So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  2 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  2 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  22 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

​Superliga: 19-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

​Superliga: 19-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Teglar :  SuperligaPFL
Ananamizga muvofiq Superliga 18-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini: "Lokomotiv" - "Bunyodkor"

Superliga 19-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv Toshkentda bo'lib o'tdi. "Bunyodkor"ni qabul qilgan "Lokomotiv" irodali g'alabani qo'lga kiritdi. O'yin har tomonlama yuqori darajaga javob berdi va muxlislar chiroyli futbol tomosha qilishdi.

Uchrashuvda dastlab "qaldirg'ochlar" Filip Rayevacning individual harakatlari va Xurshid G'iyosovning birga-bir vaziyatdan aqlli zarba berishi evaziga hisobni ochishdi. 1-bo'limning oxirgi soniyalarida Sardor Mirzaev boshi bilan gol urib muvozanatni tikladi. Ochig'i, o'sha holatda gol bormidi yoki yo'q buni translyaciyada aniq ko'rishning imkoni bo'lmadi. Hammasini hakamlar qarori belgiladi. Ikkinchi bo'limda esa amaldagi chempionlar Anzur Ismoilov va Sardor Rashidovlarning gollari evaziga irodali g'alabani tantana qilishdi.


Tur muxlislari - Namanganda

Bu safar ham o'tgan turdagi kabi "Navbahor" muxlislari boshqalardan ajralib turishdi. Namanganda "Paxtakor"ga qarshi o'tgan bahsda stadionga 21450 nafar ishqiboz tashrif buyurdi. "Markaziy" stadionida 90 daqiqa olqishlar to'xtamadi va "Navbahor" muxlislari yana bir bor eng yaxshi deb etirof etildi.


Tur hakami - Navaf SHukrulla

"Navbahor" - "Paxtakor" bahsini boshqarib borgan Navaf SHukrulla brigadasi uchrashuvni alo darajada o'tkazdi. SHukrulla jiddiy xato qilmadi va keskin, asabiy va kurashlarga boy o'tgan to'qnashuvdan bor yo'g'i ikkita sariq kartochka bilan chiqib ketdi. SHu boisdan Navaf SHukrulla 19-turda ishlagan hakamlar orasida eng yaxshisi deb topildi.


Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"

Matbuot xizmatlari ichida ayni kunda O'zbekistonda birinchi raqam bo'lib turgan "Paxtakor" barqaror va professional ishlashda davom etmoqda. Muhimi, har bir turni barqaror, operativ va professional tarzda yoritib bormoqda. O'yin atrofidagi tadbirlar va uchrashuvdan keyingi tafsilotlarni yoritib borishda "Paxtakor" rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari birdek faol va tezkor ishlamoqda. SHu boisdan ham ushbu turda ham eng yaxshi va faol ishlagan matbuot xizmati sifatida yana "Paxtakor" etirof etildi.

"Paxtakor" matbuot xizmati xodimi - Marat Aksanov.


Tur iqtibosi - Hamidjon Aktamov: "Antifutbol namoyish etib g'olib chiqishni shaxsan men istamasdim"

"Qizilqum" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan so'ng navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov buxoroliklarning oxirgi daqiqalarda antifutbol namoyish etishgani haqida gapirdi.

"Biz chiroyli o'yin ko'rsatib, g'alabaga erishishni istagandik. Yigitlar qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. O'yin bo'yicha ularga etirozim yo'q. 90 daqiqa hujum qilib, bitta qarshi hujumdan gol o'tkazib yubordik.  Ikkita hujumchimiz ham so'nggi nuqtani qo'yishga oqsashdi. Judayam alamli mag'lubiyat bo'ldi. Balki o'yinlar orasi yaqin bo'lgani uchun tiklanish jarayoni qiyin kechgandir. Raqib esa oxirgi daqiqalarda antifutbol namoyish etdi. Bunaqa o'yin bilan g'olib chiqishni, shaxsan men istamasdim", - dedi Aktamov.


Tur goli - Xurshid G'iyosov

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Xurshid G'iyosovning "Lokomotiv" darvozasiga kiritgan goli tur goli deya etirof etildi. Filip Rayevac avvaliga Sadriddin Abdullaevni engil harakat bilan dog'da qoldirdi, keyin esa 3 nafar raqib orasidan kesma pas bilan G'iyosovni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. O'z navbatida Xurshid ham Nesterov qarshisida sovuqqonlik bilan aqlli zarba berdi va to'pni Ignatning ustidan oshirib darvozaga joyladi.


Tur darvozaboni - Roman Abdulov

Bu turda o'zini ko'rsatgan darvozabonlar ko'p bo'ldi. Suyunov, Tursunboev va Zuhurov yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ammo, tur darvozaboni bo'lishga eng munosibi AGMK kiperi Roman Abdulov bo'ldi. Asosiy posbon Pavel Matyash diskvalifikaciya qilingan bir pallada Abdulov jamoasi joniga oro kirdi. Roman o'yin davomida 4ta seyvni amalga oshirdi. Ayniqsa, Bobir Abdixoliqov va Odil Hamrobekovlarning "o'lik" zarbalarini qaytargani tahsinga sazovor.


Tur murabbiyi - Ilhom Mo'minjonov

"Navbahor" ushbu turda o'z maydonida chempionat peshqadami "Paxtakor"ni qabul qildi. Namanganliklar yulduzli tarkibga ega "sherlar"ni 1:0 hisobida taslim qilishdi. Qaysidir manoda 6 ochkolik o'yinda "Paxtakor"ni mag'lub etgani uchun "Navbahor" ustozi Ilhom Mo'minjonov haqli ravishda turning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.


Tur futbolchisi - Sardor Mirzaev

Amaldagi chempion "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Mirzaev 19-turning markaziy uchrashuvida "Bunyodkor"ga qarshi o'zini ko'rsatdi. Avvaliga o'z goli bilan qiyin ahvolda turgan jamoasini ruhlantirgan bo'lsa, oxirgi daqiqalarda birgina uzun pas bilan Sardor Rashidovni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Uchrashuv davomida ham Mirzaev juda faol bo'ldi va tur futbolchisi bo'lishga munosib ekanligini isbotladi.


Ramziy: 3-5-2

Darvozabon: Roman Abdulov (AGMK).

Himoyachilar: SHerzod Azamov ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Igor Golban ("Navbahor").

Yarim himoyachilar: Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor"), Sardor Mirzaev ("Lokomotiv"), Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv"), Arslonmurot Amonov ("Buxoro"), Quvondiq Ro'ziev ("Qo'qon-1912").

Hujumchi: Islom Isoqjonov ("Metallurg"), Zohid Abdullaev("Metallurg").


To'purarlar:
1. Marat Bikmaev ("Lokomotiv") - 9 (3 penalti)
1. Tiago Bezerra ("Paxtakor) - 9
1. Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 9 (6 penalti)
2. Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 8 (1 penalti)
2. Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912") 8 (barchasi penalti)
2. Yovan Jokich (AGMK) - 8 (6 penalti)
3. Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") - 7


Assistentlar:
1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 8
2.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 5
2.Oleg Zoteev ("Lokomotiv") - 5
2.Murodjon Toshmatov ("Bunyodkor") - 5
2.Azizbek Turg'unboev ("Navbahor") - 5
2.Jasur Hasanov (AGMK) - 5
3.Salamat Qutibaev ("Buxoro") - 4
3.Sardor Sulaymonov ("Navbahor") - 4
3.Dragan CHeran ("Paxtakor") - 4


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика