Superliga. 13-turning boshlanish vaqtlari

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2019, 10:40
28-29 iyun kunlari Superligada 13-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Tur doirasidan o'rin olgan o'yinlarning boshlanish vaqtlari ma'lum bo'ldi. Mazkur turda deyarli barcha uchrashuvlar jonli efirda namoyish etilishi ko'zda tutilgan. Faqat “Nasaf” - “Surxon” bahsi Sport telekanali orqali yozib olingan holda ko'rsatilishi rejalashtirilgan.

13-tur
28 iyun, juma

18:00 DINAMO - BUNYODKOR (Sport TV)
19:00 AGMK - METALLURG (Mahalla TV)
20:00 QIZILQUM - NAVBAHOR (Sport TV)

29 iyun, shanba
18:00 LOKOMOTIV - SO'G'DIYONA (Mahalla TV)
18:00 QO'QON-1912 - PAXTAKOR (Sport TV)
20:00 NASAF - SURXON (Sport TV – yozib olingan holda yakshanba, 15:40)
20:00 BUXORO - ANDIJON (Mahalla TV)

“Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvi esa har ikki tomonning taklifiga ko'ra Samarqandda o'tkaziladi. Ikkinchi davradagi bahs esa Toshkentda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz