Superkubokkacha. Eng tezkor gol muallifini bilasizmi?
23 fev 2022 13:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/683865_original.jpg)
![](/upload/storage/683865_220.jpg)
Superkubokkacha. Eng tezkor gol muallifini bilasizmi?
SHu kungacha tashkillashtirilgan oltita uchrashuvda darvozalarga 16ta to'p kiritilgan. Mamlakat Superkubogidagi eng tezkor gol Temurxo'ja Abduxoliqovga tegishlidir. 2019 yil "Paxtakor" stadionida "Lokomotiv" - AGMK to'qnash kelishgan. Temurxo'ja mazkur bellashuvning 12-daqiqasidayoq olmaliqliklar darvozasini ishg'ol qilishga erishgan edi. Yakunda esa "temiryo'lchilar" 2:1 hisobida g'alaba qozonib bosh sovringa ega chiqishganini aytib o'tish darkor.
Keyingi o'rinni SHuhrat Rahmonqulov band etib turibdi. 1999 yilgi O'zbekiston Superkubogi bahsida "Navbahor" safida o'yinning 20-daqiqasida "Paxtakor" darvozasiga yo'l topgan. Temurxo'ja Abduxoliqovga qadar mazkur rekord aynan Rahmonqulovga tegishli bo'lib turgandi.
Ko'ramiz yurtimiz tarixidagi ettinchi Superkubok uchrashuvida yuqoridagi rekordlar yangilanadimi?
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar