So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  0 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  9

Superkubok-2022. Ro'ziqul Berdiev: "Balki "Navbahor" bilan o'yinda tarkibimizni o'zgartirarmiz" Yangiliklar

Superkubok-2022. Ro'ziqul Berdiev: "Balki "Navbahor" bilan o'yinda tarkibimizni o'zgartirarmiz"

O'zbekiston Superkubogi-2022 doirasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.

"O'yin sifati u qadar yuqori bo'lmadi. Bitta xato natijaga tasir qilishini bilardik. Gol o'tkazilgan vaziyatda himoyada parokandalik kuzatildi. Bugungi o'yin o'tgan yilgi Superkubok o'yinini yodga soldi. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman.

Bugun Husniddin Aliqulovni tavakkal qilib hujumga tushirdim. O'yinni qutqarmoqchi bo'ldik.



Oybek Bozorovning yo'qligi SHerzod Nasrullaevga ham tasir qildi. Solovyov jamoamizga yaqinda keldi, hali o'yinimizga kirishib ketmadi. Nafaqat unda, balki tajribali futbolchilarimizda ham ko'p xatolar bo'ldi: Stanoevich, Muhitdinovda.

4-3-3 sxemasida harakatlandik. Marko Stanoevich va SHarof Muhitdinov ko'proq hujumda yordam berishi lozim edi.

Golni yaxshilab tahlil qilamiz, bizning talabimiz boshqacha edi. Qaytaraman, bugun xatolar ko'p bo'ldi. Goldan keyin hujumga berilganimiz uchun "Paxtakor" qarshi hujumlarga bemalol o'tdi.

"Navbahor" vakillari bugungi o'ynimizni kuzatdi? Ular nafaqat bugungi o'yinimiz, balki Turkiyadagi hamma o'yinimizni ko'rib, o'rganib chiqishdi. Lekin biz balki keyingi o'yinda sxemamizni va tarkibimizni o'zgartirarmiz.

Bosniya va gercegovinalik hujumchi ro'yxatdan o'tkazildi, faqat licenziya olsa bo'ldi. Agar uning holati yaxshi bo'lsa, "Navbahor" bilan o'yinda maydonga tushadi", –dedi Ro'ziqul Berdiev. 



Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика