So’nggi yangiliklar

21:12А Серия. "Кальяри" - "Интер" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:47"Милан" ПСЖга таклиф билан чиқди  0 20:16Россия термаси учун яна бир рақиб топилди  1 19:54Пеп Гвардиола: "Таслим бўлмайман"  1 19:36Флик ва Деку Леау трансферига ишонишмаяпти, аммо Лапорта уни сотиб олмоқчи  0 19:06Суперлигага қайтган "Бухоро" Қулматовни ўз сафига қўшиб олди  3 18:55"Барселона" Ольмо ишини ҳал қилиш учун ЛаЛигага VIP жойлар ҳужжатини юборди  1 18:36Шуҳрат Муҳаммадиев "Насаф" билан янги битим имзолади  0 18:02Катта эҳтимол билан АПЛни "Ливерпуль" ютади  6 17:15"Барселона" яна Ольмога ваъда беришни бошлади  0 16:35"Реал" клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча пул ишлаб олиши мумкин?  9 16:14"Ланс" етакчисини 15 млн еврога сотмоқда  3 15:58Балотелли январь ойидаёқ "Женоа"ни тарк этиши мумкин  2 15:44Винисиус "Реал"дан Мбаппе даражасидаги маош талаб қилмоқда  8 15:00Championat.asia ходимлари томонидан йил давомида эълон қилинган мақолалар  5

Superliga. 18-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

Superliga. 18-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Teglar :  O'zFHMSuperliga
Joriy yilning 16-sentyabr sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 18-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

"Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvining 24-daqiqasida mezbonlarning 9-raqamli futbolchisi farg'onaliklarning 11-raqamli azosiga qarshi qo'pollik ishlatdi. Garchi u to'pga harakat qilgan bo'lsa-da, o'zini to'xtata olmagani bois raqibining oyog'iga jiddiy zarba bermadi. Bosh hakam Temur To'xtasinov futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.

2-vaziyat. "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvining 85-daqiqasida mezbonlarning 5-raqamli futbolchisi uzoqdan zarba berdi. To'p esa yo'l-yo'lakay mehmonlarning 4-raqamli futbolchisining qo'liga tegdi. Bosh hakam Temur To'xtasinov bahsni davom ettirdi, VAR ham uning qarorini maqulladi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmay to'g'ri qilgan. Himoyachi to'pga qo'li bilan o'ynamagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.

3-vaziyat: "Navbahor" - "Nasaf" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvining 63-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi raqib jarima maydoniga yaqin joyda zarba yo'lladi. To'p esa mehmonlar himoyachisiga tegdi va yo'nalishini o'zgartirdi. Bosh hakam Ahrol Risqullaev to'p qo'lga tegmadi, degan xulosaga keldi va uchrashuvni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatni tekshirgan va himoyachi to'pni tanasi bilan qaytarganini ko'rib chiqqan. Komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.

4-vaziyat. "Dinamo" - "Bunyodkor" to'qnashuvi: mehmonlarning goli.

"Dinamo" - "Bunyodkor" uchrashuvining 50-daqiqasida mehmonlar muvozanatni tenglashtirdi. Bosh hakam Asker Najafaliev mazkur holatda o'yindan tashqari holat yoki fol qayd etilmaganini va gol toza urilganini qayd etdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR ofsayd yo'q ekanini tekshirgan. SHuningdek, hujumchi himoyachiga nisbatan o'yin qoidasini buzmagan.  Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.

5-vaziyat. "Dinamo" - "Bunyodkor" to'qnashuvi: mezbonlarning hisobga olinmagan goli.

"Dinamo" - "Bunyodkor" uchrashuvining 79-daqiqasida mehmonlar raqib darvozasini ishg'ol qildi. Biroq ikkinchi yordamchi hakam ofsayd borligini malum qildi va bosh hakam Asker Najafaliev golni inobatga olmadi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda hujumchi raqibidan ildamlab ketgan. VAR ofsayd chizig'ini chiza olmagan. Boisi, o'yindan tashqari holat uchun javobgar texnikada nosozlik kuzatilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.

6-vaziyat. "Andijon" - "Lokomotiv" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvining 12-daqiqasida mezbonlarning 21-raqamli futbolchisi mehmonlarning 15-raqamli vakili bilan to'p uchun kurashdi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev holat penalti uchun etarli emas, deb hisobladi va bahsni davom ettirdi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to'p uchun o'ynagan va o'yin qoidasini buzmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.

7-vaziyat: "Andijon" - "Lokomotiv" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvining 45-daqiqasida mezbonlar burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi. To'pni esa mehmonlar himoyachisi qaytardi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev himoyachi qo'l bilan o'ynamaganini malum qildi va uchrashuvni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to'p uchun harakat qilgan. Penalti belgilash uchun asos etarli emas. Komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.

8-vaziyat. "Olimpik" - "Metallurg" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Olimpik" - "Metallurg" uchrashuvining 43-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Burchak zarbasidan so'ng bekobodliklarning 25-raqamli futbolchisiga nominal mezbonlarning 8-raqamli vakili qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov dastlab uchrashuvni davom ettirdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi nuqtaga ishora qildi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzgan. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.

9-vaziyat. "Olimpik" - "Metallurg" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Olimpik" - "Metallurg" uchrashuvining 83-daqiqasida nominal mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan 64-raqamli futbolchisini mehmonlarning 24-raqamli vakili zararsizlantirdi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov uchrashuvni davom ettirdi va penalti belgilamadi, VAR ham uning qarorini tasdiqladi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzmagan. U to'p uchun harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.

10-vaziyat. OKMK - "Surxon" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

OKMK - "Surxon" uchrashuvining 16-daqiqasida mehmonlarning 19-raqamli futbolchisi olmaliqliklarning 15-raqamli azosiga qarshi ehtiyotsizlik oqibatida jiddiy qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Doston Rahmonov futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan keskin tarzda qo'pol harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика