Superkompyuter Premer-liga g'olibini bashorat qildi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2021, 19:50
Shuningdek, u kuchli o'nlikni hisob-kitob qildi.

SpotingIndex superkompyuteri yangi mavsum natijalarini hisob-kitob qildi.

Natijalar shuni ko'rsatadiki, "Manchester Siti" yana Angliya chempioniga aylanadi. Superkompyuter ikkinchi va uchinchi o'rinlarda "Liverpul" va "Chelsi"ni ko'rsatdi. Ushbu taxmin bo'yicha Premer-liganing kuchli to'rtligini "Manchester Yunayted" yakunlaydi.

"Arsenal" beshinchi, "Tottenxem" oltinchi o'rinda joylashgan. Ettinchi va o'ninchi poziciyalar quyidagi klublarga tegishli bo'ldi - "Lester", "Everton", "Lids" va "Vest Xem".

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Manchester Siti" Angliya chempioni bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror