So’nggi yangiliklar

12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  0 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  0 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  0 10:50МЮда жароҳатлар эпидемияси бошланди. Расмус Ҳойлунд қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  1 10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  23 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  2 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  7 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1 07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  2 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  12 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  3 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  10

Superliga: 14-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: 14-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 14-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Bunyodkor" - "Neftchi"

Superliganing qoldirilgan tur o'yinlari ichida Toshkentda o'tgan "Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuvi qolgan bellashuvlarga nisbatan qiziqarliroq kechdi. Avvaliga "Neftchi" hisobni ochgan bahsda yakunda "Bunyodkor" iroda ko'rsatib g'alabani ilib ketdi. Mazkur uchrashuvda muxlislar 3ta golga guvoh bo'lishdi va kiritilgan gollarning barchasi
ancha chiroyli bo'lganini ham takidlash lozim. SHu boisdan ham mazkur o'yin tur o'yini sifatida etirof etildi.


Tur muxlislari - "Navbahor"

Tan olish kerak, Superliga o'yinlariga muxlislar tashrifi keskin pasayib ketdi. Mazkur turda hech bir stadionda anshlag kuzatilmadi. Namangandan Qarshiga "Navbahor"ni qo'llab-quvvatlagani borgan ishqibozlar, bu gal Toshkentga ham kelishdi. SHuni alohida takidlash lozimki, namanganlik ishqibozlar o'z syuuklilarini jonli tarzda, hech qanday karnay-surnay yoki barabanlarsiz juda faol qo'llab-quvvatlashdi. "Navbahor" muxlislari qolgan klub muxlislari uchun urfga aylangan "fonogramma"dan foydalanmasliklari ham tahsinga sazovor. SHu boisdan ham "Navbahor" muxlislar guruhi mazkur turda ham egn yaxshi deya etirof etilishga haqli.



Tur hakami - Valentin Kovalenko

"Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuvini boshqarib borgan Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi o'yinni bir maromda yaxshi boshqarishdi. Muhimi, ortiqcha yoki ko'pol xatolarga yo'l qo'yilmadi. Valentin Kovalenko Superliganing 14-tur hakami deya etirof etildi.


Tur matbuot xizmati - "Nasaf"

Mazkur turda "Nasaf" matbuot xizmati eng ancha samarali va yaxshi ishladi. "Nasaf" matbuot xizmati xodimlari o'rinbosarlar va asosiy jamoa o'yinlarini birdek yaxshi saviyada yoritishdi. Suratlar, o'yinga prevyu, uchrashuv tugaganidan so'ng murabbiy va futbolchilar fikrlari o'z vaqtida chop etildi. SHu boisdan "Nasaf" matbuot xizmati mazkur turda eng yaxshi deb etirof etildi.


Tur iqtibosi - "Vaqtida Mourinyu ham nominal hujumchisiz o'ynagan"

"Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Neftchi"ga qarshi uchrashuvda Islom Qobilovni chetlatilishidan so'ng jamoa markaziy himoyachisiz qolganiga quyidagicha izoh berdi.

"Vaqtida Mourino ham finalda nominal hujumchisiz o'ynashiga to'g'ri kelgan. Futbolda bo'lib turadigan holat. Murabbiyda doim zaxira varianti bulmog'i lozim. Ahmadaliev bugun markazda yomon o'ynamadi. Islom Qobilov chetlashtirilganidan so'ng Abdulla ham o'yinga yomon qo'shilib ketmadi. Futbolchilar doim bir-birlarini to'ldirib turishi kerak".


Tur goli - SHerzod Hakimov

"Neftchi"ga malum tanaffusdan so'ng qaytgan SHerzod Hakimov gollar urishdan to'xtamayapti. Dastlab AGMK bilan o'yinda jarima zarbasidan chiroyli gol urgandi. Endi esa "Bunyodkor" darvozasi chalqancha uslubda ishg'ol etildi. Hakimovning "qaychi" uslubida kiritgan goli shubhasiz turni bezab berdi. SHu boisdan ham SHerzod Hakimovning goli turning eng chiroyli goli sifatida etirof etildi.



Tur darvozaboni - Sanjar Quvvatov

Qarshida "Nasaf" "Qizilqum" bilan durang qayd etib hech bo'lmasa 1 ochkoni qo'lga kiritishida Sanjar Quvvatovning hissasi bo'ldi. Aynan Quvvatov "Qizilqum" tomonidan sodir etilgan xavflarni bartaraf etib turdi. Bu turda darvozabonlarga ko'p ham ish topilmagani uchun ham "Nasaf" kiperi "Qizilqum"ga qarshi 3ta seyv qilib munosib ravishda tur darvozaboniga aylandi.



Tur murabbiyi - Sergey Lushan

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan bu gal shubhasiz tur murabbiyi sifatida etirof etilishga munosib.

Jizzaxda "Buxoro" yirik hisobda taslim etildi. "So'g'diyona" o'yin borasida "Buxoro"dan ancha kuchli va samarali o'ynadi. Lushan jamoasi har ikkala taymda ham raqibga etarlicha muammolar taqdim etishdi. "So'g'diyona" shu kuni aynan Lushan imzosi ostida o'ynashdi va haqli ravishda yirik hisobda g'alaba qozonishdi.



Tur futbolchisi - Javlon Ibrohimov

Javlon Ibrohimov Superligada nafaqat tur futbolchisi, balki butun mavsum bir maromda, yuqori saviyada o'ynayotgan sanoqli futbolchilardan biri.

"Neftchi"ga qarshi o'yinda jamoasi mag'lubiyatga uchrayotganda Ibrohimov katta sahnaga chiqdi va masalani butkul hal etishga muvaffaq bo'ldi. Garchi vazifasi gol urish bo'lmasada, tayanch yarim himoyasida harakat qiladigan Ibrohimov shu kuni haqiqiy sardor, haqiqiy etakchilardek masuliyatni o'z bo'yniga oldi va ikkita bir-biridan chiroyli gollarni urib jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi. Ibrohimov munosib ravishda tur futbolchisiga aylandi.

SHuni alohida qayd etish kerakki, Ibrohimov ayni paytda Superliga to'purari hisoblanadi. Ibrohimov hisobida 8ta gol mavjud va to'purarlar poygasida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Tayanch yarim himoyachisi uchun shunchaki fantastik natija.



Superliga, 14-tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Himoyachilar: Akmal SHorahmedov ("Paxtakor") Ruslan Melziddinov ("So'g'diyona"), Muhsin Ubaydullaev ("Qizilqum"), Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Yarim himoyachilar: Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Sanjar Rashidov ("So'g'diyona"), Kim Dong-Xi ("So'g'diyona")
Hujumchilar: Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor"), SHohruz Norxonov ("So'g'diyona"), Marat Bikmaev ("Lokomotiv")



To'purarlar:
1. Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 8 (1 penalti)
2. Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") - 7
2. Tiago Bezerra ("Paxtakor) 
- 7
2. Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") 
- 7 (5 penalti)



Assistentlar:
1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 8
2.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 5
3.Jasur Hasanov (AGMK) - 4
3.Azizbek Turg'unboev ("Navbahor") - 4
3.Salamat Qutibaev ("Buxoro") - 4
3.Sardor Sulaymonov ("Navbahor") - 4
3.Murodjon Toshmatov ("Bunyodkor") - 4
3.Dragan CHeran ("Paxtakor") - 4
4.Arslonmurot Amonov ("Buxoro") - 3
4.Tiago Bezerra ("Paxtakor") - 3
4.Bahrom Abduraximov ("Paxtakor") - 3
4.Doniyor Hasanov ("So'g'diyona") - 3
4.Artur Gevorkyan ("Qizilqum") - 3
4.Doniyor Usmonov ("Qizilqum") - 3
4.Sanat SHixov ("Buxoro") - 3
4.Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv") - 3
4.Oleg Zoteev ("Lokomotiv") - 3
4.Azam Aliev ("Navbahor") - 3
5.SHohnazar Norbekov (AGMK) - 2
5.Murod Toshmatov ("Bunyodkor") - 2
5.Zafar To'raev ("Metallurg") - 2
5.Azamat Allaniyazov ("Navbahor") - 2
5.Samandar SHodmonov ("Qizilqum") - 2
5.Sardor Rashidov ("Lokomotiv") - 2
5.Sadriddin Abdullaev ("Lokomotiv") - 2
5.Sardor Mirzaev ("Lokomotiv") - 2
5.Kaxi Maxaradze ("Lokomotiv") - 2
5.Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor") - 2
5.Nemanya Yovanovich ("Qizilqum") - 2
5.Ayubxon No'monov ("Navbahor") - 2
5.SHahzod SHaymanov ("Metallurg") - 2
5.Stanislav Andreev ("Paxtakor") - 2
6.Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor") - 1
6.Farruh Sayfiev ("Paxtakor") - 1
6.Sergey Ruseckiy ("Buxoro") - 1
6.Nenad Inyac ("Navbahor") - 1
6.Otabek Zokirov ("Metallurg") - 1
6.Suhrob Nurulloev ("Metallurg") - 1
6.Nurullo To'xtasinov ("So'g'diyona") - 1
6.Nemanya Yovanovich ("Qizilqum") - 1
6.Filip Raevac ("Bunyodkor") - 1
6.Islom Rashidxonov ("Nasaf") - 1
6.Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 1
6.Izzat Abdullaev ("So'g'diyona") - 1
6.Sardor Azimov ("So'g'diyona") - 1
6.Sardor Qulmatov ("So'g'diyona") - 1
6.Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 1
6.SHahzod Nurmatov ("Bunyodkor") - 1
6.Slavko Lukich ("Nasaf") - 1
6.Doniyor Narzullaev ("Nasaf") - 1
6.Islom Kenjaboev ("Nasaf") - 1
6.Azim Ahmedov ("Paxtakor") - 1
6.Bahodir Nasimov ("Buxoro") - 1
6.Javohir Qahramonov ("Buxoro") - 1
6.SHahboz Erkinov ("Buxoro") - 1
6.Ikrom Aliboev ("Lokomotiv") - 1
6.Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv") - 1
6.SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv") - 1
6.Marat Bikmaev ("Lokomotiv") - 1
6.Abror Husinov ("Metallurg") - 1
6.Darko Gojkovich ("Qo'qon-1912") - 1
6.Islom Isoqjonov ("Metallurg") - 1
6.Zohid Abdullaev ("Metallurg") - 1
6.Muhammad Isaev ("Metallurg") - 1
6.Alisher Sanoev ("Qizilqum") - 1
6.Aleksandr Merzlyakov ("Qo'qon-1912") - 1
6.Milan Spremo ("Qo'qon-1912") - 1
6.Xurshid Asqaraliev ("Neftchi") - 1
6.Murod Bobojonov ("Neftchi") - 1
6.Mirg'iyos Sulaymonov ("Bunyodkor") - 1
6.Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912") - 1
6.Zafar Polvonov (AGMK) - 1
6.Sanjar Rashidov ("So'g'diyona") - 1
6.Dilshod Ahmadaliev ("Bunyodkor") - 1


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика