Superliga-2021. Eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi
09 noy 2021 11:36
Yangiliklar
Superliga-2021. Eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi
2021 yilgi Superligamiz o'z yakuniga etib bormoqda.
Ortda qolgan 24ta tur davomida hakamlar 746 marta sariq kartochka ko'rsatishdi.
Eng ko'p sariq kartochkani "So'g'diyona" yarim himoyachisi Iskandar SHaykulov oldi - 12ta. Futbolchi 21ta uchrashuvda mana shunday natija qayd etdi.
Keyingi o'rinni "Turon" himoyachisi Vladislav Kasiminin egalladi. Belaruslik legioner 18ta o'yinda maydonga tushib 9ta sariq va 1ta qizil kartochka "sohibi" bo'ldi.
"Turon"ning yana bir futbolchisi Muzaffar Muzaffarov 21ta bahsda 9 bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi.
Taqqoslash uchun 2020 yilgi mavsumda eng ko'p sariq kartochkani "Metallurg" himoyachisi Kamoliddin Tojiev olgandi - 9ta.
Fikrlar