So’nggi yangiliklar

14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  5 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  6 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  14 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2

Superliga: 17-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: 17-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 17-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Qizilqum" - "Paxtakor" 1:2

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" o'rtasidagi bahs qiziqarli va dramatik tarzda kechdi. Tanaffusdan so'ng "Qizilqum" ustunligi ostida o'tgan bahsda mezbonlar dastlab hisobni ochishga erishishdi. Ammo o'yinning oxirgi va hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida "Paxtakor" mag'lubiyatni g'alabaga aylantirishni uddasidan chiqdi. "Qizilqum" esa tayyor g'alabani qo'ldan chiqarish bilan birgalikda durangni ham ushlab qololmadi.


Tur muxlislari - Namanganda

Superliga uchrashuvlarida muxlislar tashrifi keskin pasayib ketdi. Faqatgina "Navbahor" muxlislari boshqalardan farqli ularoq o'z jamoalarini har qanday pallada yoki vaziyatni tinimsiz qo'llab-quvvatlashmoqda. "Navbahor"ning "So'g'diyona"ga qarshi uy uchrashuvida ham namanganlik ishqibozlar stadionda ajoyib muhitni yaratishni uddasidan chiqishdi va o'z jamoalariga g'alabasiga munosib ulush qo'shishdi. SHu boisdan ham bu galgi tur muxlislari nominaciyasida yana namanganlik muxlislari guruhi g'olib chiqishdi.


Tur hakami - Viktor Serazitdinov

"Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvini boshqarib borgan Viktor Serazitdinov boshchiligidagi hakamlar guruhi o'yinni xatolarsiz va yaxshi saviyada boshqarishdi. Superliga o'yinlarida hakamlar xatosi odatiy tusga aylanayotgan bir paytda Navoiydagi hakamlikni yuqori baholasa bo'ladi. Serazitdinov o'yin davomida qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi. Aksincha bahsni to'liq nazorat qildi va o'yin tizginini qo'lidan chiqarib yubormadi. SHu boisdan ham Viktor Serazitdinov tur hakami sifatida etirofga loyiq ko'rildi.


Tur matbuot xizmati - "Nasaf"

Mazkur turda "Nasaf" matbuot xizmati ancha samarali va operativ ishladi. "Nasaf" matbuot xizmati xodimlari o'rinbosarlar va asosiy jamoa o'yinlarini birdek yaxshi saviyada yoritishdi. Suratlar, o'yinga prevyu, uchrashuv tugaganidan so'ng murabbiy va futbolchilar fikrlari o'z vaqtida chop etildi. O'yin oldidan, o'yin boshlanishi va uchrashuvdan keyin "qaynoq" suratlar taqdim etishda ham "Nasaf" ancha ildamlab ketgan. SHu boisdan "Nasaf" matbuot xizmati mazkur turda eng yaxshi deb etirof etildi.


Tur iqtibosi: "Kucherenko va Minchev bilan o'rtamizda hech qanday muammo yo'q"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida klub rahbariyati bilan yuzaga kelgan tushunmovchilik shunchaki mish-mish ekanligini takidladi.

"Rahbariyat bilan o'rtamizda hech qanday muammo yo'q. Sport direktori bo'lgan Nikolay Minchev bungacha men bilan murabbiylar shtabida ishlagandi. Klub menejeri Kucherenko esa akademiyadagi faoliyati orqali yaxshi tanish. Bizning o'rtamizda hech qanday muammo yo'q", - dedi Ro'ziqul Berdiev.


Tur goli - Murod Toshmatov

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Murodjon Toshmatovning sobiq jamoasi "Metallurg" darvozasiga jarima zarbasidan kiritgan ajoyib goli tur goli nominaciyasida ortiqcha raqobatsiz g'olib chiqdi. Murod Toshmatov chamasi 23-25 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini ajoyib tarzda ijro etdi va chiroyli golga mualliflik qildi.


Tur darvozaboni - Eldorbek Suyunov

"Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov "Qizilqum"ga qarshi o'yinda o'z darvozasini ancha ishonchli tarzda qo'riqladi.

Ivan Nagaevdan o'tkazib yuborilgan gol Tiago Bezerraning kutilmagan texnik xatosi tufayli yuzaga keldi. Bungacha esa Suyunov jamoasini uchta muqarrar gollardan qutqarib qolgandi. SHuningdek, "Paxtakor"ning hisobni tenglashtiruvchi goliga ham aynan darvozabon Eldorbek Suyunov assistentlik qildi. Yaxshiboevni to'p bilan taminlagan Suyunov birinchi golda golli uzatmani amalga oshirdi. "Paxtakor"ning Navoiydagi irodali g'alabasida Eldorbek Suyunovning ham xizmati katta bo'ldi.


Tur murabbiyi - SHota Arveladze

"Paxtakor" Navoiyda irodali g'alabaga erishdi. "Qizilqum"ga qarshi kechgan bahsda ustunlik asosan maydon egalari tarafida bo'ldi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda "Qizilqum" o'yin tizginini o'z qo'liga oldi va raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar yaratildi. "Paxtakor"ning esa oldingi chiziqda ishlari yurishmay turgandi. Bezerraning xatosidan so'ng o'tkazib yuborilgan goldan keyin "Paxtakor" oxirgi daqiqalarda xarakter ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. Aynan SHota Arveladze amalga oshirgan zaxira o'z mevasini berdi va o'yinda burilish yasaldi. Uchrashuvning so'nggi va hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda "Paxtakor" ikkita gol urishni uddasidan chiqdi va Navoiyda "kambek" amalga oshirdi. Jamoa mag'lubiyatni sanoqli daqiqalar ichida g'alabaga aylantira oldi. SHu boisdan ham SHota Arveladze tur murabbiyi nominaciyasida g'olib deb topildi.


Tur futbolchisi - Marat Bikmaev

"Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev nihoyat bu turda to'purarlar poygasida yakka peshqadamlikni qo'liga olishga muvaffaq bo'ldi. Bunda esa "Nasaf"ga qarshi o'yindagi xet-trik Bikmaevni shohsupaga olib chiqdi. "Nasaf" bilan o'yinda ajoyib futbol ko'rsatgan va maksimal samaradorlik namoyish etgan Bikmaev "Loko"ga g'alaba keltirdi va to'purarlar poygasida ildamlab ketdi. SHu tariqa Bikmaev tur futbolchisiga aylandi.


Superliga, 17-tur.

Ramziy terma jamoa (4-4-2)
:

Darvozabon: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor")
Himoyachilar: Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), SHerzod Azamov ("Paxtakor"), SHukurali Po'latov ("Neftchi"), Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Yarim himoyachilar: Erkin Boydullaev ("Qizilqum"),  Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv"), Islom Isoqjonov ("Metallurg"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor")
Hujumchilar: Marat Bikmaev ("Lokomotiv"), Sardor Sulaymonov ("Navbahor")


To'purarlar:
1. Marat Bikmaev - 9 (3 penalti)
2. Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 8 (1 penalti)
2. Tiago Bezerra ("Paxtakor) - 8
3. Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") - 7
3. Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 7 (5 penalti)
3. Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912") 7 (barchasi penalti)


Assistentlar:
1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 8
2.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 5
2.Oleg Zoteev ("Lokomotiv") - 5
2.Murodjon Toshmatov ("Bunyodkor") - 5
3.Jasur Hasanov (AGMK) - 4
3.Azizbek Turg'unboev ("Navbahor") - 4
3.Salamat Qutibaev ("Buxoro") - 4
3.Sardor Sulaymonov ("Navbahor") - 4
3.Dragan CHeran ("Paxtakor") - 4
4.Arslonmurot Amonov ("Buxoro") - 3
4.Tiago Bezerra ("Paxtakor") - 3
4.Bahrom Abduraximov ("Paxtakor") - 3
4.Doniyor Hasanov ("So'g'diyona") - 3
4.Artur Gevorkyan ("Qizilqum") - 3
4.Doniyor Usmonov ("Qizilqum") - 3
4.Sanat SHixov ("Buxoro") - 3
4.Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv") - 3
4.Azam Aliev ("Navbahor") - 3
5.Doniyor Narzullaev ("Nasaf") - 2
5.SHohnazar Norbekov (AGMK) - 2
5.Murod Toshmatov ("Bunyodkor") - 2
5.Zafar To'raev ("Metallurg") - 2
5.Azamat Allaniyazov ("Navbahor") - 2
5.Samandar SHodmonov ("Qizilqum") - 2
5.Sardor Rashidov ("Lokomotiv") - 2
5.Sadriddin Abdullaev ("Lokomotiv") - 2
5.Sardor Mirzaev ("Lokomotiv") - 2
5.Kaxi Maxaradze ("Lokomotiv") - 2
5.SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv") - 2
5.Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor") - 2
5.Nemanya Yovanovich ("Qizilqum") - 2
5.Ayubxon No'monov ("Navbahor") - 2
5.Islom Isoqjonov ("Metallurg") - 2
5.SHahzod SHaymanov ("Metallurg") - 2
5.Stanislav Andreev ("Metallurg") - 2
6.Sergey Ruseckiy ("Buxoro") - 1
6.Nenad Inyac ("Navbahor") - 1
6.Otabek Zokirov ("Metallurg") - 1
6.Suhrob Nurulloev ("Metallurg") - 1
6.Nurullo To'xtasinov ("So'g'diyona") - 1
6.Nemanya Yovanovich ("Qizilqum") - 1
6.Filip Raevac ("Bunyodkor") - 1
6.Islom Rashidxonov ("Nasaf") - 1
6.Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 1
6.Azim Ahmedov ("Paxtakor") - 1
6.SHerzod Azamov ("Paxtakor") - 1
6.Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor") - 1
6.Farruh Sayfiev ("Paxtakor") - 1
6.Izzat Abdullaev ("So'g'diyona") - 1
6.Sardor Azimov ("So'g'diyona") - 1
6.Sardor Qulmatov ("So'g'diyona") - 1
6.SHahzod Nurmatov ("Bunyodkor") - 1
6.Slavko Lukich ("Nasaf") - 1
6.Islom Kenjaboev ("Nasaf") - 1
6.Bahodir Nasimov ("Buxoro") - 1
6.Javohir Qahramonov ("Buxoro") - 1
6.SHahboz Erkinov ("Buxoro") - 1
6.Ikrom Aliboev ("Lokomotiv") - 1
6.Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv") - 1
6.Marat Bikmaev ("Lokomotiv") - 1
6.Abror Husinov ("Metallurg") - 1
6.Darko Gojkovich ("Qo'qon-1912") - 1
6.Zohid Abdullaev ("Metallurg") - 1
6.Muhammad Isaev ("Metallurg") - 1
6.Alisher Sanoev ("Qizilqum") - 1
6.Aleksandr Merzlyakov ("Qo'qon-1912") - 1
6.Milan Spremo ("Qo'qon-1912") - 1
6.Xurshid Asqaraliev ("Neftchi") - 1
6.Murod Bobojonov ("Neftchi") - 1
6.Mirg'iyos Sulaymonov ("Bunyodkor") - 1
6.Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912") - 1
6.Zafar Polvonov (AGMK) - 1
6.Sanjar Rashidov ("So'g'diyona") - 1
6.Dilshod Ahmadaliev ("Bunyodkor") - 1
6.Eldorbek Suyunov ("Paxtakor") - 1

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика