So’nggi yangiliklar

08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  0 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  1 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  1 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8

Superliga 1-turida qaysi o'yinni ko'rgani borasiz? Yangiliklar

Superliga 1-turida qaysi o'yinni ko'rgani borasiz?

Superliganing yangi mavsumi boshlanishiga ham juda oz vaqt qolyapti.

Malumki, bu yilgi o'yinlar 2 mart kuni start oladi. SHu kuni 2ta uchrashuv bo'lib o'tadi. PFL dastlabki turning boshlanish vaqtlarini malum qildi. Unga ko'ra, birinchi turning barcha uchrashuvlari 18:30da start oladi. 

Coca-Cola Superliga. 1-tur

2 mart, chorshanba

18:30. NEFTCHI – QO'QON-1912 (Yaypan, "O'zbekiston" stadioni)

18:30. OLIMPIK – SURXON (Toshkent, "Paxtakor" stadioni)

3 mart, payshanba

18:30. NAVBAHOR – NASAF (Namangan, "Markaziy" stadion)

18:30. BUNYODKOR – SO'G'DIYONA (Toshkent, "Bunyodkor" stadioni)

18:30. DINAMO – PAXTAKOR (Samarqand, "Dinamo" stadioni)

4 mart, juma

18:30. QIZILQUM – LOKOMOTIV (Olmaliq, OKMK stadioni)

18:30. METALLURG – AGMK (Bekobod, "Metallurg" stadioni)



Albatta, ko'pchilik yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapti. SHunday bo'lsa-da, o'quvchilarimiz fikrini bilish maqsadida Telegram kanalimizga so'rovnoma qo'ydik. Yani, "Superliga 1-turida qaysi o'yinni ko'rgani stadionga borasiz?" degan manoda. 

O'tgan vaqt davomida 21 mingdan ziyod muxlis yuqoridagi savolga javob sifatida o'z variantini belgilagan. Eng ko'p ovozni 48 foiz bilan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi oldi. Ko'rinib turibdiki, ko'pchilik shu o'yinni sabrsizlik bilan kutmoqda. 

21 foiz ishtirokchi "Stadionga borishga vaqtim bo'lmasa kerak" degan variantda to'xtalgan. Bu qolgan o'yinlarga nisbatan ko'proq foiz degani. Ehtimol, 1-tur chorshanba-payshanba-juma kunlariga qo'yilgani bois ko'pchilik ishda (o'qishda) bo'lar, shu bois vaqt bo'lmasligi mumkin. 

"Bunyodkor" - "So'g'diyona"ga borishni xohlovchilar 10 foizni tashkil etgan bo'lsa, so'rovnomada qatnashganlarning 9 foizi "Neftchi" - "Qo'qon-1912" bahsini ko'rish uchun stadionga borishni maqul ko'rgan.

Bu borada "Dinamo" - "Paxtakor" 6 foiz ovoz to'pladi, "Olimpik" - "Surxon" 3 foiz, "Qizilqum" - "Lokomotiv" esa 2 foiz ovoz to'pladi. Eng qizig'i, Toshkent viloyati derbisi "Metallurg" - AGMK uchrashuvini stadionda ko'rishni atigi 1 foiz muxlis maqul deb bilgan.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика