So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Superliga: 16-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: 16-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 16-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - AGMK - "Neftchi" (2:2)

O'yin garchi turning eng jarangli afishasi "uchligi"ga ham davogar bo'lmasada, uchrashuv shubhasiz turning eng qiziqarli bahsiga aylandi.

Gollarga boy o'tgan bellashuvda muxlislar 4ta golga guvoh bo'lishdi. O'yinda esa har ikkala jamoa xarakter ko'rsatishiga to'g'ri keldi. Avvaliga AGMK hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik "Neftchi" oradagi farqni yo'qqa chiqardi va hisobda oldinga o'tib olishga ham ulgurdi. Ammo AGMK jamoasi ham oxirgi daqiqalarda muvozanatni tiklab iroda ko'rsatishdi.
Olmaliqda kechgan mazkur bahs qolgan uchrashuvlardan ko'ra qiziqarli kechdi va tur o'yini deya topildi.


Tur muxlislari - "Navbahor"

Tan olish kerak, Superliga o'yinlariga muxlislar tashrifi keskin pasayib ketdi. Mazkur turda hech bir stadionda anshlag kuzatilmadi. Namangandan Qarshiga "Navbahor"ni qo'llab-quvvatlagani borgan ishqibozlar so'zsiz tur muxlislari deya etirof etilishga haqli.


Tur hakami - SHerzod Qosimov

"Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvini boshqarib borgan SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi o'yinni bir maromda, ortiqcha xatolarsiz o'tkazishdi. Ushbu turda ishlagan hakamlar ichida Qosimov o'zining qatiyatligi bilan boshqalardan ajralib turdi. SHu boisdan ham 16-turning eng yaxshi hakami deya SHerzod Qosimov etirof etildi.


Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"

Matbuot xizmatlari ichida ayni kunda O'zbekistonda birinchi raqam bo'lib turgan "Paxtakor" barqaror va professional ishlashda davom etmoqda. Muhimi, har bir turni barqaror, operativ va professional tarzda yoritib bormoqda. O'yin atrofidagi tadbirlar va uchrashuvdan keyingi tafsilotlarni yoritib borishda "Paxtakor" rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari birdek faol va tezkor ishlamoqda. SHu boisdan ham ushbu turda eng yaxshi va faol ishlagan matbuot xizmati sifatida yana "Paxtakor" etirof etildi.


Tur iqtibosi: "O'FAdan qo'ng'iroq bo'ldi"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Navbahor"ga qarshi o'yin oldidan O'FAdagi qo'ng'iroq tufayli rejalarini o'zgartirishga to'g'ri kelganini malum qildi.

"Nega biz bugun bunday tarkib bilan maydonga tushdik? O'yin boshlanishiga ikki soat vaqt qolganida Associaciyadan qo'ng'iroq qilishib, to'rt nafar o'yinchimiz maydonga tushishga ruxsat yo'qligini aytishdi, albatta bu biz uchun kutilmagan hol bo'ldi. Bugungi o'yinga mo'ljallagan rejamiz ham, tarkibimiz ham o'yin boshlanishi oldidan o'zgarib ketdi", - dedi Ro'ziqul Berdiev.


Tur goli - SHarof Muhitdinov

"Nasaf" yarim himoyachisi SHarof Muhitdinovning "Navbahor" darvozasiga kiritgan ajoyib goli tur goliga munosib ko'rildi. Ushbu turda bir qator chiroyli gollar guvohiga aylandik. Bezerraning jarima to'pidan kiritgan goli, Kozakning oshirgan to'pi golga aylangani, Sadriddin Abdullaevning ajoyib zarbasi yoki Sardor Rashidovning chiroyli goli shular jumlasidan.


Tur darvozaboni - Eldorbek Suyunov

Superliganing 16-turida "Paxtakor" o'z uyida "Buxoro"ni qabul qildi va 2:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Ushbu bahsdagi g'alabada "sherlar" darvozaboni Eldorbek Suyunovning ham hissasi bo'ldi. CHunki uchrashuvda hali hisob ochilmagan payti "Buxoro"ning tezkor hujumi natijasida avvaliga Aziz Ibragimov, keyinchalik Arslonmurot Amonovning xavfli va kuchli zarbalarini ketma-ket qaytarib ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Umuman uchrashuv davomida Suyunov o'z darvozasini ancha ishonchli qo'riqladi va darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.


Tur murabbiyi - Andrey SHipilov

Mazkur turda "Metallurg" safarda tarkibini keskin kuchaytirish maqsadida legionerlar limitidan to'liq foydalangan "So'g'diyona"ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi. Uchrashuvda har ikkala jamoalarda gol urish ko'plab imkoniyatlar vujudga keldi. Ammo shu kuni "Metallurg" yaxshi himoyalanish va hujumdan samarali foydalanish bobida zukkoroq chiqdi. Andrey SHipilov esa Sergey Lushanga qarshi taktik kurashda g'olib chiqdi. SHu tariqa SHipilov turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi.


Tur futbolchisi - Mirjamol Qosimov

"Bunyodkor"ning markaziy yarim himoyachisi Mirjamol Qosimov mazkur turda yorqin o'yini bilan ajralib turdi. "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvda Qosimov jamoa hujumlarini tashkil etishda jonbozlik ko'rsatish bilan birgalikda raqibdan kelayotgan xavflarni ham bartaraf etishda ancha faol o'ynadi. Mirjamol Qosimov Superligadagi eng yaxshi o'yinini "Qizilqum" bilan o'yinda namoyish etdi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Qaldirg'ochlar"ning navoiyliklar ustidan qozongan g'alabasida Mirjamol Qosimovning ham hissasi katta bo'ldi. SHu kuni maydon markazida hukmronlik o'rnatgan Mirjamol Qosimov turning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi.


Superliga, 16-tur ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor")

Himoyachilar: Vladimir Kozak ("Paxtakor"), Abror Husinov ("Metallurg"), Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv"), Dilshod Ahmadaliev ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar: Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor"), SHarof Muhitdinov ("Nasaf"), Mirjamol Qosimov ("Bunyodkor")

Hujumchilar: SHerzod Hakimov ("Neftchi"), Zohid Abdullaev ("Metallurg"), Sardor Rashidov ("Lokomotiv").

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика