So’nggi yangiliklar

07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  1 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  6 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  3 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  4 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  2 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4

Superliga 1-davra ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga 1-davra ramziy terma jamoasi

Superliganing 1-davra ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Superligada birinchi davrada (1-11 tur) o'zini ko'rsatgan va yaxshi o'ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa bilan tanishing.

Darvozani "Qo'qon-1912" posboni O'tkir Yusupov egalladi. Yusupov o'zining yangi jamoasida birinchi davrada eng yaxshilardan biri bo'ldi. Bir qator uchrashuvlarda aynan Yusupovning mahorati evaziga "Qo'qon-1912" mag'lubiyatlardan qutilib qoldi. SHuningdek, "Qo'qon-1912" birinchi davrada o'z darvozasidan eng kam gol o'tkazib yubordi. Bu esa Yusupovning darvozani naqadar ishonchli va mustahkam qo'riqlaganidan dalolat.

Himoya markazida chempionatdagi eng ishonchli mudofaa chizig'i vakillari "Qo'qon-1912" hamda "Paxtakor" azolari Marko Milich va SHerzod Azamov kiritildi. Marko Milich "Qo'qon-1912" himoya chizig'i mustahkamligini taminlashda eng asosiy figuralardan biri bo'ldi. Azamov esa "Paxtakor" mudofaa chizig'ida ishonchli qurg'on bo'ldi.

O'ng qanot himoyasidan esa "Nasaf" legioneri Slavko Lukich o'rin oldi. Lukich "ajdarlar" safida juda faol va ishonchli o'ynadi. Lukich nafaqat himoyadagi asosiy futbolchi sifatida tanildi. Balki qisqa fursatda jamoa etakchilari qatoridan o'rin oldi. Standart vaziyatlari ijrochisiga aylangan Lukich oldingi chiziqda samarali harakatlari bilan ajralib turdi.

CHap qanot himoyasidagi raqobatda Sanat SHixov katta ustunlik bilan yutib chiqdi. Aslida hujumkor vinger sanalgan SHixov oxirgi ikki mavsumdan buyon asosan "Buxoro"ning chap qanot himoyachisi sifatida o'ynamoqda. SHixovning himoyadagi ishlari besh. Sanat SHixov bir qator bellashuvlarda "Buxoro"ning joniga oro kirdi. Sanat SHixov birinchi davrani barqaror o'tkazgan kam sonli futbolchilardan biri bo'ldi.

Yarim himoyani tayanch hududida so'zsiz Javlon Ibrohimov qo'yildi. Ibrohimov "Bunyodkor"ni haqiqiy sardor sifatida odimlashida katta ko'makchi bo'ldi. Ibrohimov birinchi davrada nafaqat raqib hujumlarini buzish bilan band bo'ldi, balki "qaldirg'ochlar"ning qator muhim gollariga mualliflik qildi. Qizig'i, aslida tayanch yarim himoyachi sanalgan futbolchining gollari "Bunyodkor"ga "Metallurg", "Qizilqum", "Nasaf", "Buxoro" va "So'g'diyona" bilan o'yinlarda g'alaba keltirdi.

Markaziy yarim himoyada esa "qaldirg'ochlar"ning birinchi davradagi parvoziga yana bir katta hissa qo'shayotgan Sardor Sobirxo'jaev qo'yildi. Sardor Sobirxxo'jaev "Bunyodkor"ning hujumlarini qurishda asosiy futbolchi sanaladi. SHuningdek, Sobirxo'jaev yakuniy to'p uzatmani berishda ham haqiqiy mutaxassisga aylanganini isbotladi. Futbolchi birinchi davra yakunlariga ko'ra Superliganing eng yaxshi assistenti bo'ldi.

Hujumchi ortida esa "Paxtakor"ning braziliyalik legioner futbolchisi Tiago Bezerra loyiq topildi. Bezerra birinchi davrada "Paxtakor"ning oldingi chiziq vakillari ichida eng faol va foydali futbolchi bo'ldi. Bir qator uchrashuvlarda aynan Bezerraning goli yoki foydali harakatlari evaziga "Paxtakor" yutuqqa erishdi.

Qanot vingeri sifatida "Navbahor"dan Aziz Turg'unboev hamda "Buxoro"dan Arslonmurot Amonov tanlab olindi. Aynan shu ikki futbolchilar birinchi davrada juda faol va samarali o'ynashdi. Turg'unboev hamda Amonov o'z jamoalari safida yaqqol ajralib turishdi va muvaffaqiyatlarda ularning xizmatlari katta bo'ldi.

Hujum chizig'ida esa yaqqol ajralib turgan va haqiqiy legioner maqomiga mos tushgan "Qizilqum" azosi Elguja Grigalashvili tanlandi. Grigalashvili birinchi davrada "Qizilqum" safida yorqin futbol ko'rsatdi va bir qator gollarga mualliflik qildi. Grigalashvili individual jihatdan Superligada qolgan hujumchilardan bir bosh baland ko'rindi va haqli ravishda eng yaxshilar qatoridan o'rin oldi.

Superliga. 1-davra ramziy terma jamoasi (4-2-3-1)

Darvozabon: O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")

Himoyachilar: Slavko Lukich ("Nasaf"), SHerzod Azamov ("Paxtakor"), Marko Milich ("Qo'qon-1912"), Sanat SHixov ("Buxoro")

Yarim himoyachilar: Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor"), Tiago Bezerra ("Paxtakor"), Azizbek Turg'unboev ("Navbahor"), Arslonmurot Amonov ("Buxoro")

Hujumchi: Elguja Grigalashvili ("Qizilqum")

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor")

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика