Superliga-2019. O'tgan ikki yilga nisabatan samaradorlik oshdi
09 dek 2019 10:37
Yangiliklar
Superliga-2019. O'tgan ikki yilga nisabatan samaradorlik oshdi
Futbolda eng asosiy narsa bu gol. Gol urmasang g'alaba qozona olmaysan.
Biz o'quvchilarimiz etiborini so'nggi etti yil chempionatimizda qancha gol urilganiga qaratmoqchimiz.
Quyidagi jadvalda Superligada oxirgi etti yilda qancha gol urilgani aks etgan. Bu yil bo'lib o'tgan 182ta o'yinda darvozalarga jami 457ta gol urildi. Har bir o'yinda o'rtacha 2,51tadan gol to'g'ri keladi. Bu 2017 va 2018 yilgi mavsumlarda qayd etilgan natijadan balandroq natija.
So'nggi 7 yilda eng yuqori ko'rsatkich 2013 yilgi mavsumda kuzatilgandi. O'shanda har bir uchrashuvga o'rtacha 2,99tadan gol to'g'ri kelgandi.
Yil | O'yin | Jami gol | O'rtacha gol |
2013 | 182 | 544 | 2,99 |
2014 | 182 | 493 | 2,71 |
2015 | 240 | 665 | 2,77 |
2016 | 240 | 644 | 2,68 |
2017 | 240 | 599 | 2,50 |
2018 | 192 | 449 | 2,34 |
2019 | 182 | 457 | 2,51 |
Fikrlar