So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  42 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Superliga-2020. Mavsumning yakuniy statistikasi Yangiliklar

Superliga-2020. Mavsumning yakuniy statistikasi

2020 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

Bu mavsumda 182ta o'yin o'tkazildi. Darvozalarga 450ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,47tadan to'p to'g'ri keladi).

«Paxtakor» va «Nasaf» o'z maydonda mag'lub bo'lishmadi. «Andijon» va «Buxoro» safarda umuman yuta olishmadi.

«Navbahor» o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yubordi – 5ta. «Buxoro» esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yubordi – 27ta.

«Paxtakor» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 10ta gol o'tkazib yuborgan. «Bunyodkor» va «Andijon» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 24tadan to'p olib chiqishdi.



«Paxtakor» o'z maydonida eng ko'p gol urgan – 42ta. «Andijon» o'z uyida eng kam 6ta gol urdi.

«Paxtakor» safar uchrashuvlarida ham eng ko'p to'p kiritdi – 34ta. «Buxoro» safar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritdi – 5ta.

«Paxtakor» o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritdi – 37ta. «Surxon» o'z maydonida eng kam ochko yig'di – 8ta.

Safar uchrashuvlarida ham «sherlar» eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 28ta. «Buxoro» safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 4ta.

Superligada urilgan 450ta goldan 259tasi (57,56%) mezbonlar, 191tasi (42,44%) mehmonlar hisobiga yozildi.



Bo'lib o'tgan 182 uchrashuvning 84tasida (46,15%) maydon egalari, 49tasida (26,92%) mehmonlar zafar quchishgan. Yana 49 o'yinda (29,92%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

Mavsum davomida futbolchilar jami 700 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,85tadan kartochka to'g'ri keladi). 32 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,18tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 64 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 50 holatda (78%) to'p darvozaga kiritildi. 14 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamadi.

CHempionatda 12ta avtogol qayd etildi. Boburjon Akbarov («Qo'qon-1912»), Lutfulla To'raev («Bunyodkor»), SHahzod SHaymanov («Lokomotiv»), Asror G'ofurov («Surxon»), SHerzod Azamov («Paxtakor»), Husniddin G'ofurov II («Surxon»), Samandar SHukurullaev («Mashal»), Darko Stanoevich («Surxon»), Oleg Tolmasov («Qizilqum»), Umar Eshmurodov («Nasaf»), Yovan Jokich (AGMK), Abdulla Abdullaev («Bunyodkor») o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.

Mavsum davomida 32ta dubl qayd etildi. 22 futbolchi bir uchrashuvda ikki martadan gol urdi. Bobir Abdixoliqov («Nasaf») 4 marta, Igor Sergeev («Paxtakor») 3 marta, Murod Xolmuhammedov («Qo'qon-1912»), Nurillo To'xtasinov («Bunyodkor»), Azizbek Turg'unboev («Navbahor»), SHohruz Norxonov («So'g'diyona»), Eren Derdiyok («Paxtakor») 2 martadan dublga erishishdi.



2020 yilgi Superligada ikki marta xet-trik kuzatildi. Qizig'i har ikkala xet-trik ham Dragan CHeran («Paxtakor») hisobiga yozildi. Qizig'i CHeran 2019 yilgi mavsumda ham ikki marta bunday natijaga yagona futbolchi bo'lgandi.

CHempionatdagi 182 uchrashuvidan 30tasida yirik hisob qayd etildi. «Paxtakor» eng ko'p 11ta yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. CHempionatning eng yirik hisobi «Paxtakor» – «Lokomotiv» (hisob – 7:0, 12-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 182 uchrashuv 17 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 38 marta, 2:1 – 29 marta, 1:1 – 23 marta, 2:0 – 19 marta, 0:0 – 16 marta, 3:1 – 14 marta, 3:0 – 13 marta, 2:2 – 9 marta, 4:1 va 4:0 – 5 martadan, 3:2 – 3 marta, 5:0 va 6:0 – 2 martadan, 3:3, 7:0, 6:2 va 5:2 – 1 martadan uchradi.




Superliga-2020 seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar


G'alabali seriya – «Paxtakor» - 7 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – «Paxtakor» - 17 uchrashuv
Durangli seriya – «Navbahor» va «Metallurg» - 4 uchrashuv
Durangsiz seriya – «Lokomotiv» - 16 uchrashuv
G'alabasiz seriya – «Andijon» - 16 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – «Mashal» - 7 uchrashuv
Golli seriya – «Paxtakor» - 19 uchrashuv
Golsiz seriya – «Qizilqum», «Mashal», «Navbahor», «Andijon» - 4 uchrashuv
Ketma-ket gol o'tkazish seriyasi – «Bunyodkor» - 13 uchrashuv
«Quruq» seriya – «Nasaf» - 5 uchrashuv
Yirik g'alabali seriya - «Paxtakor» - 3 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatli seriya – «Buxoro» - 3 uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – «Navbahor», «Andijon», «Qizilqum», «Surxon» va «Buxoro» - 26 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – «Paxtakor» va «Navbahor» - 23 uchrashuv
CHetlatishli seriya - yo'q
CHetlatishsiz seriya – «Nasaf» - 26 uchrashuv


Eng uzun seriyalar – Futbolchilar

Golli seriya – Igor Sergeev («Paxtakor») - 7 uchrashuv 9ta gol
Quruq seriya (darvozabon) – Abduvohid Nematov («Nasaf») - 538 daqiqa.





Narzulla Saydullaev tayyorladi


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика