So’nggi yangiliklar

07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  3 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  9 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  73 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6

Superliga-2018. Qura tashlandi Yangiliklar

Superliga-2018. Qura tashlandi

Teglar :  QuraSuperliga-2018
Futbol bo'yicha 2018 yilgi O'zbekiston Superligasi bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir soat 15:15da boshlanadi. Ushbu sahifa orqali qura tashlash marosimining matnli trnaslyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



1-tur
Bunyodkor - AGMK
Paxtakor - So'g'diyona
Neftchi - Nasaf
Buxoro - Qo'qon-1912
Qizilqum - Lokomotiv
Metallurg - Navbahor

2-tur
AGMK - Navbahor
Lokomotiv - Metallurg
Qo'qon-1912 - Qizilqum
Nasaf - Buxoro
So'g'diyona - Neftchi
Bunyodkor - Paxtakor


Birinchi davra taqvimi bilan tanishing. MANBA



- PFL vakili Aleksey Frolov qura jarayoni haqida malumot beradi: 1. Taqvim izchil ko'rinishda tuzilgan bo'lib, ikkinchi davra bahslari 1-turda o'zaro o'ynaydigan klublarning “uy” – “safar” tizimida o'rin almashish ketma-ketligida boshlanadi va shunday davom ettiriladi.
2. O'yinlar tartibi “Berger” tizimi bo'yicha aniqlanadi.
3. Bir mintaqa klublari o'z uy o'yinlarini bir turda o'tkazmasligini inobatga olish zarur: “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Qo'qon-1912” – “Neftchi”, “Olmaliq” – “Metallurg”.
4. Agar bir mintaqada klublar soni 2tadan ko'p bo'lsa, u holda o'yinlar bir kunga suriladi.
5. “Uy” – “safar” tartibida mos kelmaydigan juftliklar raqami 1-7; 2-8; 3-9; 4-10; 5-11; 6-12.  

1. “Lokomotiv” o'z raqamini tortadi, “Paxtakor” raqamini avtomatik tarzda oladi.
2. “Olmaliq” o'z raqamini tortadi, “Metallurg” raqamini avtomatik tarzda oladi.
3. “Qo'qon-1912” o'z raqamini tortadi, “Neftchi” raqamini avtomatik tarzda oladi.
4. “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Qizilqum”, “So'g'diyona” o'z raqamlarini tortishadi.
5. Agar biror klub o'zidan oldingi ishtirokchi tortgan raqamlardan birini tortsa, o'sha raqam savatchadan olib tashlanadi va u klub boshqatdan yangi raqam tortadi.
   


- Ravshan Ermatov: Xitoyda o'tgan Osiyo chempionati finalini muhtaram Yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev tomosha qilganlari futbolga berilayotgan etibor qanchalik ekanligini tushunib olish mumkin. Muxlislar futbolimiz zerikarli bo'lib bormoqda deyishmoqda. Superligamiz yanada qiziqarli bo'lishi uchun hakamlarning ham yordami kerak. Ancha yillardan buyon bir darajaga o'rganib qolgan futbolchilar, murabbiylar va hakamlar keyingi darajaga chiqishlari uchun vaqt kerak. Endi futbolimiz dinamik va tezkor bo'lishiga umid qilamiz. 2018 yildan boshlab Prezidentimiz aytganlaridek halol futbol bo'ladi deb o'ylayman. Barchaga yangi mavsumda omad tilayman.


- Milliy chempionatimiz formati 16ta klubdan 12ta klubga o'zgartirildi. Endilikda Superliga jamoalari ikki bosqichda, dastlab ikki davradan iborat uy-safar tizimida bahs olib borishadi. Ikkinchi bosqichda esa, jamoalar o'z o'rinlaridan kelib chiqib, 1-6 o'rinlardagi jamoalar hamda 7-12-o'rinlardagi jamoalar yana ikkita guruhga bo'linadilar va uy-safar tizimida maydonga tushadilar.

Bunda “oltin ochko” qoidasi amal qiladi. Yani 1-6 o'rinlarni egallagan jamoalarning 7-12 o'rinlardagi jamoalar bilan o'tkazgan uchrashuvlaridagi barcha natijalar chiqarib tashlanadi. 1-6 gacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi o'yinlar ochkolari saqlab qolinadi. SHuningdek, 7-12 o'rinlardagi jamoalar ochkolari ham xuddi shunday tarzda hisoblanadi.

Pro-ligada 1-o'rinni egallagan jamoa Superligaga to'g'ridan to'g'ri yo'l oladi. Superligada 12-o'rinni olgan jamoa Pro-ligaga tushib ketadi. Pro-ligadagi 2 va 3- o'rin sohiblari Superliganing 10 va 11-o'rinlardagi jamoalari bilan o'tish bahslarida ishtirok etishadi.

- PFL bosh direktori Omon G'ofurov: O'FA va PFL nomidan barcha barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Bu mavsum avvalgilaridan ko'p jihatdan farq qiladi. O'tgan mavsumlarda chempionatimiz saviyasi pastroq edi, shu bois tomoshabinlar tashrifi kam edi. CHempionatimizga bo'lgan qiziqishni ko'tarish uchun qo'ldan kelganicha ishlar qilindi. Bu yilgi chempionat yaxshi saviyada o'tishi uchun PFL va O'FA tomonidan keng ko'lamli ishlab olib borilmoqda. Bu yilgi chempionatda titul homiy bo'lishi kutilmoqda.

- Tadbir boshlovchisi Davron Fayziev qura tashlash marosimini ochib berdi.

- Barcha mehmonlar o'z joylarini egallab olishdi. Tadbir boshlanishiga oz qoldi.

- Bu yilgi Superligada 12ta klub ishtirok etadi.


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика