So’nggi yangiliklar

02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  12 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  1 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  8 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  1 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  3 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  29 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  40

Sunnatilla Abdullajonov: "Debyut o'yinda gol urish yoqimli" Yangiliklar

Sunnatilla Abdullajonov: "Debyut o'yinda gol urish yoqimli"

Yaypanning "Turon" klubi yozgi transferlar vaqtida mavsumning birinchi qismini "Bunyodkor"da o'tkazgan Sunnatilla Abdullajonovni tarkibga qo'shib oldi.

Futbolchi "Andijon" bilan debyut o'yinida faol o'yin namoyish etdi va gol urdi. 

Xabaringiz bor, saytimiz talqiniga ko'ra Sunnatilla Abdullajonov 13-tur ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. SHu munosabat bilan muxbirimiz ushbu futbolchi bilan intervyu tashkil etdi.

- Sunnatilla, "Turon" tarkibiga kelib qo'shilishingiz qanday yuz berdi?

- "Turon" klubi safiga qo'shilishimga asosiy sabablardan biri jamoada Igor SHkvirin bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgani bo'ldi desam to'g'ri bo'ladi. Igor Anatolevich bilan ilgari ham birga ishlaganmiz. U kishi 2016 yilda Oliy ligada debyut qilishimga imkoniyat yaratib bergan edi. SHu sababli hamisha Igor SHkvirindan minnatdorman. Yozgi transferlar vaqtida oldimda Superliganing boshqa klublaridan ham takliflar bor edi. Lekin har tomonlama o'ylab ko'rgan xolda "Turon" variantida to'xtaldim.

- Muxlislar uchun bu qiziq, qachon va qaerda tug'ilgansiz? SHuningdek, qaysi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanasiz?

- Men 1996-yilda Toshkent shahrida tug'ilganman. "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisiman.

- "Turon" 7-raqamli libosda harakat qilayapsiz, bu o'zingizning tanlovingizmi?

- Ha, bu raqamni o'zim tanladim, 7-raqamni yoqtiraman.

- Debyut o'yinida kiritgan golingiz bilan tabriklaymiz. SHuningdek saytimiz talqiniga ko'ra, 13-tur ramziy terma jamoasiga kiritildingiz. Taasurotlar qanday?

- Tabrik va etibor uchun katta rahmat! Avvalo "Turon" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabiga menga ishonch bildirganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Debyut o'yinda gol urish juda yoqimli. SHuningdek tur ramziy terma jamoasiga loyiq topilganim menga qo'shimcha ishtiyoq beradi.

"Andijon" bilan o'yinda gol urib jamoamiz g'alabasiga o'z hissamni qo'shmoqchi edim. Gol urishga erishdim, lekin afsus g'alabani saqlab qola olmadik.

- Kelajakdagi maqsad va rejalaringiz qanday?

- Birinchi navbatda joriy mavsumda "Turon" oldiga qo'yilgan vazifani bajarishga yordam berish asosiy maqsadim hisoblanadi. Har bir o'yinda astoydil harakat qilgan xolda jamoaning g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman. Kelajakda esa milliy terma jamoamiz safida maydonga tushish, shuningdek legioner maqomida o'ynash maqsadlarim bor.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика