So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  5 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  3 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Superliga, 2-tur: Aktamovning haloskori - Elguja, uch xil natija bo'yicha yagonalikni saqlab turgan jamoalar va boshqa tafsilotlar haqida (tur sharhi) Yangiliklar

Superliga, 2-tur: Aktamovning haloskori - Elguja, uch xil natija bo'yicha yagonalikni saqlab turgan jamoalar va boshqa tafsilotlar haqida (tur sharhi)

Superligadagi yakunlangan 2-turning to'liq sharhi bilan tanishtirib o'tamiz.

Bu gal ham chempionatdagi navbatdagi turni ochib berish Navoiy shahridagi "Yoshlar sport majmuasi"dagi stadion gardaniga tushdi. Unda Hamid Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum" Olmaliqning AGMK jamoasini mehmon qildi. Birinchi turda durang qayd etgan jamoalar o'rtasidagi bahsda Elguja Grigalashvilidek sifatli legionerga ega mezbonlar zafar quchishni uddasidan chiqishdi. Bahs tezkor gol orqali mezbonlar foydasiga boshlandi. Aynan Elguja Grigalashvilining aniq va faol harakati orqali hujum markazdan chap qanot orqali rivojlantirildi. Eldor Boymatovning jarima maydonchasi ichida turgan Medina Smitga uzatgan to'pini navoiyliklarning yangi transferiga aylangan hujumchi golga aylantirdi. Qayd etish kerakki, mazkur vaziyatda hujumchi offsaydda qolgandi, biroq qanot hakami ushbu vaziyatni baholashda adashdi. Keyinchalik AGMK hujumga berildi va ketma-ket ikki marotaba qulay vaziyatga ega chiqdi. Birinchisida Rasul Yo'ldoshevga aniqlik etishmagan bo'lsa, ikkinchi vaziyatda Jasur Hasanov mo'ljalda adashdi. Biroq bo'lim yakunida Aziz Asimov "Qizilqum"  darvozasi tomon "nuqta"ni ko'rsatdi. Dilshod Jo'raev esa penaltini golga aylantirishda muammoga duch kelmadi.

Tanaffusdan keyin katta sahnaga Elguja Grigalashvili chiqdi. Aynan uning jarima zarbasidan kiritgan shedevr goli va keyinchalik Medina Smitning uzatmasini golga aylantirishi yakunda navoiyliklar g'alabasini taminladi - 3:1.

SHu kuni asosan ikkinchi raqam ostida qarshi hujumda o'ynagan "Qizilqum" o'z vaziyatlaridan unumli foydalandi. Samarali futbol ko'rsatdi. AGMK esa yaratilgan vaziyatlarini golga aylantirish bobida oqsashi natijasida chempionatdagi ilk mag'lubiyatini Navoiyda qabul qilib oldi.

Qizilqum

Medina Smit - 1', Elguzha Grigalashvili - 51', Elguzha Grigalashvili - 69'

Superliga. 2-tur

29/03/2019, 18:15

1
:
3
Tugadi

OKMK

Dilshod Jo’rayev - 44'

45'
90'
1'  Medina Smit
1'  Eldor Boymatov
19'  Erkin Baydullaev
46'  Mirjalol Qosimov (Xurshid Olimov)
51'  Elguzha Grigalashvili
69'  Elguzha Grigalashvili
69'  Medina Smit
83'  Sherali Jo’rayev (Maqsud Karimov)
87'  Medina Smit (Murod Bobojonov)
22'  Rasul Yo'ldoshev
44'  Dilshod Jo’rayev
61'  Murodjon Toshmatov (Zohir Pirimov)
64'  Mirg’iyos Sulaymonov
65'  Rasul Yo'ldoshev (Sanat Shixov)
73'  Jasur Hasanov O (Zafar Polvonov)

O'yindan keyin murabbiylar nima dedi?

Hamidjon Aktamov ("Qizilqum" bosh murabbiyi): "O'yindan oldin ozgina hayajon bor edi. Mirjalol Qosimovni o'zimga ustoz deb bilaman. O'tgan yilgi kubok sohibi bo'lmish AGMKni mag'lub etish yoqimli holat. Birinchi tur va ikkinchi tur o'rtasida tanaffus yuzaga kelgani bois yana kichik yig'in o'tkazishga majbur bo'ldik. Bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Yaxshiki buni uddaladik".

Mirjalol Qosimov (AGMK bosh murabbiyi): "Garchi yutqazgan bo'lsakda yomon o'ynadik deya olmayman. "Qizilqum" ikkinchi raqam ostida o'ynab qarshi hujumlarda samarali harakat qildi. Biz esa vaziyatlarni golga aylantirishda oqsadik".

Kunning va turning ikkinchi bellashuvi Bekobodda o'tkazildi. "Metallurg" o'z uyida "Buxoro" komandasini sinovdan o'tkazdi. SHipilov va Ashurmatov to'qnashuvida o'z ixtiyorida tajribali va mahoratli futbolchilarni jamlagan SHipilovning qo'li baland keldi. Uchrashuv davomida hududiy ustunlik bilan harakat qilgan "Metallurg" dastlabki golni Bahrom Abduraximovning uzatmasidan so'ng kiritdi. Bu vaziyatda jarima maydonchasi ichida turgan  Sergey Tumasyan osonlik bilan Xurshid Xo'jaev darvozasini ishg'ol etdi. Ikkinchi taymda esa tushunarsiz vaziyatda belgilangan penaltini Server Jeparov aniq amalga oshirdi va uchrashuvda yakuniy nuqtani qo'ydi - 2:0.

SHu tariqa "Metallurg" mavsumdagi ilk g'alabasini kuchli yomg'ir ostida o'tgan qizg'in bahsda qo'lga kiritdi va ochkolar sonini 4taga etkazib oldi.

Metallurg

Sergey Tumasyan - 35', Server ZHeparov - 75'

Superliga. 2-tur

29/03/2019, 20:15

0
:
2
Tugadi

Buxoro

45'
90'
16'  SHavkat Mullazhonov
35'  Sergey Tumasyan
35'  Bahrom Abdurahimov
49'  Stanislav Andreyev
52'  Ibrohim Yo'ldoshev (Akbar Ismatullayev)
75'  Server ZHeparov
77'  Sergey Tumasyan (Zohid Abdullayev)
79'  Bahrom Abdurahimov (Kamoliddin Tojiyev)
28'  Jahongir Abdumo’minov
48'  Tohirjon Shamsiddinov
53'  Tohirjon Shamsiddinov (Jamoliddin Ubaydullayev)
61'  Jahongir Abdumo’minov (Firdavs Asadov)
62'  Ergash Ismoilov
66'  Ergash Ismoilov (Doston Ibragimov)
73'  Jamoliddin Ubaydullayev
74'  Vladimir Baenko
85'  Vladimir Baenko
90'  Ivan Nagayev

O'yindan keyin murabbiylar nima dedi?

Andrey SHipilov ("Metallurg" bosh murabbiyi): "Uydagi birinchi o'yinda masuliyat ham boshqacha bo'ladi. Uchrashuvning 33-daqiqasigacha bizda hech nima o'xshamadi, chunki raqib imkon bermadi. Aynan shu daqiqada chiroyli hujumdan keyin gol urdik. Maydonda juda ko'p kurash bo'ldi. Biz asosan natija uchun o'ynadik. Yomg'irli havoda stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman".

Baxtiyor Ashurmatov ("Buxoro" bosh murabbiyi): "Umuman olganda jamoamiz yomon o'ynamadi. Goldan keyin o'yinimizni yo'qotib qo'ydik. "Metallurg" safidagi tajribali futbolchilar bahs taqdirini hal etishdi. Bugungi mag'lubiyat jamoa bilan hali ko'p ishlash kerakligini ko'rsatdi. "Metallurg" yaxshi o'ynadi va haqli g'alabaga erishdi".


Turning qolgan ikkita o'yini 30 mart kuni davom ettirildi. Kunning ilk uchrashuvi Superliga debyutantlari sanalgan "Surxon" va "Dinamo" o'rtasida kechdi. O'yin mezbonlar jangovor ruhda hujumga o'tishi bilan boshlandi. Dastlabki daqiqadayoq jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritgan mezbonlarga SHerzod ismli futbolchilar omad olib keldi. SHerzod Karimov tomonidan oshirib berilgan to'pni SHerzod Hakimov boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi. Termizdagi bahsdagi tezkor kiritilgan gol uchrashuv oxiriga qadar yagonaligini saqlab qoldi va "Surxon" Superligadagi dastlabki yutug'ini aynan Pro-ligadan chiqqan ligadoshi ustidan qo'lga kiritdi. Qayd etish kerakki, bahs "Surxon"ning to'liq ustunligi ostida o'tdi. Qator yaratilgan vaziyatlar belgilangan penaltini golga aylanmasligi natijasida tablodagi hisob boshqa o'zgarmadi. "Dinamo" darvozaboni goldag xatosini qolgan bahs davomida ikki karra yuvishda muvaffaq bo'ldi. Aynan Botirali Ergashevning ajoyib qutqaruvlari natijasida tablodagi hisob yiriklashib ketmadi.

Surxon

Sherzod Hakimov - 2'

Superliga. 2-tur

30/03/2019, 16:15

0
:
1
Tugadi

Dinamo

45'
90'
2'  Sherzod Hakimov
2'  Sherzod Karimov
30'  SHavkat Salomov
59'  Dilshod Jabborov (Rahmatullo Berdimurodov)
73'  Sherzod Hakimov (Azamat Allaniyozov)
90'  Sherzod Karimov (Ayubxon Nomanov)
51'  Qadamboy Nurmetov (Sanjar Baratov)
65'  Amirzhon Safarov (Nizomjon Norov)
70'  SHohruh Abdurahmonov (Jasur Azimov)
74'  Hakimzhon Alamxonov
75'  Akmal Xolmurodov

O'yindan keyin murabbiylar nima dedi?

Andrey Miklyaev ("Surxon" bosh murabbiyi): "Principial ahamiyatga ega o'yinda muhim g'alabani tantana qildik. Hali o'yinimizda kamchiliklar ko'p va buning ustida ishlashimiz talab etiladi. Umid qilamanki, bu g'alaba oxirgisi bo'lmaydi".

Davron Fayziev ("Dinamo" bosh murabbiyi):  "Muxlislarbop futbol namoyish etildi. Raqibni o'rganish jarayonida ular aynan standart vaziyatlarida xavfli ekanligini takidlagandim. Lekin shunga qaramay aynan standart vaziyatidan keyin gol o'tkazdik. Goldan keyin tengma-teng kurashishga intildik. Lekin hujum chizig'imizda muammolar borligi pand berdi. Bu borada hali ishlaymiz".

Kunning ikkinchi bahsi esa Toshkentdagi TTZ dahasida bo'ldi. Amaldagi  chempion va bronza medali sohiblari o'rtasidagi bahs turning eng qiziqarli va shiddatkor o'yiniga aylandi. "Lokomotiv" "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyat alamida yongan bo'lsa, "Navbahor" "Qo'qon-1912" bilan bahsdagi qo'ldan chiqarilgan g'alabadan g'azabda edi. O'yin tezkor hujumlar orqali boshlandi. Birinchi bo'limda "Navbahor" dadil va yaxshiroq ko'rindi. "Lokomotiv" esa ko'proq asabiy va o'z maydonchasi oldidagi ishonchsiz o'yini orqali "Navbahor"ga g'alaba umidini taqdim etib turdi. Garchi birinchi bo'limda mehmonlar nisbatan tashabbus bilan o'ynagan bo'lsalarda gol urishni uddasidan chiqa olishmadi. Bir vaziyatda Kasyan tomonidan kiritilgan gol darvozabonga fol bo'lgani tufayli inobatga olinmadi. Ikkinchi taymda esa tashabbus "Lokomotiv" tarafga o'tdi va buni mezbonlar hisobda ham aks ettira olishdi. Jarima zarbasidan oshirilgan to'pni Yelich boshi bilan jamoadoshi Temurxo'ja Abduxoliqov tomon tashladi, "Loko"ning joriy mavsumdagi asosiy to'purar hujumchisi mazkur vaziyatdan naf chiqara oldi - 1:0.

SHu tariqa bu gol uchrashuv yakuniga qadar yagonaligicha qoldi va "Lokomotiv" chempionatdagi ilk g'alabasini "Navbahor"ga qarshi o'yinda qo'lga kiritdi. Qizig'i shundaki, o'tgan mavsum ham Kanchelskis dastlabki mag'lubiyatini aynan Toshkentda "Loko"ga qarshi uchrashuvda qabul qilgandi. Bu gal ham ushbu mag'lubiyatning achchiq tamini aynan TTZ dahasida o'tkazilgan bahsda his etdi.

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 62'

Superliga. 2-tur

30/03/2019, 19:00

0
:
1
Tugadi

Navbahor

45'
90'
30'  Islom Tuxtaxo’jayev
40'  Anzur Ismoilov
55'  Azizbek Amonov (Arslanmirat Amanov)
62'  Temurxo’ja Abduxoliqov
89'  Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov)
90'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
12'  Oston O'runov
15'  Obid Jo’raboyev (Slavko Lukich)
46'  Oston O'runov (Abbos G'ulomov)
69'  Jahongir Mehmonov
72'  Abduzhamol Isroilov (Bahodir Nasimov)
80'  Azim Ahmedov
90'  O’tkir Yusupov

O'yindan keyin murabbiylar nima dedi?

Andrey Fyodorov ("Lokomotiv" bosh murabbiyi): "Birinchi bo'limdan ko'ra ikkinchi taymda yaxshiroq o'ynadik. Natijada bahs taqdirini hal etgan gol aynan tanaffusdan keyin urildi. Birinchi bo'limda jamoamda hujum tashkil etish borasida muammolar yuzaga keldi. Ikkinchi taymda esa bu muammo hal etildi va tashabbus bilan o'ynadik".

Andrey Kanchelskis ("Navbahor" bosh murabbiyi): "Ikkinchi o'yindirki darvozabonning xatosi evaziga gol o'tkazyapmiz. Buni tushuntirish qiyin. Vaziyatni o'rganib chiqamiz. Ikkinchi taymda himoyada xatolar yuzaga keldi. Agarda o'sha xato bo'lmaganida hisob 0:0 qolishi mumkin edi. O'shanda adolatli natija bo'lardi".

Turning oxirgi o'yinlari 31 mart sanasiga to'g'ri keldi. Dastlab Toshkentda "Bunyodkor" - "Paxtakor" derbida o'zaro kurash olib bordi. Nominal mezbon sifatida "Paxtakor" o'yingohida o'ynagan "qaldirg'ochlar" Vadim Abramov qo'l ostida chiroyli kombinacion futbol namoyish etishgan bo'lsa, "Paxtakor" malum to'xtalishdan so'ng mavsum startidagi jangovorlikni ko'rsata olmadi. Ammo bu jihat mazkur bahsda "sherlar"ga g'alaba qozonish uchun to'sqinlik qilmadi. Birinchi bo'limda Marat Bikmaevning to'p uzatmasidan so'ng "qaldirg'ochlar" tarbiyalanuvchisi sanalgan Doston Hamdamov sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol etib bahsda hisobni ochdi. Qayd etish kerakki, Doston Hamdamov kiritilgan golni sobiq jamoasiga bo'lgan hurmati yuzasidan nishonlamadi va qo'li ishora qilib  jamoa muxlislaridan uzr so'radi. "Bunyodkor" javob to'pini burchak zarbasidan so'ng kiritdi. To'xtasinovning oshirmasidan so'ng Mirahmadov boshi bilan gol urib tanaffusga qadar muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo'limda nisbatan o'yinini kuchaytirgan "Paxtakor" Dragan CHeranning golidan keyin yana hisobda oldinga chiqib oldi. Bu vaziyatda CHeranga Masharipov ajoyib to'p uzatmasini amalga oshirgandi. Yakunda mazkur gol bahs taqdirini hal etdi va Toshkent derbisida nominal mehmon sifatida o'ynagan "Paxtakor" chempionatdagi ikkinchi, mavsumdagi to'rtinchi g'alabasini rasmiylashtirdi. "Bunyodkor" esa hozircha ikkinchi o'yindirki 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchramoqda.

Bunyodkor

Mirzhahon Mirahmadov - 35'

Superliga. 2-tur

31/03/2019, 17:00

2
:
1
Tugadi

Paxtakor

Dostonbek Hamdamov - 17', Dragan CHeran - 63'

45'
90'
4'  Sanzhar Qodirqulov
35'  Mirzhahon Mirahmadov
35'  Nurillo To'xtasinov
43'  Abdulla Abdullaev (Suhrob Izzatov)
61'  ZHavohir Qahramonov (Sanjar Rihsiboyev)
78'  ZHasur ZHaloliddinov (Sardor Azimov)
17'  Dostonbek Hamdamov
17'  Marat Bikmayev
46'  Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo’jayev)
60'  Marat Bikmayev (Javohir Sidiqov)
63'  Dragan CHeran
63'  Jaloliddin Masharipov
82'  Egor Krimets
84'  Dostonbek Hamdamov (ZHasur YAxshiboev)

O'yindan keyin murabbiylar nima dedi?

SHota Arveladze ("Paxtakor" bosh murabbiyi): "Uzoq tanaffusdan so'ng yana avvalgi holatga qaytish uchun ishlashga to'g'ri keladi. Raqibni ham, ularning murabbiyini alohida takidlab o'tishni istardim. "Bunyodkor" futbol o'ynashni yoqtaradigan ajoyib jamoa. Ular bilan o'ynash doim qiziq".

Vadim Abramov ("Bunyodkor" bosh murabbiyi): "Yutqazdik. CHunki "Paxtakor" kuchli va bugun yaxshi o'ynadi. Adolatli natija. Men jamoam ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'lmadi. Jamoa yosh, lekin yutqazish doim yoqimsiz".


Kunning qolgan ikkita uchrashuvidan biri Qarshida, ikkinchisi Farg'onada o'tdi. Qarshida mehmon "So'g'diyona" "Nasaf"dan uchta golni qabul qilib oldi. Sergey Lushan jamoasi esa bu gollarga faqatgina birgina to'p bilan javob qaytarishni uddalashdi. Dastlab yana birinchi turda bo'lgani kabi Dilshod Saitov o'zining uzoqdan yo'llangan zarbasi orqali hisobni ochdi. Qayd etish kerakki, garchi to'p yo'l-yo'lakay raqib futbolchisiga tekkan holda darvoza to'ridan joy olgan bo'lsada gol Saitov hisobiga yozildi. CHunki futbol qoidasi bo'yicha, tepilgan to'p darvoza tomon ketayotgan bo'lsa, unda rikoshet bo'lsa gol zarba muallifi nomiga yoziladi. Agarda tepilgan to'p aslida darvozaga aniq bormayotgan bo'lsa va rikoshet orqali to'rdan joy olsa, unda bu avtogol deya qayd etiladi. "So'g'diyona" esa mezbonlarning bu goliga burchak zarbasidan keyin Nikola Milinkovichning boshi bilan urgan goli orqali munosabat bildirdi va muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo'limda ham uyda kim xo'jayin ekanligini ko'rsatgan "Nasaf" avvaliga Bobur Davlatovning goli, keyin esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Islom Kenjaboevning super goli bilan bahs taqdirini butkul hal etdi - 3:1.

Islom Kenjaboev "Nasaf" maydonchasi oldida to'pni qabul qilib, raqib darvoza tomon yo'l-yo'lakay 4 himoyachini aldab o'tib to'pni darvozaning pastki chap burchagiga aniq yo'naltirdi - super gol.

SHu tariqa tarkibi yanada yosharib ketgan, o'yini esa kundan-kun yanada ochilib borayotgan "Nasaf" Samarqanddagi durangdan so'ng Qarshida mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qildi.

Nasaf

Dilshod Saitov - 6', Boburbek Davlatov - 53', Islom Kenzhaboev - 79'

Superliga. 2-tur

31/03/2019, 19:15

1
:
3
Tugadi

So'g'diyona

Nikola Milinkovich - 33'

45'
90'
6'  Dilshod Saitov
24'  Humoyun Murtozaev
53'  Boburbek Davlatov
66'  Oybek Bozorov (Islom Kenzhaboev)
79'  Islom Kenzhaboev
83'  Sardor Abduraimov
86'  Islom Rashidxonov (Doniyor Narzullayev)
89'  Boburbek Davlatov (ZHo'rabek Mannonov)
24'  Elyor Orifov
33'  Nikola Milinkovich
33'  Nuriddin Hasanov
58'  Izzat Abdullaev (Shohruz Norxonov)
66'  Nuriddin Hasanov (Siroj Meliyev)
68'  Doston Toshmatov (Oybek Nurmatov)

O'yindan keyin murabbiylar nima dedi?

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi): "So'g'diyona"ni yaxshilab o'rganib chiqqandim. Ular aynan himoyadan o'ynashlarini sezib, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Hujumda bizga oson bo'lmasligini avvaldan bilardim. Tezkor gol bizga qo'l keldi. Ikkinchi taymda esa jamoam xarakter ko'rsatdi".

Sergey Lushan ("So'g'diyona" bosh murabbiyi): "Mag'lubiyat doimo yoqimsiz. Bugungi o'yinga ishlab chiqilgan rejalar o'zini oqlamadi. Birinchi golku mayli, rikoshet orqali kiritildi. Lekin qolgan gollar izoh talab qiladi. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarish lozim".


Turning eng oxirgi bo'lib tugagan o'yini Farg'onada "Qo'qon-1912" - "Andijon" o'rtasida bo'ldi. Ajoyib muhit, qizg'in kurash va shiddatkor o'tgan o'yinda muxlislar gol ko'rishmadi. Har ikkala jamoa yakunda durangga imzo chekishga rozi bo'ldi. Va ikkinchi turda ham jamoalar birinchisida bo'lgani kabi yana bir ochkodan bo'lishib olishdi.

Qo’qon-1912

Superliga. 2-tur

31/03/2019, 19:15

0
:
0
Tugadi

Andijon

45'
90'
46'  Oybek Rustamov (Muhammadanas Hasanov)
76'  Muhammadanas Hasanov (Behruz Sadilloyev)
85'  Suhrob Berdiyev (Temur Hakimov)
46'  Doniyor Ismoilov (Shahzod Ubaydullayev)
86'  Oybek Qilichev
90'  Farhod Mirahmatov (Shahboz Jumaboev)

O'yindan keyin murabbiylar nima dedi?

No'mon Hasanov ("Qo'qon-1912" bosh murabbiyi): "Maydonda "jang" bo'ldi. Jamoam o'yini qovushmadi. Men istagan o'yin aslo bunday emas. Mavsum endigina boshlandi. Hali hammasi oldinda".

Eldor Sakaev ("Andijon" bosh murabbiyi): "O'yin natijasidan qoniqdim. Uchrashuv qizg'in o'tdi. O'yin sifati ham alo darajada bo'ldi".


Superliganing 2-turidan keyin birgina "Paxtakor" yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. "Surxon", "Qizilqum", "Nasaf" va "Metallurg" hisobida esa 4 tadan ochko mavjud va ular 2-5 o'rinlarni bo'lishib turishibdi. Jizzaxning "So'g'diyona" va amaldagi chempion "Loko" hisobida bir g'alaba mavjud hamda mazkur jamoalar 3 ochko jamg'arishgan. "Qo'qon-1912" va "Andijon" esa mazkur turdagi o'zaro durangdan keyin ketma-ket ikkita bahsda murosaga kelgani tufayli 2 ochkodan to'plashni uddasidan chiqishib, turnir jadvalida 8-9 o'rinlarni bo'lishib turishibdi. "Navbahor", "Dinamo", AGMK va "Buxoro" hisobida esa 1 ochkodan mavjud. Faqatgina "Bunyodkor" hozircha umuman ochko olmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.

Turnir jadvali


To'purarlar ro'yxati:


Assistentlar:

Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") -2

Marat Bikmaev ("Paxtakor") -1

Doston Hamdamov ("Paxtakor") -1

Bahrom Abduraximov ("Metallurg") -1

Davron Hoshimov ("Lokomotiv") -1

Igor Yelich ("Lokomotiv") - 1

Dilshod Jabborov ("Surxon") -1

SHerzod Karimov ("Surxon") -1

Ivan Solovyov ("Navbahor") -1

Eldor Boymatov ("Qizilqum") -1

Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") -1

Medina Smit ("Qizilqum") -1

SHahboz Jo'rabekov ("So'g'diyona") -1

Nuriddin Hasanov ("So'g'diyona") -1

Ulug'bek Abdullaev ("Bunyodkor") -1

Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor") -1

Sanjar Rashidov (So'g'diyona) -1

Xurshid Muxtorov ("Nasaf") -1

Sardor Eminov ("Dinamo") -1


Fakt: Hamidjon Aktamov murabbiylik faoliyatida ilk bor Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoani mag'lub etdi - "Qizilqum" - AGMK 3:1.


Fakt: Superligadagi jamoalar ichida faqatgina "Buxoro" hozircha umuman gol urgani yo'q. Ashurmatov jamoasi birinchi turda AGMK darvozasiga yo'l topolmagan bo'lsa, ikkinchi turda "Metallurg" darvozasi dahl etilgani yo'q.


Fakt: Superliga jamoalari ichidan faqatgina "Bunyodkor" ikkinchi turdan keyin birorta ochko jamg'argani yo'q va turnir jadvalida oxirgi o'rinni band etib turibdi.


Fakt: Superligada faqatgina "Paxtakor" ochko yo'qotmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Arveladze jamoasi birinchi turda amaldagi chempion "Loko" (3:1), keyin esa "Bunyodkor" (2:1) taslim etildi.


Fakt: Dilshod Saitov ("Nasaf"), SHerzod Hakimov ("Surxon") va Dragan CHeran ("Paxtakor") ketma-ket ikkinchi o'yinda maydonni golsiz tark etishmayapti.


Fakt: Stanlislav Andreev ("Metallurg"), Egor Krimec ("Paxtakor"), Oybek Qilichev ("Andijon"), Elyor Orifov ("So'g'diyona"), SHavkat Mullajonov ("Metallurg") va Hakimjon Alamxonov ("Dinamo") ketma-ket ikki uchrashuvda hakam tomonidan ogohlantirildi.


Tur raqami:

O'tkazilgan o'yinlar soni: 7

Gollar soni: 15

Mezbon jamoalar urgan gollar soni: 11

Mehmon jamoalar urgan gollar soni: 4


Superliganing keyingi 3-tur o'yinlari 5 aprel kuni start oladi. Mazkur turda quyidagi uchrashuvlar o'tkaziladi.

3-tur
5 aprel, juma

ANDIJON — LOKOMOTIV
PAXTAKOR — NASAF
6 aprel, shanba
NAVBAHOR — BUNYODKOR
DINAMO — METALLURG
7 aprel, yakshanba
BUXORO — QIZILQUM
AGMK — QO'QON-1912
SO'G'DIYONA — SURXON

Tur laureatlari keyinroq alohida elon qilinadi!

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика