Superkubok uchrashuvini SHerzod Qosimov boshqaradi
23 fev 2019 14:17
Yangiliklar


Superkubok uchrashuvini SHerzod Qosimov boshqaradi
Bugun yurtimizda yangi futbol mavsumi start oladi.
Bilasiz, yangi mavsumni O'zbekiston Superkubogi uchun o'tkaziladigan o'yin ochib beradi. Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni – "Lokomotiv" hamda 2018 yilgi O'zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari sovrin uchun kurash olib borishadi.
Mazkur uchrashuvni SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sanjar SHoyusupov va Andrey Capenko yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Jasur Muxtorov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Baxtiyor Namozov, komissar Erkin Baxtiyorov.
Takidlab o'tamiz, bahs "Paxtakor" stadionida soat 16:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar