So’nggi yangiliklar

08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  4 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  3 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  4 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0

Superliga - 2020. Mavsumning olti kashfiyoti Yangiliklar

Superliga - 2020. Mavsumning olti kashfiyoti

O'zbekiston chempionatida ham har mavsum turli darajada yosh iqtidorlar kashf etilishi odatiy jarayonga aylangan

 Quvonarli jihati, murabbiylar ilk turlardan bir qator yoshlarga o'zlarini ko'rsatish imkoniyatini berishni boshlashdi va bu mavsum yakuniga qadar davom etdi. Demak, quyida mavsum davomida o'zining o'yinlari bilan muxlislar etiboriga tushgan yosh va iqtidorli futbolchilar haqida fikr yuritamiz.


Hojimat Erkinov ("Paxtakor" yarim himoyachisi) - Aslida o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida "Qo'qon-1912" tarkibida ko'zga tashlana boshlangan Hojimat Erkinov joriy yilda yanada yorqin harakatlari bilan ommaga yaqindan tanildi. Birinchi davrani AGMK safida o'tkazgan tezkor texnika sohibi jamoasining g'alabalarida asosiy rollardan birini o'ynadi. Ayniqa "Sug'diyona", "Bunyodkor", "Paxtakor" kabi o'yinlarda uning faol harakatlari olmaliqliklarga qimmatli ochkolarni taqdim qildi. Mirjalol Qosimov ushbu futbolchidan o'z o'rnida va kerakli pallada foydalanishni maromiga etkazdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning "konchilar" tarkibidagi natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:10ta o'yin 1ta gol 2ta pas. Darhaqiqat uning ikkinchi davrada "Paxtakor"ga qaytishi jamoaning natijalari va o'yiniga ham qisman tasir qildi. Lekin afsuski u hozircha "sherlar"ning zaxira quroli vazifasini bajarmoqda, xolos. Erkinovning o'yini terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov tomonidan ham yuqori baholandi. Natijada bir necha yig'inlarga taklif etildi, o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Fikrimcha, mart oyida yurtimizda o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida termamizning etakchilaridan biri sifatida jamoadoshlarini ortidan ergashtira oladi. 

Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Bunyodkor" chap qanot himoyachisi) - Yil boshida "Bunyodkor" ning chap qanotida muammolar yuzaga kelgan edi. Ayrim bahslarda yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov yoki boshqa bir futbolchi mazkur poziciyada harakat qildi. Davralar oralig'ida Vadim Abramov bu muammoni "Paxtakor"ning zaxirasida o'z imkoniyatini kutayotgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan hal qildi. "Lokomotiv" bilan o'yinda debyutini amalga oshirgan futbolchi keyinchalik ham jamoaning asosiy tarkibidan muqim o'rin egalladi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining azosi bo'lgan Ibrohimhalil Yo'ldoshevdan ham Osiyo chempionatida ko'p narsa kutamiz. O'yin amaliyotiga ega bo'layotgani, katta futbolchilar orasida o'z o'rnini topib tajriba to'plab borayotgani yirik musobaqa oldidan unga faqat foyda keltirishi mumkin. 

Statistikasi: 21ta o'yin 1ta gol, 1ta pas.

Doniyor Abdumannopov ("Andijon" yarim himoyachisi) - Vodiyda o'zining obro'siga ega bo'lgan "Andijon" uchun bu yil omadli o'tmayotganiga qaramay bir qator yoshlarga o'ynash imkonini taqdim qilmoqda. SHulardan biri Doniyor Abdumannopovdir. "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan ushbu futbolchi 2019 yilni ham andijonliklar safida o'tkazgan, ichki muhit va jamoaga ancha moslashib olgandi. SHu bois 2020 yilgi mavsumni ham mazkur jamoa safida o'tkazdi. 2000 yilda tug'ilgan Abdumannopov jamoasining etakchilaridan biri sifatida ko'pchilikning etiborini qozondi. Saytimiz tomonidan bir necha marotaba tur ramziy terma jamoasiga kiritildi. "Andijon" tarkibida ko'plab yoshlar maydonga tushdi, ammo u qolganlardan biroz bo'lsada ajralib turdi. Uning ikkinchi davrada "Metallurg"ga urgan goli jamoasining safardan qimmatli bir ochko bilan qaytishini taminladi. 

Statistikasi: 16ta o'yin, 2ta gol, 3ta pas.

Husayn Norchaev ("Nasaf" hujumchisi) - "Nasaf" doimgidek o'zbek futboliga futbolchi etakazib berishda yuqori o'rinlarda turishini har mavsum isbotlab kelmoqda. Ro'ziqul Berdiev yosh futbolchilarga qo'rqmasdan ishonch bildirishda yurtimizdagi etuk mutaxassislardan biri ekanligi sir emas. Ushbu mavsumda murabbiy o'z annasiga sodiq qolgan holda yana bir iqtidorni kashf qilib berdi. Bu - Husayn Norchaev. Salohiyati yuqori baholanayotgan hujumchi "ajdarlar" tarkibidagi debyutini o'tkazdi va 3ta gol urdi. Qizig'i, yosh hujumchi uchta medalga ega chiqdi. U-18 bilan oltin, U-21 o'rinbosarlar tarkibida bronza, asosiy jamoa bilan kumush medallarini qo'lga kiritdi. "Norchaev bundan ham yaxshiroq o'ynashi kerak. CHunki u boshqa o'yinchilarga qaraganda ko'proq imkoniyat oldi",- deydi Ro'ziqul Berdiev o'z shogirdi hususida.

Statistikasi: 21ta o'yin, 3ta gol.


Javohir Alijonov ("Lokomotiv" yarim himoyachisi) - Joriy yildan siyosatini o'zgartirgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi ko'proq o'z futbol maktabidan etishib chiqayotgan yoshlarga etibor qarata boshladi. Buning natijasida zaxira o'rindig'ida imkoniyatini kutayotgan bir qator yoshlar asosiy tarkibga jalb qilindi. SHulardan biri Javohir Alijonov. Payqagan bo'lsangiz kerak, ha bu o'sha "Paxtakor"dagi Hojiakbar Alijonovning ukasi hisoblanadi. O'tgan mavsum klub o'rinbosarlari bilan oltin medallariga ega chiqqan futbolchi asosiy jamoa safida bir nechta o'yinlarda maydonga tushdi. Murabbiylar unga imkoniyat berishdi. "Lokomotiv"ning yakunda to'qqizinchi o'rinni egallagani qaysidir manoda yoshlar uchun tajriba maktabi vazifasini o'tadi. 

Statistikasi: 19ta o'yin, 1ta gol, 2ta pas.

Husniddin Aliqulov ("Nasaf" himoyachisi) - Pozicion jihatdan bexato o'ynaydigan Husniddin Aliqulovni ham mavsum kashfiyotlari ro'yxatiga qo'shishga qaror qildik. Yil avvalida Tailandda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida olimpiya terma jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarda himoyamizning qalqoni bo'la oldi. Aksariyat hollarda u himoyadagi sheriklarining xatolarini yopib ketdi, raqib hujumlarini bartaraf etishda katta hajmdagi ishni bajardi. Aliqulovning ajoyib o'yinlarini nafaqat terma jamoada balki o'z klubi "Nasaf"da ham davom ettirdi va muhim figuralaridan biri sifatida gavdalandi. 

Statistikasi: 23ta o'yin. 

Abdulaziz Iskandarov

Sizningcha 2020 yil yana kim kashfiyot futbolchi nomiga munosib bo'ldi?

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика