Superliga-2020. Eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabonlar Yangiliklar

Superliga-2020. Eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabonlar

2020 yilgi Superliga yakunlariga bag'ishlangan statistik malumotlarni berishda davom etamiz.

Yakunlangan mavsum O'zbekiston chempionatida bir yo'la ikki nafar posbon 12tadan o'yinda o'z darvozasi dahlsiziligi saqlab qoldi.

"Nasaf" posboni Abduvohid Nematov 17ta o'yinning 12tasida gol o'tkazgani yo'q. "Mashal" darvozaboni Rahimjon Davronov esa 24ta o'yindan yarmida o'z darvozasidan to'p olib chiqqani yo'q.

"Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov 24ta uchrashuvda maydonga tushdi va 11 marta "quruq o'yin" o'tkazdi.

"Paxtakor" azosi Eldorbek Suyunov 21ta o'yinning 10tasida gol o'tkazmadi.

"Metallurg" posboni Aleksandr Lobanov hisobida 9ta quruq o'yin bor (25ta uchrashuvda o'ynagan).

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика