"Suonsi" ustozi: "Mourino - portugal futboli qiroli"
30 mar 2018 20:08
Yangiliklar


"Suonsi" ustozi: "Mourino - portugal futboli qiroli"
"Suonsi" bosh murabbiyi Karlos Karvalxal "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin Joze Mourinoga yuqori baho berdi.
"Joze - portugal futboli qiroli. U "Portu" tarixidagi eng yaxshi murabbiy. U portugal murabbiylarining yangi avlodi uchun xorijda ishlash eshiklarini ochgan. U dunyoga portugaliyalik mutaxassislar g'oyalarini ochib berdi.
U jangchi. U g'oyalar o'yinida juda kuchli. Unga mana shu teatr yoqadi, shuning uchun u o'zini shunday tutadi va odatda ushbu kurashda g'olib bo'ladi. Men esa boshqacharoqman, men bu teatrdan chetda qolishni afzal ko'raman", - dedi Karvalxal.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar