Superliga-2018. Zaxiradan tushib gol urishda AGMK va "Paxtakor" peshqadam
10 dek 2018 10:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466437_original.jpg)
![](/upload/storage/466437_220.jpg)
Superliga-2018. Zaxiradan tushib gol urishda AGMK va "Paxtakor" peshqadam
2018 yilgi Superliga bahslari yakuniga bag'ishlangan maqolalar berishda davom etamiz.
Zaxiradan o'yinga qo'shilib gol uradigan futbolchilar jahon futbolida ham, o'zimizda ham juda ko'p. Bu mavsumda oliy ligada 63 nafar futbolchi zaxiradan maydonga tushib gol urishning uddasidan chiqdi.
Bu borada eng yaxshi natijani AGMK va "Paxtakor" klublari qayd etdi. Ushbu jamoalarda zaxiradan maydonga tushgan 8 nafardan futbolchi gol urdi. Keyingi o'rinda "Bunyodkor" qayd etildi.
Eng past natijani esa "Nasaf" va "Metallurg" qayd etishdi - 3tadan gol.
Superliga-2018. Zaxiradan maydonga tushib gol urganlar soni
"Paxtakor" - 8
AGMK - 8
"Bunyodkor" - 7
"Buxoro" - 5
"Qo'qon-1912" - 5
"So'g'diyona" - 5
"Lokomotiv" - 5
"Navbahor" - 5
"Neftchi" - 5
"Qizilqum" - 4
"Nasaf" - 3
"Metallurg" - 3
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar