk bor portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra faoliyat olib bordi. Mavsum boshida "Lokomotiv"ni qabul qilib olgan mutaxassis o'zining evropacha qarashlarini olib kirishga harakat qildi. Bu qaysidir manoda jamoa o'yinida ham sezildi. Qisman bo'lsada, o'z imzosini ko'rsata oldi. Yakuniy natija Superligada 7 o'rin. Portugaliyalikning ko'pchilikning yodida qoldirgan holati "Qo'qon-1912" bilan safardagi o'yindan keyingi aytgan etirozlari va qattiq fikrlari bo'ldi, desak yanglishmaymiz. 


Luisma Ernandes ("Metallurg") - Mavsum tugashiga 3ta tur qolganda Bekobodning "Metallurg" jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi. Turnir jadvalida jon saqlash uchun kurashayotgan jamoa uning qo'l ostida so'nggi turlarni yaxshi o'tkazdi va elitada qoldi. O'z maydonida "Turon"ni taslim qildi, Navoiyda "Qizilqum" mag'lub etildi. 


Aleksandr Xomyakov ("Mashal") - Ushbu mutaxassisni xorijlik demasak ham bo'laveradi. CHempionatimizda 10 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Aleksandr Xomyakov uzoq yillar "Mashal"ni boshqardi. Keyinchalik "Andijon" va "Buxoro"da ishlab qaytgan rossiyalik murabbiy 2021 yil Superliga startiga oz qolganda yana "Mashal"ga qaytdi. Juda kamtar tarkibga ega muborakliklar bir necha yildan beri asosan o'z tarbiyalanuvchilariga tayanmoqda. Bu mavsum ham bundan mustasno bo'lgani yo'q. Yakuniy natija qanday bo'lishi haqida gapirishga biroz erta. Jamoa hali Superligada qolish masalasini hal qilmadi. Buning uchun 2 dekabr kuni "Paxtakor" stadionida "Olimpik" qarshiligini engishlari lozim. 


Viktor Kumikov ("Andijon") - Ikkinchi davrada "Andijon"ga taklif qilingan Viktor Kumikov afsuski, jamoani Superligada olib qolishni uddasidan chiqa olmadi. Aslida bir qator tarixiy natijalarni qayd etganini ham aytish mumkin. Deylik Muborakda "Mashal", o'z maydonlarida "Paxtakor"ni yutishdi. Safarda "Lokomotiv" bilan durang o'ynashdi. Biroq bu ularga elitada qolish uchun etarli bo'lmadi. 

SHuningdek mavsum o'rtasida "Turon"da polshalik Boguslav Baniak 2ta uchrashuvda ishladi. Mana shu bahslarda "Surxon" (0:1), "Bunyodkor" (0:3)ga mag'lubiyatga uchradi.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика