So’nggi yangiliklar

18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9

Superliga: 10-tur ramziy terma jamoasi FOTO Yangiliklar

Superliga: 10-tur ramziy terma jamoasi FOTO

Teglar :  Superliga
Superliganing 10-turida o'zining yorqin o'yinlari bilan ajralib turgan futbolchilardan tuzib chiqilgan ramziy terma jamoani etiboringizga havola etamiz.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi


Superliganing 10-turi doirasidagi 6 o'yinda jami 14ta gol kiritildi. Faqat AGMK - "So'g'diyona" (0:0) bahsida muxlislar gol ko'rishmadi. Qolgan barcha bellashuvlarda stadionga tashrif buyurganlar kamida bittadan gol ko'rishdi. Bu safar ramziy terma jamoani 4-2-3-1 sxemada tuzdik.

Darvozada "So'g'diyona" posboni Dilshodbek Hamroev. Hamroev shu kuni olmaliqliklaring 4ta aniq zarbasini bartaraf etdi.


Himoyaning o'ng qanotidan "Navbahor" azosi Azam Aliev, chap qanotidan esa AGMK vakili Xurshid Muxtorov o'rin oldi. Aslida markaziy yarim himoyachi bo'lgan Aliev shu kuni Hoshimovni o'rnida o'ynadi va o'z vazifasini alo darajada uddaladi. Yani, o'zi uchun begona joyda yo'qolib qolmadi. Muxtorov jamoasi tarkibida eng faol himoyachi bo'ldi.

Markaziy himoyada esa Jahongir Mehmonov va Elyor Orifov juftlik hosil qildi.

Tayanch yarim himoyasiga "Bunyodkor"ning ikki azosi Javlon Ibrohimov va Sardor Sobirxo'jaev tanlandi. Javlon bitta gol urgan bo'lsa, Sardor "qaldirg'ochlar"ning har ikki goliga golli pas berdi.


Ikkita qanot vingerlari sifatida "Lokomotiv" vakillari Sardor Rashidov va Husniddin G'ofurov tanlab olindi. G'ofurov shu kuni ko'proq hujumda o'ynagan bo'lsa ham, o'yin davomidagi harakatlaridan kelib chiqib uni chap qanotga qo'ydik. Husniddin bitta gol urdi, bundan tashqari Rashidov va Mirzaevga bir marotabadan juda qulay imkoniyat yaratib berdi. Rashidov esa o'z dubli bilan ramziyga munosib ekanligini isbotladi. Sardorning farg'onaliklar darvozasiga yo'llagan birinchi goli tur goli ham bo'ldi.


Hujumchi ortidan Javohir Sidiqov joy oldi. U o'zi tarbiyalangan klubi "Paxtakor"ga qarshi bahsda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Sidiqov o'yin davomida ham juda faol bo'ldi va poytaxtliklar himoyachilarini anchagina ter to'kishga majbur qila oldi.


Yagona markaziy hujumchi "Metallurg" forvardi Zohid Abdullaev. Abdullaev "Qizilqum"ga qarshi safardagi bahsda hisob ochuvchi golni kiritdi.


Superliga 10-tur ramziy terma jamoasi (4-2-3-1)

Darvozabon:
Dilshodbek Hamroev ("So'g'diyona).

Himoyachilar: Xurshid Muxtorov (AGMK), Jahongir Mehmonov ("Navbahor"), Elyor Orifov ("So'g'diyona"),
Azam Aliev ("Navbahor").

Yarim himoyachilar: Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor"), Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Sardor Rashidov ("Lokomotiv"), Husniddin G'ofurov ("Lokomotiv"), Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912").

Hujumchi: Zohid Abdullaev ("Metallurg")

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика