Superliga. 10-tur laureatlari
21 iyu 2021 14:48
Yangiliklar
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bu turda Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ldi va durangga erishdi. Bu yilgi Superligada yutqazmay kelayotgan "So'g'diyona" amaldagi chempion maydonida ham yutqazmadi. Etiborlisi so'nggi bor Jizzax klubi 1995 yilgi mavsumda "Paxtakor"ga qarshi safardagi o'yinda mag'lub bo'lmagan ekan. SHu tufayli Ulug'bek Baqoev championat.asia sayti talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"So'g'diyona" "Paxtakor" bilan 0:0 hisobida durang o'ynashida mehmonlar posboni Milan Mitrovichning xizmati katta bo'ldi. U bellashuv davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 10-turning eng yaxshi darvozaboni Milan Mitrovich bo'ldi.
Bu turda "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Muhammadanas Hasanov "Lokomotiv" darvozasiga chiroyli gol urdi va u championat.asia talqiniga ko'ra tur goli deb topildi.
"Nasaf" bu tur o'z maydonida "Andijon" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi taym so'nggida bir kishi kam bo'lib qolgan qarshiliklar safida Husayin Norchaev dublga erishdi. SHu tariqa, Husayin Norchaev championat.asia talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar