Superliga-2019. VIP sektor yonidagi sektorlar uchun chipta narxi 50 ming so'mdan kam bo'lmasligi kerak
07 fev 2019 14:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/476094_original.jpg)
![](/upload/storage/476094_220.jpg)
Superliga-2019. VIP sektor yonidagi sektorlar uchun chipta narxi 50 ming so'mdan kam bo'lmasligi kerak
PFL yangi mavsum uchun chiptalar narxi haqida malumot berdi.
"Barcha musobaqalarga kirish chiptalarining narxi klub tomonidan mustaqil o'rnatiladi. SHu bilan birga chiptalarning minimal narxini O'FA va O'zPFL belgilaydi. Kirish chiptalarining sotilishidan tushgan daromad uchrashuvda maydoni “egasi” bo'lgan klub ixtiyorida qoladi. CHipta narxining belgilanishida VIP sektorlarga tutash sektorlar uchun chiqarilgan chiptalar narxi, qarama-qarshi tomon sektorlari uchun chiptalar narxidan kamida uch marta qimmatroq bo'lishi shart. Bunda mana shu tutash sektorlar uchun chiqarilgan chiptalar narxi 50 ming so'mdan kam bo'lmasligi kerak", - deb yozilgan yangi mavsum uchun reglamentda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar